Toshkent davlat tisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xo


Turli mamlakatlarda merkantilizm ta’limotining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 370,16 Kb.
səhifə24/102
tarix29.09.2023
ölçüsü370,16 Kb.
#124717
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim-fayllar.org

Turli mamlakatlarda merkantilizm ta’limotining o‘ziga xos xususiyatlari
Har bir davlatda merkantilizm o‘ziga xos usulda namoyon boidi. Iqtisodiy rivojlanish darajasi, mamlakatdagi siyosiy vaziyat, turli xalqlaming milliy-psixologik xususiyatlari uning o‘ziga xos tomonlarini keltirib chiqardi.
Merkantilizm Ispaniya, Italiya, Angliya va Fransiyada ancha keng rivojlandi.
Masalan, Ispaniyada boylik qimmatli metall, pul bilan bir narsa deb qaralgan. Shu bois, Ispaniyada XVII asming boshigacha mamlakatdan oltin va kumushni olib chiqish (o‘lim jazosi tahlikasi ostida) taqiqlangan. Ispan bimetall monetar nazariyasining yetuk himoyachisi Marian XVII asming 20-yillarida qimmatli toshlardan iborat xorijiy monetalarga ayirboshlanadigan tovarlami chetga chiqarishdan boshqa barcha har qanday tashqi savdoni man etish talabini ilgari surdi.
Bunday qattiq chora-tadbirlar mamlakat hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro savdoda chetga chiqib qolgan Ispaniya iqtisodiy rivojlanishda ancha orqada qolib ketdi.
Merkantilizm iqtisodiy taMimot va davlat siyosati sifatida Fransiyada ancha rivoj topdi. Fransiyada merkantilizm vakillaridan biri, mashxur «Siyosiy iqtisod traktati» (1615) asarining muallifi Antuan Monkreten (1576-1621) hisoblanadi. U davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini - jamg‘armani ko‘paytirishning, mamlakat xo‘jaligini mustahkamlash va rivojlantirishning asosiy omili sifatida qaradi. A.Monkreten pul boyligini ko‘paytirish yo‘llarini qidirdi, o‘z takliflarini qirol Lyudovik XSH ga tavsiya etdi. U manufakturani rivojlantirish, hunarmandchilik maktablari tashkil etish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, o‘z mamlakati savdogarlariga tashqi savdoda monopol huquq berish, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini kengaytirish bilan Fransiya bozoridan xorijiy savdogarlami siqib chiqarishni taklif qildi. A.Monkreten xorijiy savdogarlami mamlakat boyligini so‘rib oluvchi nasosga taqqoslaydi. A.Monkreten dasturi Fransiya tashqi savdosini kengaytirishni ko‘zda tutadi, u nisbatan monetarizm g‘oyasini, shuningdek, savdo balansi konsepsiyasini aks ettiradi.

Yüklə 370,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə