Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   139

311 
 
VI. MUST AQIL  TA’LIM MAVZULARI  
 
 
1.
 
Tirik tabiatning tarixiy jarayonida paydo bo’lishi, simbioz nazariyasi. Avtotrof va geterotrof 
organizmlarning tabiatdagi modda almashinuvida tutgan o’rni. Yer biosferasi. O’simliklar - 
dorivor mahsulotlarning manbai. 
2.
 
Endopalzmatik to‘r. Membranalar. Plazmolemma va tonoplast. Organoidlar. Goldji apparati. 
Lizosoma,  mikronaychalar,  ribosoma  va  boshqalar,  kimyoviy  tarkibi,  Oqsil  sintezida 
ribosomaning  vazifasi.  Mitoxondriyalarni  tuzilishi,  vazifasi  va  energiya  manbai  ekanligi. 
Oksidlanish va qaytarilish jarayonlari. Nuklein kislota (RNK va DNK). Xromosoma. DNK 
ni  sintezi.  Genetik  kod.  Matriks  va  mikrofibrillar.  Hujayra  po‘stini  paydo  bo‘lishida 
fragmoplast,  diktiasomani  vazifasi  va  biologik  ahamiyati.  Hujayralararo  modda 
almashinuvi, plazmodesma va uning vazifasi. 
3.
 
To’qimalarning hosil bo’lishi. Mexanik to’qimalarni o’tli va daraxt o’simliklaridagi xillari, 
joylashishi. O’tkazuvchi to’qimalarning o’tli va daraxt o’simliklarida joylashishi, ahamiyati. 
Ajratuvchi  to’qimalarning  o’simlikda  uchrash  joylari,  ahamiyati.  Asosiy  to’qimalarda 
to’planadigan moddalar va ularning vazifasi. 
4.
 
Asosiy  morfologik  qonuniyatlar:  simmetriya  turlari,  metamorfoz.  Analogik  va  gomologik 
organlar.  Ildiz  oziqlanish  va  moddalarni  sintez  qiladigan  qism.  O’simliklarda  mineral 
moddalarning      miqdori.  Makro-  va  mikro  elementlar.  Mineral  moddalarning  o’simlik 
hayotidagi  o’rni.  Azotning  o’simlik  hayotidagi  o’rni.  Dukkakli  va  ayrim  o’simliklarda 
azotning o’zlashtirilishi. O’g’it va uning o’simlik rivojlanishidagi ahamiyati. O’simliklarda 
kerakli moddalarni to’planishida  mineral moddalarning ahamiyati. O’simliklarni minerallar 
bilan oziqlantirish.   
5.
 
Qutblanish,  yuksak  o’simliklarni  vegetativ  organlari:  poya,  kurtak  tuzilishi  va  o’sish 
nuqtasi. Joylanishi bo’yicha kurtak turlari: uchki,  yon, qo’shimcha kurtaklar. Vegetativ  va 
aralash kurtaklar. G’uncha. 
6.
 
Barglarning  paydo  bo’lishi.  Barglarning  o’sishi.  Barglarning  tibbiyotdagi  ahamiyati. 
Barglarning ichki tuzilishiga ta'sir etadigan omillar. 
7.
 
Xlorofill,  karotin  va  boshqa  pigmentlarni  fotosintezda  ishtirok  etishi.  Fotosintezni  ikki 
fazasi:  yorug’lik  va  qorong’ulikda  bo’ladigan  jarayonlar.  Yorug’lik  fazasida  elektronlarni 
o’tish mexanizmi. Tashqi taasurotni fotosintez jarayoniga ta'siri. Suv bug’lantirish va uning 
biologik ahamiyati. O’simliklarda suvning miqdori va qurg’oqchilikka qarshi kurash.  Katta 
va  kichik  hayotiy  davr,  fotoperiodizm.  Ontogenez  bo’limlari.  O’simliklarni  rivojlanish 
davri.  Uzun,  qisqa  kundagi  o’simliklar.  O’simlik  tana  qismlarining  rivojlanishiga 
bog’liqligi. 
8.
 
O’simliklar  sistematikasi.  O’simliklar  guruhlarining  morfologik,  anatomik,  embriologik 
belgi,  xususiyatlariga  asoslanib  tasniflash  va  guruhlarning  tabiiy  qarindoshligiga  qarab, 
o’simlik  oilasining  evolyutsion  jarayonini  ifodalaydigan  ma'lum  tizimda  joylashtirish.  har 
xil  o’simliklarni  muayyan  guruhlarga  birlashtirish  yoki  ular  orasidagi  farqni  aniqlashga 
yordam beradigan sistematik belgilari. 
9.
 
Tuban sporali o’simliklarga tavsif, ularning tasniflash.  Suv o’tlarining rivojlanish davri va 
sinflarga  bo’linishi:  ulotrikslar,  sifonlilar,  ularning  umumiy  xususiyatlari.  Suv  o’tlarining 
asosiy vakillari  (xlomidomanada, ulotriks, ulva, kaulerpa, vosheriya, spirogira). Yashil suv 
o’tlarining ahamiyati. Oq qayindagi chaga zamburug’i va uning tibbiyotdagi ahamiyati.   
10.
 
Yuksak sporali o’simliklarning kelib chiqishi. Torf hosil qiluvchi moxlar, funariya moxi, 
tuzilishi, turlari, ahamiyati. Selaginella, tuzilishi, ko’payishi. 
11.
 
Suv qirqqulog’i. Urug’li qirqquloqlar va bennetitlar-yo’qolib ketgan ochiq urug’lilar. 


312 
 
12.
 
Yopiq urug’li o’simliklar tasnifi. Bir va ikki pallali o’simliklarni farqlari.   
       Gulning  kelib  chiqishidagi  asosiy  qonuniyatlar:  evant,  psevdant  nazariyalari.  Gul   
evolyutsiyasining asosiy yo’nalishlari. Bir va ikki pallali o’simliklar gullarining farqlari. 
13.
 
Meva. Mevalarni aniqlash. Meva xillari. Urug’chini tuzilishiga qarab mevalarni tasniflash. 
Apokarp, monokarp, senokarp va psevdomonokarp mevalar. O’simliklarni urug’ va mevalar 
orqali tarqalishi.  Avtoxoriya va alloxoriya. Turli  usullarda mevalarni  tarqalishi: anemoxor, 
zooxor, gidroxor va boshqalar. Urug’ tuzilishi. 
14.
 
Yopiq urug’li o’simliklarni  kelib chiqishi,  ularning tasnifi.  Bir va ikki pallali o’simliklar 
tavsifi,  oilalari.  qichitqigullilar  tartibi,  shu  tartibga  kiruvchi  oilalar,  ularning  vakillari, 
tuzilishi va ahamiyati. 
15.
 
Kampirchopondoshlar oilasi o’simliklari tuzilishi va ahamiyati. Chinniguldoshlar oilasiga  
tavsif. Asosiy vakillari. 
16.
 
Otquloqdoshlar  (torondoshlar)  oilasi  tavsifi,  asosiy  vakillari.  Valerianadoshlar  oilasi  va 
vakillari.   
         17.  Bir  pallali  o’simliklarni  ikki  pallali  o’simliklardan  farqi.  O’simliklarni  hayotiy 
shaklari, o’simliklar qoplami, o’simliklar florasi, o’simliklar areali va tarqalishi. O’simliklarni 
madaniylashtirish, o’simlik qoplamining xillari haqida tushuncha. 
O’zbekiston  florasining  eng  muhim  elementlari.  Yer  sharining  floristik  viloyatlari.  hayvonlar 
va insonlar ta'siri-biologik omildir. O’simliklarni introduksiyalash-iqlimlashtirish.    
Fitotsenozlar  (o’simliklar  jamoalari),  o’simliklar  dunyosi  va  o’simliklar  qoplami  haqida 
tushuncha. O’simliklar qoplamining geografiyasi. Yer shari o’simliklar qoplamining kenglik 
zonalari.    O’zbekistonning  o’simlik  mintaqalari  (vertikal  zonaligi),  cho’l,  tog’  va  yaylov. 
Adir va uning xususiyati. Tog’ zonasining belgilari. Vohalar, to’qayzorlar. 
18.O’zbekiston  o’simliklar  qoplamining  tiplari.  Psammofitlar.  Gipsofitlar.  Gallofitlar. 
Kserofitlar.  Mezofitlar.  Gigrofitlar.  Efemer  va  efemeroidlar  haqida  tushuncha.    Subalp  va 
alp (baland tog’) o’tloqlari.   
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə