O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Yüklə 80,3 Kb.
səhifə2/8
tarix30.12.2023
ölçüsü80,3 Kb.
#166137
1   2   3   4   5   6   7   8
Ergashev Ilyosbek QQS

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-avgust,
489-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qaroriga
1-ILOVA
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash shartlari va tartibini belgilaydi.
2. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining (keyingi o‘rinlarda — soliq) salbiy farq summasini qoplash, shu jumladan, boshqa soliqlar bo‘yicha qarzdorlikni uzish hisobiga qoplash Soliq kodeksiga va ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan yoki undan ortiqcha undirilgan soliq summasini qaytarishga hamda chet davlat fuqarolariga soliq summasi o‘rnini qoplashga (TAX FREE) nisbatan ushbu Nizom qoidalari tatbiq etilmaydi.
4. Ushbu Nizom maqsadlarida qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasi deganda Soliq kodeksiga muvofiq aniqlanadigan, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha hisobga olinadigan soliq summasi o‘rtasidagi salbiy farq tushuniladi.
Bunda xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlari, shuningdek, mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha yetkazib beruvchilarga tovarlar (xizmatlar) qiymatida to‘langan soliq summasi tushuniladi.
5. Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlari, shuningdek, mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga (agar bunday bitimda nol darajali stavka qo‘llanilishi nazarda tutilgan bo‘lsa) nol darajali stavkani qo‘llashda qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasi ushbu Nizomning 7 va 8-boblarida belgilangan tartibda o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
6. Soliq summasi o‘rnini qoplash masalasi qoida tariqasida soliq to‘lovchi hisobga olingan joydagi davlat soliq boshqarmasi tomonidan, yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha esa Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va qaror qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi topshirig‘iga asosan soliq to‘lovchining arizasi va taqdim etilgan hujjatlari soliq to‘lovchi hisobga olingan joydan o‘zga joydagi soliq organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi va qaror qabul qilinishi mumkin.
7. Soliq summasi soliq to‘lovchiga soliq organining soliq summasi o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi qarori asosida soliq summasini qoplash (qaytarish) to‘g‘risidagi ariza tushgan sanadan e’tiboran oltmish kundan, ushbu Nizomning 6-bobida ko‘rsatilgan tartibda esa yetti kundan kechiktirmay qaytarilishi lozim.

Yüklə 80,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə