Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi psixologiya va pedagogika



Yüklə 13,21 Mb.
səhifə19/102
tarix15.01.2023
ölçüsü13,21 Mb.
#98632
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   102
Majmua Ped psixologiya 2022 фарм

Ko’rish sezgilari. Inson tomonidan rang va yorug’likni sezish ko’rish sezgilari tarkibiga kirib, uning organi - ko’z hisoblanib, u ko’z soqqasi va undan chiqib keladigan ko’ruv nervlaridan tashkil topgan.
Insonning hayoti va faoliyatida kurish sezgilarining roli benihoya katta. Ko’rish hodisasini vujudga keltiruvchi fizik sabab har xil uzunlikda bo’lgan elektromagnit tulqinlaridir. Odamning ko’zi 390 millimikrondan 800 millimikrongacha uzun elektromagnit tulqinlari taassurotini seza oladi. Ko’z murakkab tuzilgan sezgi a’zosi bo’lib, u ko’z kosasida joylashgan va maxsus ko’z mushaklari yordami bilan har tomonga burila oladi. Ko’zimizga ko’rinadigan har bir narsaning o’ziga xos rangi bor. Faqat juda tiniq narsalarning rangi yo’q, shuning uchun ham ular ko’zga ko’rinmaydi.
Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo’lib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi bir tondan ikkinchisi esa bir necha tonlardan tashkil topadi. Insonlar uchun eshitish sezgilari katta ahamiyatga ega, chunki nutqni o’zlashtirish tovushlarni yaxshi eshitish va ularni ajratishga bog’liq. Ona tilimizda ishlatiladigan tovushlarni kichik yoshdan eshitib, ularga odatlanib qolamiz, shuning uchun ularni bir-biridan ajrata bilamiz va tug’ri talaffuz qilamiz. Ammo chet tilidagi tovushlarni tez ajrata olmaymiz, ularni talaffuz etishda qiynalamiz, chunki ularga qulog’imiz o’rganmagan.
Hid bilish sezgilari har qanday narsalarning hidini ongimizda aks ettirish demakdir. Odam to’rt yuz mingga yaqin turli hidni seza oladi. Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi.
Ta’m bilish (maza) sezgilari - shirin, achchiq, nordon, sho’r singari mazalarni his qilish bilan tavsiflanadi. Ular muayyan turkumga kiritilgan va kiritilmagan xilma-xil turlarga ega bo’lib, narsalarning, moddalarning nomlari bilan yuritiladi: nonning mazasi, qovunning mazasi kabilar. Maza va hid sezgilari bir-biriga chambarchas bog’langan bo’lib, bir-biriga ta’sir ko’rsatadi. Qattiq tumov vaqtida ovqatning hidi sezilmagani uchun uning mazasi ham yo’qday ko’rinadi.
Teri sezgilari tarkibi tuyish va xarorat turlaridan iborat bo’lib, ularning bunday nomlanishining bosh omili - bu retseptorlarning teri va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidir.
Tekkanni sezish yoki taktil sezgilar, terimizga tegib turgan narsani uning silliqligini yoki g’adur-budurligini his etishdir. Harorat sezgisi issiq-sovuqni his etish demakdir. Harorat sezgisi harorati har xil darajali buyumlarning terimizga bevosita urilib turishidan paydo bo’ladi. Terimizga tegib turgan buyumning harorati, terimizga nisbatan pastroq bo’lsa - sovuqni, balandroq bo’lsa - issiqni sezamiz. Og’riq sezgilari ichki va tashqi a’zolarimizda bironta o’zgarishga bog’liq bo’lgan xavfli xolatlarni ongimizda aks ettirish demakdir.
Adaptatsiya - (lot. «adapto» - moslanmok) analizator sezgirligining unga uzoq ta’sir etuvchi qo’zg’atuvchi ta’sirida yoki ular ta’sirining yo’qligida o’zgarishi muhim ahamiyatga egadir. Adaptatsiya (moslashish) tufayli analizatorlar tashqi muhitning o’ta o’zgaruvchi sharoitlariga moslashishi mumkin.
Ko’rish yoki eshitish sezgisining yo’qotilganligi ma’lum darajada sezuvchanlikning boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga to’ldiriladi. Sezgi a’zolari sezuvchanligining kuchayish hodisasi ba’zi maxsus kasblar bilan uzoq vaqtdan bilan shug’ullanadigan shaxslarda kuzatiladi. Bularning xammasi sezgilarimiz hayot sharoitlari va amaliy mehnat faoliyati talablari ta’siri ostida rivojlanishining dalilidir.

Yüklə 13,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə