Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

uchinchi 
bosqichiga 
kirdi. 
Bu 
bosqich 
davrida 
(1996-1998-yillar) 
xususiylashtirilmaydigan obektlar ro‗yxatiga kirmagan barcha obekt va korxonalar 
(jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi. 
Iqtisodiyotni 
erkinlashtirish 
maqsadida 
kichik 
biznes, 
tadbirkorlikni 
rivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish, raqobat muhitini vujudga keltirish
bozor infratuzilmasini rivojlantirish, iqtisodiyot sohasida amalga oshirilgan islohatlar, 
ularning ijobiy natijalari oqibatida iqtisodiy o‗sishni ta‘minlaydigan ijtimoiy iqtisodiy 
sharoit yaratiladi.
Xususiylashtirish jarayonlarining 
to‘rtinchi bosqichi 
(1998-2003-yillar) uning 
asosiy vazifalari sifatida davlat budjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag‗larni 
yo‗naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish
boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi munosabatlarini 
to‗laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish 
belgilanadi.
Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‗sish 
sur‘atlarini ta‘minlash; Milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish hisobiga 
uning tashqi xavf-xatarlar ta‘siridan himoyalash; Iqtisodiyotda chuqur tarkibiy 
o‗zgarishlarni izchil davom ettirish; Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik 
va texnologik jihatdan yangilash ishlarini davom ettirish va sifat jihatdan yangi 
pog‗onaga ko‗tarish; Mamlakatimizning oziq-ovqat va energetik xavfsizligini yanada 
mustahkamlash; Aholi daromadlarini oshirish va turmush sifatini yanada yaxshilash. 
O‗zbekistonda 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirish 
jarayonlarining hozirgi 
beshinchi bosqichi 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 


39
2003-yil 24-yanvardagi ―O‗zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va 
ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi
17
Farmoni bilan bog‗liq. 
Mazkur farmon asosida iqtisodiy nochor korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni 
modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiya 
larni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan obektlarga narx belgilashning samarali 
mexanizmi joriy etildi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə