Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


 Milliy iqtisodiyotda davlat mulki salmog‗ining o‗zgarishi. O‗rta mulkdorlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
2.7. Milliy iqtisodiyotda davlat mulki salmog‗ining o‗zgarishi. O‗rta mulkdorlar 
tabaqasini shakllantirish. 
Milliy iqtisodiyotda davlat mulki salmog‗ining o‗zgarishi bevosita 
tadbirkorlikni rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi. Davlat mulki ijtimoiylashgan bozor 
iqtisodiyotiga o‗tish davrida davlat mulkini xususiylashtirish va uni davlat 


43
tasarrufidan chiqarish jarayonida ko‗p ukladli iqtisodiyot, ya‘ni aralash iqtisodiyotda 
davlat mulkining mavqei katta bo‗ladi.
Davlat sektori ham ko‗p ukladli tuzilmaga kiradi, bunda yakka davlat 
mulkchiligi mavjud bo‗lsada, bu mulkning tasarrufi har xil xo‗jalik yuritish sharoitida 
ro‗y beradi. Bu o‗rinda davlat mulki erkin raqobat muhitini hosil etsa, boshqa o‗rinda 
monopol tuzilmani yuzaga keltiradi.
Buning sababi bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida davlat makroiqtisodiyotning 
barqarorligi va uning rivojlanishini ta‘minlashga asos bo‗lib xizmat qiluvchi 
tarmoqlarni rivojlantirishga alohida e‘tibor berilganligidadir.
Shuningdek, u o‗tish davrida aholini ijtimoiy himoyalashi, ayniqsa, kambag‗al 
qatlamning yashash minimumi darajasini ta‘minlashi kerak. O‗tish davrida, tabiiyki, 
davlat jamiyat va iqtisodiyot muvozanatini saqlab turish uchun bufer vazifasini 
bajaradi. SHunga binoan, davlat mulkining mavqei va tutgan o‗rni sezilarli darajada 
bo‗lishi zaruriyatdir. 
SHu bilan birga, davlatning mulkning siyosiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi roli va 
ahamiyati kattadir. Haqiqatan ham davlat mulki xalqqa tegishli bo‗lib, u ajratilmaydi 
va undan noyob resurslarni qayta ishlashda foydalaniladi. Davlat mulki unga tegishli 
tovar va xizmatlar yaratuvchi korxonalar majmuidan iborat bo‗lib, davlat sektori 
jumlasiga kiradi. Davlat mulk egasi sifatida tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‗ullanishni rag‗batlantiradi.
12
Uning korxonalari milliy mahsulot yaratuvchi 
ko‗rinishida maydonga chiqadi. 
O‗zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o‗tishida kuchli davlatning 
faol ishtiroki va rahbarligida, ya‘ni davlat sektorini mustahkamlash, so‗ngra boshqa 
mulklarga erkinlik berish yo‗li bilan amalga oshirildi. Davlat mulkining 
xususiyatlaridan biri davlatning mutloq monopolist bo‗lib, ishlab chiqarish vositalari 
va yaratilgan mahsulotlarni yakka o‗zi o‗zlashtirayotganligidadir. Davlat mulkiga 
12
Ўзбекистон Республикаси Қонуни. Давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш тўғрисида
Ўзбекистони Республикаси. Қонунлари ва фармонлари- Т: O‘zbekiston


44
qarashli korxonalarda yollanib ishlovchi kishilar o‗z mustaqilliklarini yo‗qotadilar. 
Chunki ishlab chiqilgan mahsulot davlatning xohishistagiga qarab taqsimlanadi va 
qayta taqsimlanadi.
Mulkka davlat monopolizmining saqlanib qolinishi, iqtisodiy hayotda, ma‘lum 
darajada, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarining erkin amal qilishi uchun ma‘lum 
chegaralarning payda bo‗lishini taqozo etadi. 
O‗zbekiston Fuqarolik kodeksida davlat mulki respublika mulki va ma‘muriy 
hududiy tuzilmalar mulkidan iborat ekanligi ta‘kidlangan. Davlat mulki tizimiga 
mudofaa, davlat boshqaruvi, ijtimoiy tartibni muhofaza qilish, yagona energetika 
tizimini ta‘minlash, fundamental fanlarni rivojlantirish, yer, yer osti va usti boyliklari, 
foydali qazilmalar, suv va suv inshootlari, tabiatni muhofaza qilish kabi qator 
obyektlar kiradi.
O‗zbekiston Respublikasi makroiqtisodiyotida shunday sohalar mavjudki, 
Fuqarolik kodeksiga muvofiq yer, yer osti va usti boyliklari, suv, havo bo‗shlig‗i, 
o‗simlik va hayvonot dunyosi, yoqilg‗i energetika kompleksi, neft konlari, gaz 
zaxiralari va nihoyat «oltin zaxira»lari, davlat hokimiyati va respublikaning boshqa 
tashkilotlari molmulki, davlat ahamiyatiga molik madaniy va tarixiy boyliklar
respublikaning byudjet mablag‗lari, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari 
respublika mulki hisoblanadi.
Byudjet mablag‗lari yoki davlatning boshqa mablag‗lari hisobidan yaratilgan 
yoki sotib olingan korxonalar, boshqa mulkiy komplekslar, o‗quv, ilmiytadqiqot 
muassasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, boshqa molmulklar ham 
respublikaning foydalanishida va tasarrufida bo‗lishi mumkin.
YUqorida zikr etilgan mulk obyektlarining yagona davlat mulki tarkibida 
bo‗lishi maqsadga muvofiqdir. O‗tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning birinchi, 
ikkinchi va uchinchi bosqichi yakunlari shundan dalolat bermoqdaki, respublikada 
davlat mulki ma‘lum davrgacha etakchi o‗rinda bo‗lib qolaveradi.


45
Bunday holat o‗ziga xos bo‗lgan yangi boshqaruv tizimini talab qiladi. Hozirgi 
sharoitda davlat mulkiga mansub korxonalarning ikki turi mavjud: birinchisi 
davlatning to‗g‗ridan-to‗g‗ri, bevosita rahbarligida ishlovchi korxonalar: ikkinchisi 
to‗la tijorat hisobida turuvchi korxonalar. Demak, davlat tadbirkorlik sektorida 
faoliyat ko‗rsatib, o‗z ulushiga ega bo‗ladi. O‗zbekiston Respublikasida davlat 
mulkini O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti, 
O‗zbekiston Respublikasi hukumatining agrar qonun hujjatlarida vakil qilingan 
organlar tasarruf etadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə