Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

Davlat tasarrufidan chiqarish 
- davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, 
ijara korxonalariga, aksiyadorlik jamiyatlariga, ma‘suliyati cheklangan jamiyatlariga, 
davlatga qarashli mulk bo‗lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirish.
Xususiylashtirish
– fuqarolarning va davlatga taalluqli bo‗lmagan yuridik 
shaxslarning davlat mulki obyektlarini yoki davlat aksiyadorlik jamiyatlarining 
aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.
Bundan ko‗rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga 
qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish davlat mulkiga egalik 
huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o‗tishidir. 
Mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish
xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk 
shakllarini vujudga keltirishni ham ko‗zda tutadi. U bir qator yo‗llar bilan amalga 
oshiriladi: davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat 
korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish: mulkni qiymatga qarab chiqarilgan 
cheklar (
vaucher
) bo‗yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish 
boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga 
sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi 
orqali sotish va hokazolar. 
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo‗lib, ularni ich guruhga 
ajratish mumkin:

Davlat mulkini bepul bo‗lib berish orqali xususiylashtirish

Davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish

Davlat mulkini bepul bo‗lib berish hamda sotishni uyg‗unlashtirish orqali 
xususiylashtirish amalga oshiriladi. 


41
3-rasm. Davlat mulkini xususiylashtirish usullari 
11
 
Muhtaram Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek mulkchilik masalasini hal qilish 
bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo‗lib 
xizmat qiladi. Huddi shu masalani xal qilish bilan yangi jamiyat, yangi iqtisodiy 
munosabatlar poydevoriga birinchi g‗isht qo‗yildi. Ushbu masalaning davr talablariga 
muvofiq, muvaffaqiyatli hal etilishi respublikamiz iqtisodiyotini jahondagi 
rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorga qo‗yadigan asosiy omildir. 
11
Ш.Ш.Шадмонов У.В.Ғофуров. Иқтисодий назария Дарслик. -Т.: IQTISOD-MOLIYA, 2010 йил 84-бет. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə