56
asosida ushbu faoliyat turlari bozorini shakllantirish yo‗li bilan raqobat muhitini
yaratish masalasini hal qiladi.
Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga
solish quyidagi usullarda
amalga oshiriladi:
• narxlarni (tariflarni) yoki ularning eng yuqori (eng past) darajasini belgilash
(o‗rnatish) vositasida narxlarni tartibga solish;
• xizmat ko‗rsatilishi shart bo‗lgan iste‘molchilarni aniqlash va (yoki) ularni
tabiiy monopoliya subyektlari realizatsiya qiladigan tovar bilan to‗liq hajmda
qondirishning imkoni bo‗lmagan
taqdirda, ta‘minlashning eng kam darajasini
belgilash. Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga solish uchun qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa usullar ham qo‗llanilishi mumkin. "Tabiiy
monopoliya
subyektlarining davlat reestrini tuzish va yuritish tartibi to‗g‗risidagi nizom"ga
muvofiq, reestrni tuzish O‗zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan
chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasi va uning hududiy organlari
tomonidan ushbu Nizom ilovasida keltirilgan ro‗yxatga muvofiq tabiiy monopoliya
sharoitida ishlab chiqariladigan (realizatsiya qilinadigan) tovarlar, ishlar va xizmatlar
bo‗yicha amalga oshiriladi. Reestr respublika va hududiy bo‗limlardan tashkil topgan.
Reestrning respublika bo‗limiga
tabiiy monopoliya sharoitida
ikki va undan ortiq
viloyatlar hududlarida tovarlar ishlab chiqarayotgan (realizatsiya qilayotgan) xo‗jalik
yurituvchi subyektlar kiritiladi. Tabiiy monopoliyalarni tartib solish sohasidagi asosiy
qonun hujjati "Tabiiy monopoliyalar to‗g‗risida"gi O‗zbekiston Respubliksi Qonuni
hamda uni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan qonunosti hujjatlar talablariga
rioya etilishi ustidan nazorat Raqobat qo‗mitasiga yuklatilgan.
Ushbu Qonunga muvofiq Tabiiy monopoliya subyektlarining faoliyati quyidagi
3-rasmda keltirilgan sohalarda davlat tomonidan tartibga solinadi.