Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

Taqsimlovchi vazifa
. Ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun 
narxning tovar qiymatidan siljishi asosida foydani qayta taqsimlash vazifasi bo‗lib 
xizmat qiladi. Bu soliq solish tizimi va ba‘zi boshqa tadbirlar yordamida amalga 
oshiriladi.
Masalan, dori vositalarining ko‗plariga qo‗shilgan qiymatiga soliq 
belgilanmagan; hayotiy zarur bo‗lgan dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar 
foyda hisobidan soliq to‗lash bo‗yicha imtiyozga ega. Dori vositalari o‗ziga xos 
turdagi tovarlarga kirganligi sababli, ularning narxlari ushbu o‗ziga xoslikni e‘tiborga 
olishi lozim. SHu bilan birga dori vositalariga har qanday tovarning asosiy 
xususiyatlari xosdir.
Birinchidan, dori vositalari har qanday tovar kabi iqtisodiy mohiyatga ega. U 
chiqarish va tarqatishdagi harajatlar natijalarini hisobga oluvchi puldagi qiymatda 
ifodalanadi, iste‘mol qiymatiga ega, iqtisodiy talab va taklif qonunlariga bo‗ysunadi. 
Boshqa tomondan dori vositalari inson sog‗lig‗ini saqlashdan iborat bo‗lgan ijtimoiy 
mohiyatga egadir. dori vositalari keskin qimmatlashchan sharoitda aholini ijtimoiy 
himoya qilish bilan bog‗liq davlat dasturlari, dorilarning ijtimoiy ahamiyatining 
isbotidir.
Ikkinchidan, dori vositalari o‗ziga xos turdagi tovar kabi ijtimoiy -iqtisodiy 
samaradorligi bilan tavsiflanadi. Iqtisodiy samara ko‗rsatkichi dorilarning ishlab 
chiqarilishi bilan bog‗liq milliy ijtimoiy daromadning o‗sishini ifodalaydi, ijtimoiy 
samara moddiy mehnat, moliyaviy zaxiralarning tejalishi bilan kechadi.
Uchinchidan, dori vositalariga talab fiziologik iste‘mol me‘yorlari bilan emas, 
balki inson patologiyasi bilan tartibga solinadi.
Sog‗lom va bemor kishilar ba‘zi (retseptsiz beriladigan) dori vositalarni 
mustaqil olishlari mumkin bo‗lsada, foyda shifokor talab generatori hisoblanadi 
(oraliq ilte‘molchi).


51
To‗rtinchidan, narxga nisbatan ehtiyoj aniqligi kasallik tavsifi dori to‗lov 
usuliga (naxd yoki pul o‗tkazish yo‗li bilan hisob-kitob qilish) bog‗liq bo‗lishi 
mumkin. Surunkali bemorlar dorilarni doimiy qo‗llaganliklari sababli, ular 
ishlatadigan tovarlarga ehtiyoj darajasi aniq bo‗lmaydi. Retsept bo‗yicha to‗liq 
qiymatiga yoki imtiyozli shartlar bilan beriladigan dori vositalari talabi ham noaniq 
bo‗ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə