III. FANNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTREFAOL TA’LIM METODLARI.
“Keys-stadi” metodi
Keys-stadi interaktiv ta’lim metodi sifatida talabalar tomonidan eng afzal ko‘riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Ushbu texnologiya asosan farmatsevtika fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchi va talabalarning umumiy intellekual va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Buning sababi sifatida ushbu metod talabalarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o‘zlashtirishda hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo‘lish imkoniyatini berishida ko‘rish mumkin. O‘z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) talabalarning kasbiy shakllanish jarayoniga kuchli ta’sir o‘tkaza olishi, ularning kasbiy jixatdan “ulg‘ayishiga” xizmat qilishi, ta’lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o‘qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko‘rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan’anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi.
“Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari
Ish bosqichlari
|
Faoliyat shakli va mazmuni
|
1-bosqich: Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishtirish
| -
yakka tartibdagi audio-vizual ish;
-
keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media shaklda);
-
axborotni umumlashtirish;
-
axborot tahlili;
-
muammolarni aniqlash
|
2-bosqich:Keysni aniqlash-tirish va o‘quv topshirig‘ni belgilash
| -
individual va guruhda ishlash;
-
muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash;
-
asosiy muammoli vaziyatni belgilash
|
3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish orqali o‘quv topshirig‘ining echimini izlash, hal etish yo‘llarini ishlab chiqish
| -
individual va guruhda ishlash;
-
muqobil echim yo‘llarini ishlab chiqish;
-
har bir echimning imkoniyatlari va to‘siqlarni tahlil qilish;
-
muqobil echimlarni tanlash
|
4-bosqich: Keys echimini echimini shakllantirish va asoslash, taqdimot.
| -
yakka va guruhda ishlash;
-
muqobil variantlarni amalda qo‘llash imkoniyatlarini asoslash;
-
ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;
-
yakuniy xulosa va vaziyat echimining amaliy aspektlarini yoritish
|
Keys. Upka tizimi kasalligini klinik laborator va instrumental tekshirish usullari natijalari bilan tanishing. Siz qanday qushimcha tekshiruvlarni tavsiya kilasiz va tekshiruv natijalari asosida kanday kasallikni aniqladingiz? Tashxis kuyishda o‘ziga xos tomonlarini aniqlang
“Assesment” metodi
Ushbu “Assesment” lardan ma’ruza mashg‘ulotlarida qatnashchilarning mavjud bilim darajasini o‘rganishda, yangi ma’lumotlarni bayon qilishda, seminar, amaliy mashg‘ulotlarda esa mavzu yoki ma’lumotlarni o‘zlashtirish darajasini baholash, shuningdek, o‘z-o‘zini baholash maqsadida individual shaklda foydalanish tavsiya etiladi. SHuningdek, o‘qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o‘quv maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga qo‘shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin.
«Akliy xujum» metodi
Guruh bilan ishlash qoidalari
Guruhning har bir a’zosi:
- o‘z sheriklarining fikrlarini xurmat qilishlari lozim;
- berilgan topshiriqlar to‘g‘richa faol, hamkorlikda va mas’uliyat bilan ishlashlari lozim;
- o‘zlariga yordam kerak bo‘lganda so‘rashlari mumkin;
- yordam so‘raganlarga ko‘mak berishlari lozim;
- guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim;
Blits-o‘yin” metodi
“Blits-o‘yin” metodining maqsadi: talabalarda tezlik, axborotlar tizimini tahlil qilish, rejalashtirish, progno‘zlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mazkur metodni baholash va mustahkamlash maksadida qo‘llash samarali natijalarni beradi.
Bu metoddan maqsad, talabalarda ma’lum bir faoliyat yoki tushunchalarning ketma-ketligi, uzluksizligi, bog‘liqligi, bosqichma-bosqichligi hamda tartibini aniqlash malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Buning uchun pedagog tomonidan ma’lum ketma-ketligi mavjud bo‘lgan faoliyat yoki tushunchaning o‘rinlari almashtirilgan holda beriladi. Talabalar ushbu ketma-ketlikni topishi, tartibga keltirishi, o‘z o‘rniga qo‘yib chiqishi lozim. Bu topshiriqda talabalar o‘z javoblarini va guruhiy javobni berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. To‘g‘ri javob e’lon qilingandan so‘ng talabalarni baholash mumkin. Bunday topshiriq talabalarni fikrlashga undab, mavzu bilimlarini mustahkamlashga, aniqlashtirishga va tafakkurni rivojlantirishga yordam beradi
Metodni amalga oshirish bosqichlari:
1. Dastlab ishtirokchilarga belgilangan mavzu yuzasidan tayyorlangan topshiriq, ya’ni tarqatma materiallarni alohida-alohida beriladi va ulardan materialni sinchiklab o‘rganish talab etiladi. SHundan so‘ng, ishtirokchilarga to‘g‘ri javoblar tarqatmadagi «yakka baho» kolonkasiga belgilash kerakligi tushuntiriladi. Bu bosqichda vazifa yakka tartibda bajariladi.
2. Navbatdagi bosqichda trener-o‘qituvchi ishtirokchilarga uch kishidan iborat kichik guruhlarga birlashtiradi va guruh a’zolarini o‘z fikrlari bilan guruhdoshlarini tanishtirib, bahslashib, bir-biriga ta’sir o‘tkazib, o‘z fikrlariga ishontirish, kelishgan holda bir to‘xtamga kelib, javoblarini «guruh bahosi» bo‘limiga raqamlar bilan belgilab chiqishni topshiradi. Bu vazifa uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.
3. Barcha kichik guruhlar o‘z ishlarini tugatgach, to‘g‘ri harakatlar ketma-ketligi trener-o‘qituvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi, va talabalardan bu javoblarni «to‘g‘ri javob» bo‘limiga yozish so‘raladi.
4. «To‘g‘ri javob» bo‘limida berilgan raqamlardan «yakka baho» bo‘limida berilgan raqamlar taqqoslanib, farq bulsa «0», mos kelsa «1» ball quyish so‘raladi. SHundan so‘ng «yakka xato» bo‘limidagi farqlar yuqoridan pastga qarab qo‘shib chiqilib, umumiy yig‘indi hisoblanadi.
5. Xuddi shu tartibda «to‘g‘ri javob» va «guruh bahosi» o‘rtasidagi farq chiqariladi va ballar «guruh xatosi» bo‘limiga yozib, yuqoridan pastga qarab qo‘shiladi va umumiy yig‘indi keltirib chiqariladi.
6. Trener-o‘qituvchi yakka va guruh xatolarini to‘plangan umumiy yig‘indi bo‘yicha alohida-alohida sharhlab beradi.
7. Ishtirokchilarga olgan baholariga qarab, ularning mavzu bo‘yicha o‘zlashtirish darajalari aniqlanadi.
O‘zingizni tekshirib ko‘ring!
Harakatlar mazmuni
|
YAkka baho
|
YAkka xato
|
To‘g‘ri javob
|
Guruh bahosi
|
Guruh xatosi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
“Insert usuli” metodi
Insert- samarali o‘qish va fikrlash uchun belgilashning inter faol tizimi hisoblanib mustaqil o‘qib o‘rganishda yordam beradi. Bunda amaliy mashg‘ulot mavzulari, kitob va boshqa materiallar talabaga vazifa qilib beriladi.Uni o‘qib chiqib “ V“; +; -; +belgilari orqali o‘z fikrini ifodalaydi:
Matnni belgilash tizimi
(V)- men bilgan narsani tasdiqlaydi. (+)- YAngi ma’lumot. (-) men bilgan narsaga zid. (?) meni o‘ylantirdi. Bu borada menga qo‘shimcha ma’lumot zarur.
Insert jadvali
“Mevali daraxt” metodining qo‘llanilishi
“Mevali daraxt” metodining maqsadi: talabalarda tezlik, axborotlar tizimini tahlil qilish, rejalashtirish, progno‘zlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mazkur metodni baholash va mustahkamlash maksadida qo‘llash samarali natijalarni beradi.
Bu metoddan maqsad, talabalarda ma’lum bir faoliyat yoki tushunchalarning ketma-ketligi, uzluksizligi, bog‘liqligi, bosqichma-bosqichligi hamda tartibini aniqlash malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Buning uchun pedagog tomonidan ma’lum ketma-ketligi mavjud bo‘lgan faoliyat yoki tushunchaning o‘rinlari almashtirilgan holda beriladi. Talabalar ushbu ketma-ketlikni topishi, tartibga keltirishi, o‘z o‘rniga qo‘yib chiqishi lozim. Bu topshiriqda talabalar o‘z javoblarini va guruhiy javobni berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. To‘g‘ri javob e’lon qilingandan so‘ng talabalarni baholash mumkin. Bunday topshiriq talabalarni fikrlashga undab, mavzu bilimlarini mustahkamlashga, aniqlashtirishga va tafakkurni rivojlantirishga yordam beradi.
Metodni amalga oshirish bosqichlari:
“Mevali daraxtni” katta o‘lchamli karton, 8ta varaqa, old tomondan meva rasmi tushurilgan, orqasida savol yozilgan.
O‘qituvchi o‘yin qoidalarini tushuntiradi. Talabalar ikki guruhga bo‘linadilar, so‘ng o‘qituvchi umumiy savolni beradi. Har bir guruhdan bittadan talaba navbatma-navbat javob beradilar. Javob to‘g‘ri bo‘lsa o‘qituvchi meva beradi va u daraxtga knopka bilan sanchiladi. Javob berolmasa meva berilmaydi. Qaysi guruh ko‘proq meva yig‘sa o‘sha guruh g‘alaba qozonadi.
Klaster, konseptual jadval organayzerlari
Klasterni tuzish qoidasi
1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G‘oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.
2. Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang.
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.
Bumerang usuli.
Guruhning har bir a’zosi:
- o‘z sheriklarining fikrlarini hurmat qilishlari lozim;
- berilgan topshiriqlar to‘g‘risida faol, hamkorlikda va mas’uliyat bilan ishlashlari lozim;
- o‘zlariga yordam kerak bo‘lganda so‘rashlari mumkin;
- yordam so‘raganlarga ko‘mak berishlari lozim;
- guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim;
Guruhlar uchun topshiriqlar.
4. Nazariy mashg`ulotlar mazmuni
Bemorlarni parvarish qilishning umumiy tamoyillari. Dori vositalarining organizmga kiritilish yo‘llari. Aseptika va antiseptika. Jarohatlanishlar
Dori vositalarni tanaga kiritilish yo‘llari. Enteral va parenteral yo‘llarning o‘ziga xos tomonlari. Aseptika va antiseptika asoslari. Jarrohlik va tug‘ruq bo‘limlarida aseptikaning o‘ziga xos tomonlari. Jaroxatlarni turlari, ularni davolashda aseptik bog‘lamlarni qo‘yish qoidasi.
Dostları ilə paylaş: |