Toshkent davlat tisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xo



Yüklə 370,16 Kb.
səhifə31/102
tarix29.09.2023
ölçüsü370,16 Kb.
#124717
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   102
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim-fayllar.org

Xalqlar boyligi sabablari
A. Smit millat boyligi ish unumdorligi va unumdor ishlaydigan ishchilar mutanosibligiga bog'liq, deb hisoblagan.
Ish unumdorligi. Ishchi kuchining unumdor mehnati nima bilan belgilanadi? Smit birinchi kitobida ish unumdorligi ish taqsimotiga bog‘liq, deb yozadi. Mehnatning ixtisoslashtirilganligi mehnat unumdorligini oshirishning kafolati sifatida qaralgan. Bu “xalqlar boyligi” dan ancha oldin aytib o‘tilgan bo‘lsada, lekin hech kim Smitdek tushimtirib o‘tmagan.
A. Smit mehnat taqsimotini ko‘p misollar bilan, tarixdan o‘rganib, zavodda har bir ishchining faoliyatini kuzatib, foydasini o‘rganib chiqqan. Agar har bir ishchi donalab mahsulot ishlab chiqarsa, unda ishlab chiqarish jarayoni juda sekin ketadi, agar ishlab shiqarish jarayoni bir qancha operatsiyalarga bo‘lib tashlansa, har bir ishchi shu operatsiyalardan biriga ixtisoslashsa, har bir ishiga nisbatan mahsulot hajmi katta miqdorda oshadi.
Mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning bir salbiy tomoni shundaki, ishchilar bir xil ishni bajaraverishadi va natijada zerikish paydo bo‘ladi. Insoniyat ishlab chiqarish jarayoniga bog‘lanib qolib, mashinalashib ketadi, qayta-qayta bir xil ishni qilaverib noinsoniylashib ketadi. Lekin Smit inson farovonligi mehnat taqsimotiga bo‘gliq ekanligini ta'kidlab o‘tgan.
Shuningdek, mehnat taqsimoti Smitning bozorning kengayishi hamda kapitalning jamg‘arilishi haqidagi flkriga ham bog‘liq. Bozor qanchalik katta bo‘lsa, tovar shuncha ko‘p miqdorda sotiladi va mehnat taqsimotiga imkoniyat shunchalik oshadi. Cheklangan bozor o‘z navbatida cheklangan mehnatni talab qiladi. Mehnat taqsimoti kapital jamg'armasi orqali cheklab qo‘yilgan, chunki ishlab chiqarish jarayoni juda vaqtni oladigan jarayon bo‘lib, ishning boshidan to mahsulot tayyor bo‘lib sotilgunga qadar orada ancha vaqt bor.
Mehnat taqsimotining ortishi bilan ishchilaming o‘zlari uchun ishlab chiqarishlariga hojat qolmaydi va iste’mol tovarlari zahirasi paydo bo‘ladi. Kapitalistning asosiy vazifasi ishlab chiqarish boshlanganidan to mahsulot sotilgunga qadar ketadigan vaqtni qisqartirishdir. Shiming uchun Smit quyidagi xulosaga keldi: “Resurslaming jamlanish jarayoni mehnat taqsimotidan oldin bo‘lishi talab etiladi va shu sababdan zahiralar qancha ko‘p jamg‘arilsa, mehnat shuncha samarali taqsimlanadi”5
A.Smit asarining nazariy qismining asosiy g‘oyalarini ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 370,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə