Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə11/20
tarix08.09.2018
ölçüsü1,3 Mb.
#67238
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20

AQSH, Norvegiya, SHvetsiya, Kanada, Singapur kabi mamlakatlarning 50 foizga yaqin aholisi shaxsiy kompyuterlardan internetga bog‘lanish imkoniyatiga ega. Finlandiya, Daniya, Avstraliya, YAngi Zenlandiya mamlakatlarida bu ko‘rsatkich 30-40 foizni buyuk Britaniya, Gollandiya, SHvetsariya, Avstriada 20 foizdan ortig‘rog‘ini tashkil etmoqda.

Axborot xurujining eng beozor bo‘lib ko‘ringan ko‘rinishlaridan biri – bu odob- axloq, sharm-hayo kabi qadiyatlarga qaratilgan tajovvuzdir. “Amerika psixiatrlari assotsiatsiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, elektron savdoning 20 foizi pornorafiyaga aloqador bo‘lib, o‘zini “seks- eldikts” deb atavchi 2 million kishi har kuni bir necha soatlab vaqtini shunga sarflaydi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, elektron pornografiya reklama uchun eng kam mehnat va mablag‘ sarflab katta foyda beruvchi (30 foiz) soha hisoblanadi. YAngi elektron bozorning 70 foizini pornografiya, 4 foizini video o‘yinlar, 2 foizini esa sport tashkil etmoqda 21.

Milliy g‘urur va milliy qadriyatlarimizi saqlagan holda zamonaviy reklama va kliplarni ko‘paytirish bilan g‘arbning mafkuramizga qarshi g‘oyalari kirib kelishining olidni olishimiz mumkin. Bunda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsgag kirishish, olishish mumkin”, degan shiori bizga dasturilamal vazifasini bajaradi.

Darhaqiqat,“G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsgag kirishish, olishish mumkin”, degan shior bejiz o‘rtaga tashlanmagan. Oldimizda turgan eng muhim masalalardan biri – bu odamlar o‘z fikrini aytishga, erkin fikrlashga o‘rganishi zarur. YA’ni, fikrga qarshi fikr bo‘lishi kerak. Buning uchun yurtimiz yoshlari, fuqarolari o‘z bilim va malakalari ustida ko‘proq ishlashlari, mamlakatimiz va dunyo xabarlari bilan muntazam tanishib borish, ularni mustaqil tahlil qilish, ilmiy, badiiy va siyosiy adabitlarni o‘qib borishlari maqsadga muvofiqdir.

Axborot xuruji orqali jahon jamoatchiligining ongu tafakkurini boshqarishga urunish siyosiy kurashning asosiy usuliga aylanib bormoqda. Ayniqsa “rangli inqilob”lar orqali turli mamlakatlarda g‘arbparast hukumatlarni shakllantirish, vaqti-vaqti bilan har xil mishmishlar tarqatish vositasida ularni cho‘chitib olib, jilovda ushlab turish, demokratiya va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash niqobi ostida turli xalqaro fondlar orqali qarama-qarshi kuchlarni rag‘batlantirib, bar-biriga va hukumatga qarshi gixgixlash – bularning barchasi xalqaro munosabatlarda qo‘llanayotgan yangi siyosiy ekspansiya texnologiyasidir. Bu texnologiya axloqiy me’yorlarga, ba’zi hollarda hatto xalqaro huquq me’yorlariga ham bepisand qaraydi. SHunday qilib, axborot xuruji nafaqat siyosiy kurash, balki siyosiy ekspansiya vositalaridan biriga ham aylandi.

YUrtboshimiz globallashuv ayni paytda ziddiyatli hodisa ekanini ham haqqoniy qayd etadi. Buni avvalo globallashuv natijasida ommaviy madaniyat niqobidagi noxush hodisalarning, aksilmadaniyatning tarqalish xavfi hamda xalqlarning rang-barang, boy ma’naviy hayotining birxillashuvi, milliy o‘zlik tuyg‘usining susayishi, egoizm va nigilizm (Nigilizm – lot.nihil – hech nima, hech qanday. 1. Ijtimoiy hayotda shakllangan, odat tusiga kirgan har qanday qoida, tamoyil va qonunlarni inkor qiluvchi nuqtai nazar. 2. O‘tmish davrlardagi madaniy merosni inkor etish) kabi xatarlarning kuchayishida ko‘rish mumkin.

Ma’naviyat va iqtisodiyotni mushtarak rivojlantirish axborot xuruji o‘ta kuchayib ketgan globallashuv sharoitida ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. CHunki bunday vaziyatda har qanday ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy muammo haqidagi axborot aholi o‘rtasida juda tez tarqalib, turli keskin holatlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bunday muammolarga esa ichki va tashqi kuchlar o‘z manfaati nuqtai nazaridan munosabat bildiradi. Ba’zilari ulardan g‘arazli maqsadlarda foydalanishga urinadi.

Ommaviy madaniyat” va uning yuzaga kelish sabablari.

Bugungi kunda globallashuv ta’sirida ma’naviy ehtiyojlarni qondirishda ham standartlashuv qaror topa boshladi. Bu jarayon butun rok va pop musiqa, video hamda turli janrlardagi arzon-garov filmlar, seriallar, rang-barang ko‘ngilochar shou-tomoshalar, o‘yinlarni qamrab olmoqda. Ommaviy madaniyat niqobidagi aksilmadaniyat paydo bo‘lib, tobora keng yoyilib bormoqda.

Prezidentimiz bu borada katta tashvish bilan ogohlantirishi bejiz emas: «Tabiiyki, “Ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuq va zo‘ravonlik, induvidualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa shuning hisobidan boylik ortirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi. (YUksak ma’naviyat-engilmas kuch. 117 b.)

Ushbu fikrdan kelib chiqadigan xulosa shuki, ommaviy madaniyatni niqob qilib olib buzuqlik va zo‘ravonlik singari inson shaxsini ruhan emiradigan g‘oyalarni targ‘ib etadigan asarlarning haqiqiy madaniyatga hech qanday aloqasi yo‘q.

Ma’lumki, madaniyat «Elita madaniyat” xos madaniyat va ommaviy madaniyatga bo‘linadi. O‘tmishda ommaviy madaniyat xalq baxshilari kuylaydigan dostonlar, sayllarda, to‘ylarda ommaga ko‘rsatiladigan tomoshalar – dorbozlik, askiyabozlik va masxarabozlik, xalq ashulalari kabi ko‘rinishlarda mavjud bo‘lgan. SHu bois u o‘zining xalqchilligi, ezgulik va insonparvarlik ruhi bilan ajralib turgan. Lekin bugun unga ommaviy madaniyatning tarkibiy qismi emas, balki folklor yoki an’anaviy xalq madaniyati deb qaralmoqda. G‘arbda uni kundalik hayotgan etnografik muzeylar yoki ahyon-ahyonda o‘tkaziladigan xalq sayllari va festivallari tomon siqib chiqarishga urinish kuchli.

Zamonaviy ommaviy madaniyat esa XX-XX1 asrlar sivilizatsiyasi mahsuli o‘laroq standartlashgan iste’mol mahsulotlari va «erkin” xulq-atvor namunalari yig‘indisi sifatida tor mazmunda tushunilayotir.

XX asrda maishiy texnikaning rivojlanishi ommaviy madaniyat shakllarini boyitdi-dastlab potefon va gramplastinkalar, magnitofonlar, ixtisoslashgan estrada janrlari, ansambllari singari yangiliklar paydo bo‘ldi.

Keyinchalik turmush farovonligi o‘sishi bilan iste’molchilik psixologiyasining yanada kuchayishi adabiyotda ko‘ngilochar, mazmunan sayoz sarguzasht va detektiv asarlarning “erkin muhabbat” mavzuidagi kitoblar, kino va tv.da “bemaza opera”deb atalmish seriallar, turli audio va video disklar, shou tadbirlarning, ularni ommaviy tarzda ishlab chiqaradigan industriyaning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Tabiiyki bunday «mahsulotlar”da xalqchillik, milliylik nihoyatda zaif, ular faqat dekoratsiya va mahalliy kolorit sifatidagina qo‘llanadi. Lekin, afsuski, qattiq raqobat sharoitida ba’zi korchalonlar mo‘may daromad ilinjida insonda tubar hirslarni qo‘zg‘aydigan mavzularni ko‘paytirib, asta-sekin zamonaviy aksilmadaniyatni yaratdi.

Ommaviy madaniyatni niqob qilib olgan aksilmadaniyatga, uning didsizligi va axloqsizligiga, insonni haqoratlovchi, tubanlashtiruvchi mahsulotlarga qarshi kurashish kerak.

Ommaviy madaniyatning jozibasi nimada? Nega unga intilish kuchli? Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, hatto bir xalqqa mansub yoshlar ham, ular har xil ijtimoiy qatlamdan bo‘lishiga qaramay, ommaviy madaniyatga birday moyillik ko‘rsatadi. Bu holat birinchi navbatda urbanizatsiya va globallashuv sharoitida turli xalqlar turmush tarzining, hayotiy qarash va mezonlarining yaqinlashuvi, hordiq va iste’molning standartlashuvi oqibatidir.

Buning yana bir sababi, ommaviy madaniyat sari intilishga inson zotiga xos bo‘lgan azaliy ishtiyoqlar, uning shuurida asrlar osha yashab kelayotgan tabiiy-ijtimoiy tenglik mayllari, shuningdek, jamoaviylik psixologiyasi bilan bog‘liq arxiteplar ham sabab bo‘ladi. Ular millati, tili, dini va madaniyatidan qat’iy nazar, barcha odamlarning ijobiy yoki salbiy narsalarga instinktiv intilishini ma’lum darajada belgilaydi.

Ommaviy madaniyatga shaklan va mazmunan oddiylikning xosligi go‘yoki unga egalitar (tenglik, tekischilik) va demokratik tus berganidek bo‘ladi. m asalan, klassik uslubda kiyinish (kostyum va galastuk) o‘rniga jinsi va futbolka yoki svitir va krasovka kiyish bamisoli kamtarlik, liberallik ifodasi bo‘lib ko‘rinadi. Bunday holat timsolida go‘yoki adolatli tenglik (egalitarizm) namoyon bo‘ladi. Bular ommaviy madaniyatning tarqalishiga ta’sir ko‘rsatgan psixologik sababdir. Ommaviy madaniyat tarqalishining asosiy ijtimoiy sababi esa G‘arbdagi an’anaviy qadriyat va ma’naviyatning inqiroz sari yuz tutishidir.

XX asrda sobir bo‘lgan jahon urushlari g‘arb qadriyatlari tizimida parokandalikni kuchaytirdi. SHu tariqa ikkiyuzlamachilikka asoslangan g‘arb axloqiy me’yorlari ham yosh avlodni qanoatlantirmmay qo‘ydi. Ular «seksual inqilob”, turmush hamda muloqot erkinligi va shu kabi boshqa huquqlarni talab qilib chiqdi. Natijada o‘tgan asrning 60 yillari ikkinchi yarmida G‘arb davlatlarida yoshlarning ommaviy noroziliklari yuz bera boshladi. G‘arbda axloqiy qadriyatlar ma’lum darajada qayta baholandi. Behayolikni ochiq tasvirlaydigan san’at asarlariga nisbatan taqiqlar ancha yumshadi. Bunday o‘zgarishlar natijasida Germaniya va Italiya kabi davlatlarda yoshlarning «qizil brigadalari” deb atalmish terrorchilik to‘dalari, G‘arbning deyarli barcha mamlakatlarida o‘zlarini “Xippi” deb ataydigan guruhlar paydo bo‘ldi. Xippilar ochiqchasiga an’anaviy odob-axloq qoidalarini inkor qilib, erkin jinsiy aloqalarni yoqlab chiqdi. Ular yaxshi kiyinishni, ayniqsa bezaklarni, shuningdek oilaviy turmush qoidalarini shaxsning tabiiy intilishini cheklaydigan ikkiyuzlamachi burjua axloqining sarqitlari, deb e’lon qildi.

70-yillarning ikkinchi yarmi va 80-yillarda xippilar o‘rnida “pank”lar harakati paydo bo‘ldi. Panklar-aksilmadaniyat ruhida tarbiya ko‘rgan yoshlarning lyumpen tubanlashgan qatlamidir. Ular aksilmadaniyatning asosiy tayanchi, iste’molchisi va targ‘ibotchisiga aylandi. Tan olish kerakki, qisqa muddat davom etgan xippi va panklar harakati ommaviy tus olmadi. Ammo 60-70 – yillardagi yoshlar harakati G‘arb dunyosida jamiyatning madaniy hayotida sezilarli salbiy iz qoldirdi, aksilmadaniyatni qonuniylashtirdi, ommaviy madaniyatni sayozlashuviga katta hissa qo‘shdi. Ommaviy madaniyatning tarqalishi sabablari orasida ba’zi ijtimoiy qatlamlarning rivojlanmagan didiga mazmunan sayoz, siyqa va jo‘n mahsulotlarning mos kelishi mavjudligini ham inkor etib bo‘lmaydi.

Ommaviy madaniyatning tarqalishiga turtki bo‘lgan yana bir sabab shundaki, u ba’zi jihatlari bilan kompensatorlik vazifasini bajaradi., odamlarni turmush muammolaridan, turli qiyinchiliklardan, shaxsiy nomukammallik tuyg‘usidan vaqtinchalik xalos qiladi. Odamlar xayolan o‘zlarini ermak teleseriallar qahramoniga o‘xshatadi, to‘kis hayotga real dunyoda etisha olmagan kishi filmlar va seriallar orqali virtual (xayolan) tarzda farovonlikdan, go‘zal turmushdan go‘yoki bahramand bo‘ladi. Ommaviy madaniyatning aynan shunday kompensptorlik xususiyati uni avomga jozibador qilib ko‘rsatadi.Bunday asarlar oddiy odamga xush kayfiyat bag‘ishlasa, uning kompyuter o‘yinlari kabi eng zamonaviy shakllari kishini monitorga, aniqrog‘i undagi o‘yinga ruhan tobe qilib qo‘ymoqda.

«Geosiyosat» - («geo» «er» va «siyosat» – «davlatni boshqarish san’ati»,) muayyan hududiy-mintaqaviy tamoyil asosida siyosatda, iqtisodiy va siyosiy geografiyada ko‘proq ishlatiladigan atama. Hozirgi davrga kelib u xalqaro, siyosiy va davlatlararo munosabatlarga nisbatan ham qo‘llanilmoqda.

«Geosiyosat» atamasida geosiyosiy muddaolar, ularning ko‘rinishlari, turli xil davlat va xalqlarning manfaatlari tizimi, unga bo‘lgan yondashuv uslublari, vositalari u yoki bu davlatning hududiy joylashuvi, salohiyatiga bo‘lgan munosabatda ifodalangan maqsadlar o‘z ifodasini topgan.

«Geosiyosat» uzoq tarixga ega bo‘lsada, lekin tushuncha sifatida XX asrning boshlarida shakllangan. Bu atama R.CHellen tomonidan muomalaga kiritilgan bo‘lib, hozirgi davrda davlatlar va dunyo mamlakatlari xalqlari siyosatida, falsafada, siyosat falsafasi va fanlarida keng qo‘llanilmoqda. Geosiyosat ko‘p qirrali tushuncha sifatida turli manfaatlarni o‘zida mujassam etadi.

Hozirgi davrda geosiyosiy maqsadlar ko‘proq mafkuraviy siyosat bilan hamohangligini alohida ta’kidlash zarur. Bunda mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish geosiyosatning eng ta’sirchan vositasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. YA’ni turli davlatlarning maqsadlari xalqning turli qatlamlari, xususan yoshlar ongi va qalbiga mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish orqali, ularning faoliyatini o‘z ta’siriga, ya’ni manfaatlariga yo‘naltirilganmafkuraviy muhitni yaratishni ko‘zlagan holda amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish, uning qanday amalga oshishini aniq bilish murakkabdir. SHuning uchun ham Prezidentimiz mafkuraviy poligonlar yadro poligonlariga qaraganda xavfliroq bo‘lib qolganligini alohida ta’kidlaganlar.

O‘zbekistonning geosiyosiy omillari haqida Prezident I.Karimov o‘z asarlarida batafsil to‘xtalib o‘tgan.

O‘zbekiston jug‘rofiy-siyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay ahvolda. YA’ni u Markaziy Osiyo mintaqasining transport, kuchli avtonom energetika va suv tizimlari markazida joylashgan.

O‘zbekiston aholi soni jihatdan, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatdan mintaqadagi qo‘shinlaridan ma’lum darajada ustun turadi.

O‘zbekiston qulay tabiiy iqlim sharoitiga ega. Bizda qadimiy dehqonchilik madaniyati va boy mineral xom-ashyo resurslari bor. Respublika oziq-ovqat bilan o‘zini-o‘zi ta’minlashga, texnika ekanlarining eng qimmatli turlarini, paxta tolasi etishtirish va eksport qilishga, shuningdek, jahon bozoriga yuqori sifatli, ekologik jihatdan sof, raqobatga bardoshli meva-sabzavot mahsulotlarini chiqarishga hamda ularni qayta ishlagan holda etkazib berishga qodir.

Davlatimiz nafaqat o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan, balki chetga chiqarishga neft mahsulotlari, gaz va umuman, iqtisodiyotning asosi bo‘lmish tarmoqlarga ega.

O‘zbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o‘rni bor. YUrtimiz ma’naviy meros bilan boy, u nafaqat mintaqada, balki dunyoda ham turli ma’naviy va siyosiy jarayonlarga kuchli ta’sir o‘tkazib kelgan.

Hozirgi zamon g‘oyaviy-mafkuraviy geosiyosatini demokratik va gumanistik tamoyillar asosida tashkil qilish dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda. Er kurrasini asrab qolish, insoniyatning kelajak hayotini saqlab qolish, barcha xalqlarning ozod va teng yashashi uchun bevosita demokratik va gumanistik tamoyillar asosidagi g‘oyalarga amal qilish tarixiy zaruriyatdir. Biz demokratik va gumanistik tamoyillar deganda nimani tushunamiz? Bu xalqlarning erkinligi, ozodligi, hur fikrliligi, qonun oldida tengligi, inson hayotini hamma narsadan ustunligi, inson qadr-qimmatining yuqoriligi, barcha olib borilayotgan jarayonlarning inson hayotini yaxshilashga qaratilganligi demakdir.

Buning uchun har bir mamlakat yoki davlatning mustaqilligini tan olish, millati, dini va qadriyatlarini hurmatlash, ichki ishlariga aralashmaslik, tashqi siyosatda o‘zaro manfaatdorlik, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hamkorlikda o‘zaro hurmat kabi umuminsoniy qadriyatlarga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. SHuningdek, mamlakatda ilg‘or g‘oyalar, mafkuralar qancha ko‘p bo‘lsa, ya’ni mafkuraviy plyuralizm hukmron bo‘lsa taraqqiyotning samarali yo‘lini tanlab olish uchun imkoniyat shunchalik keng bo‘ladi. Fikriy kurash mafkuralarning ma’no va mazmun jihatidan boyishiga, bir-birini to‘ldirishiga xizmat qiladi.

Bunda mamlakatlar o‘rtasidagi integratsiyalashuvning roli ortib boradi. Mamalkat va davlatlarning xavfsizlik darajasi ularning integratsiya jarayonlarida qatnashish darajasiga bevosita bog‘liq bo‘lib bormoqda. SHu o‘rinda aytish mumkinki, O‘zbekiston yuqorida qayd etilgan geosiyosiy omillarri jihatdan jahondagi madaniy, ilmiy, texnologiya va iqtisodiy yuksaklikka erishib, bemalol Markaziy Osiyoda integratsiya markaziga aylanishi mumkin. Mamlakatlar o‘rtasida integratsiyalashuv jarayoni haqida Prezident I.Karimovning quyidagi fikri diqqatga sazovordir «XXI asr shubhasiz , xalqaro munosabatlarda butun dunyo qamrab olinadigan asr bo‘ladi. Bunday sharoitda integratsiya jarayonini, xalqaro institutlar va tashkilotlarda suveren davlatlarning ishtirok etishini kengaytirish jarayonini faqat tarix taqozosi deb emas, balki ayrim mintaqalar ko‘lamida ham, shuningdek, umuman-butun sayyoramiz ko‘lamida ham sobitqadamlik, barqarorlikning qudratli omili deb hisoblamoq zarur. Biz jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuv haqida gapirganimizda, eng avvalo, Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida ishtirok etishimizni nazarda tutamiz»22.

Darhaqiqat davlatlar o‘rtasidagi integratsiya jarayonida BMTning o‘rni kattadir. CHunki ushbu tashkilot umumiy xavfsizlik muammosiga aloqador bo‘lgan asosiy tashkilotilardan biri bo‘lib, xavfsizlikni saqlash va ta’minlashga xizmat qiladigan-oldini olishga qaratilgan diplomatiyadan tortib to tinchlik o‘rnatishga qaratilgan operatsiyalarda qatnashishgacha bo‘lgan vositalarning hammasiga ushbu tashkilot egadir. O‘zbekiston BMT ga 1992 yil 2 martda a’zo bo‘lib kirdi. BMTning integratsiya sohasidagi imkoniyatlari g‘oyat ulkanligini va uning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari bu imkoniyatlarning tashkil etuvchilari hisoblanishini alohida ta’kidlash lozim. BMT doirasida jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvni BMTning ixtisoslashgan muassasalari –YUNESKO, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotlari, Xalqaro mehnat tashkilotlari, YUNISEF va boshqalar bilan keng hamkorlik qilish barcha tinchlikparvar davlatlar oldida turgan asosiy vazifadir. Bu jarayonda bizning mamlakatimz ham faol ishtirok etmoqda.

Jahon hamjamiyatidagi integratsilashuvning tarkibiy qismi davlatlarning turli mintaqaviy birlashmalari bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat ekanligini Prezidentimiz o‘z asarlarida bir necha marta ta’kidlab o‘tgan. O‘zbekiston mintaqaviy xalqaro tashkilotlar, chunonchi, Evropa Ittifoqi, EXHT, NATO, EKO, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda. Umuman g‘oyaviy – mafkuraviy geosiyosatda milliy va umuminsoniy qadriyatlar munosabati birlamchi ahamiyat kasb etadi. Biz bilamizki, Mustaqil O‘zbekistonning kuch-qudrati manbai – xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Biz o‘z millliy qadriyatlarimizni saqlagan holda umuminsoniy qadriyatlarni chuqur hurmat qilishga ham e’ibor qaratishimiz kerak. Masalan, milliy g‘urur, or-nomus, imon-e’tiqod, sabr-qanoat, mehnatsevarlik, mehr-muruvvat, oilani sevish, mahallani hurmat qilish kabi qadriyatlarimiz borki, bu qadriyatlar xalqimizning o‘ziga xosligini, ma’naviy etukligini aks ettiradi. SHu bilan birga bugun xalqimiz ijtimoriy-siyosiy hayotda integratsiyalashuv jarayoni orqali kirib kelayotgan umuminosniy qadriyatlar, jumladan, demokratiya, inson huquqlari, adolatli jamiyat barpo etish, fan-texnika yutuqlaridan unumli foydalanish kabi qadriyatlarga va boshqa xalqlarning milliy qadriyatlariga ham hurmat bilan qaramoqda. Bugun yurtimizda 100 dan ortiq millat va elatlarning madaniy-ma’rifiy markazi bo‘lgan Baynalmilal markazning faoliyat ko‘rsatayotganligi ham xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga chuqur hurmat bilan qarayotganligini bildiradi.

Adabiyotlar:


  1. Karimov I. A. Asarlari to‘plami 1- 23 jild. T.: O‘zbekiston, 2015

  2. Karimov I.A.YUksak ma’naviyat engilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2008.

  3. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: O‘zbekiston, 2001.

  4. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar T.:YAngi asr avlodi, 2001.

  5. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqacha izohli tajribaviy lug‘at).. T.:YAngi asr avlodi, 2002.

6.Ochildiev A. Milliy g‘oya va millatlararo munosabatlar.-T.: O‘zbekiston, 2004.
6. Mafkuraviy faoliyat - milliy g‘oyani

amalga oshirish vositasi.
REJA:

1. “Mafkuraviy faoliyat” tushunchasi, ularning mazmun –mohiyati hamda namoyon bo‘lish xususiyatlari

2. Bunyodkor g‘oyalarni amalga oshirishga qaratilgan mafkuraviy faoliyat tamoyillari:

3. Mafkuraviy faoliyatni amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari.

4. Milliy g‘oyani aholi ongiga singdirishning ustuvor vazifalari

5. Ommaviy axborot vositalarining mafkuraviy faoliyatdagi o‘rni.



Tayanch tushunchalar

Mafkuraviy faoliyat, mafkuraviy ta’sir,ijtimoiy fikrni o‘rganish, shaxsiy ibrat,mafkuraviy bosim.



Mafkuraviy faoliyat bu - muayyan g‘oyani amalga oshirish, uni ro‘yobga chiqarish, uni aholini ongi va qalbiga singdirish yoki bulardan teskari maqsadni ko‘zlaydigan shu sohadagi amallarni, inson ongidan u yoki bu g‘oyani chiqarib tashlash kabi hatti –harakatlar majmuini ifodalaydi. Har qanday mafkuraviy faoliyat insoniyatga xos bo‘lgan ijtimoiy faoliyatning bir qismi bo‘lganligi uchun ham bu boradagi barcha qoidalar, talablar unga ham umumiy xususiyat kasb etadi. Har qanday mafkuraviy faoliyat muayyan g‘oyani amalga oshirish yoki shu asosdagi amaliy jarayondir.Mafkuraviy faoliyatning o‘ziga xos xussusiyatlari:

1. Mafkuraviy faoliyatni muayyan g‘oya asosidagi maqsadga qaratilganligi.

2. Mafkuraviy faoliyatning maxsus rejalashtirilganligi va avvaldan maqsadning aniqligi.

3. Mafkuraviy faoliyat mezonlari va me’yorlariga so‘zsiz bo‘ysunish lozimligi.

4. Bu faoliyatning kimga va nima uchun qaratilganligi aniq belgilanganligi.

5.Faoliyat nitajalaridanfoydalanishmiqyosininganiqligi va xususiylashganligi kabilar bu boradagi asosiy jihatlarni anglatadi.

Har qanday mafkuraviy faoliyat biror kishining ongidagi muayyan g‘oyalarni boshqalarga etkazish. SHu odamlarning ongiga kirgan g‘oyalar ularni ham ularning safiga kiradigan qilishi zarur.

“Mafkuraviy munosabatlar” tushunchasi, uning mazmun –mohiyati va namoyon bo‘lish xususiyatlari. Milliy g‘oyaning ijtimoiy sub’ektlar orasidagi hamkorlik va hamjihatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati. Mafkuraviy faoliyat tizimi, uning elementlari. Mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usullari va yo‘llari. Mafkuraviy faoliyatni amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari. Ommaviy axborot vositalari, internet va boshqa axborot vositalarining mafkuraviy faoliyatdagi o‘rni.

Hozirgi davrdagi mafkuraviy faoliyatning dolzarb masalalari. Milliy g‘oyani aholi ongiga singdirish, YUrt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‘oyalarini amalga oshirishning ustivor vazifalari.

Mamlakatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish, komil insonni tarbiyalash, ijtimiy hamkorlik qonunlari va aniq tarixiy sharoitlardan kelib chiqqan holda mafkuraviy faoliyatning asosiy vazifalari, mustaqillik tafakkurini tarbiyalash yo‘llari belgilangan. Bu - xalqimizda milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish, axloqiy tarbiya, millatlararo totuvlik va vatanparvarlikni rag‘batlantirish, shaxsning har tomonlama uyg‘unlikdagi rivojlanishi va mafkuralar tahdidlarini bartaraf qilish demakdir.

Mafkuraviy faoliyatning rivojlanishi turli qatlam va tabaqalarning manfaatlarini umumiy g‘oya doirasida muvofiqlashtirish texnologiyasiga, intelektual asoslariga, shart sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.

Ilmiy asoslangan mafkura – maqsadlarga real tarzda erishishning maxsus nazariyasini, texnologiyasini, institutsional tuzilmasini shakllantiradi.

Uning vazifasi – nazariy xulosalarni, to‘plangan tajribalarni tizimlashtirish; muqobil mafkura yo‘nalishlarini amaliyotbilan muvofiqlashtirish; mafkuraviy tarbiyausullarini, vositalarini, mexanizmlarini yaratishdan iborat bo‘lib, umumiy maqsadi- insonning jamiyatni o‘zgartirish faoliyatini muayyan manfaatlarga bo‘ysundirishdan iborat bo‘lib, uning mazmuni shujamiyatning ijtimoiy siyosiy munosabatlari xarakteriga bog‘liqdir.

Mafkuraviy faoliyat dasturlarini milliy istiqlolning bosh g‘oyasiga asoslanib amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.

Mafkuraviy ishlar dasturi - jamiyatning mafkura sohasidagi faoliyati, xalqimizni milliy istiqlol hoyalari ruhida tarbiyalashning istiqbolli rejasidir. SHu orqali Ma’naviy mafkuraviy faoliyat jamiyat orasida milliy g‘oyani tarqatuvchi, odamlar miyasida saqlab turuvchi doimiy mexanizmga aylanadi. Bu ishda ma’naviyat va ma’rifat markazlari, davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari zimmasiga alohida mas’uliyat yuklanadi. Bunday uchrashuvlarda odamlar shuaziz vatan barchamizniki ekanini, uning taqdiri, kelajagi, ravnaqi uchun har bir fuqaro mas’ul ekanini his etishlari lozim.

Bugun milliy g‘oya va milliy mafkura asoslarini xalqimizga keng,atroflicha va ommabop qilib tushuntirishdabirgina OAVlari kuchiga tayanish kamlik qiladi. Endi xalq ichiga yurishvaqti keldi.Hammazamonlarda hm mafkura targ‘ibot- tashviыot yщlibilan kishilar ongiga singdirilgan.Buning uchun bevosita muloыotlar, suhbat, uchrashuv, bahs munozaralar, savol javoblar uyushtirilishikerak bo‘ladi.

Milliy g‘oya va mafkuralarning rivojlanish darajasi ijtimoiy munosabatlarni, muayyan mafaatlar doirasida, uyg‘unlashtirishdan iborat mafkuraviy faoliyatni (nazariy hamda amaliy jihatlardan) tashkil etish xarakteriga mos keladi. Zero, uning pirovard natijasida, jamiyat ijtimoiy—siyosiy munosabatlarining barqaror rivojlanishiga olib keladigan yangi progressiv g‘oyalarga asos bo‘lib, ularni amalga oshirishning muayyan shart—sharoitlarini, uslub va vositalarini ta’minlaydigan mafkurani taqozo qiladi. SHu nuqtai nazardan, ideologiyani jamiyatning g‘oyaviy—mafkuraviy munosabatlarini o‘rganuvchi fan sifatida — insonning muayyan ehtiyojlarini (umuminsoniyat manfaatlariga mos kelishidan qat’iy nazar) qondirish, maqsadlariga erishish yo‘li, deyish mumkin.

Jamiyat taraqqiyotining har qanday bosqichlarida «inson sifati»ni, jamiyat xarakterini belgilaydigan g‘oyaviy—mafkuraviy munosabatlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Boshqa ijtimoiy munosabatlarning yo‘nalishlari shu jarayonning xarakteriga mos kelgan. SHu jumladan, hozirgi davrda mafkuraviy jarayonlarning intensivlashib, universallashib va globallashib borishi bilan, «inson sifatlari»ni (jamiyat mazmunini belgilovchi ma’naviy—madaniy omillar tizimida) o‘rganishda ideologiyaning ahamiyati o‘zgacha xarakter kasb etmoqda.

Har qanday g‘oyaning konkret shakli, ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlaridan kelib chiqib, jamiyat va inson munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi omilga — mafkuraga aylanishi uchun ob’ektiv shart—sharoitlarni taqozo qiladi. SHuning uchun g‘oyalarni jamiyat borlig‘idan, uning tarixiy rivojlanish darajasidan ajratib tahlil qilish g‘aliz xulosalarga olib keladi. Ayniqsa, ayrim ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy g‘oyalar determinantligini, dominantligini mutlaqlashtiruvchi qarashlar ijtimoiy—iqtisodiy taraqqiyot manfaatlaridan ajratilgan mavhum, utopik xarakterga ega bo‘lgan. Binobarin, butungi kunga kelib, jamiyatdagi muqobil g‘oyalarning, umuman ijtimoiy—siyosiy va ma’naviy—madaniy jarayonlarga, xususan milliy taraqqiyotga ta’sir kanallarini, harakatlantiruvchi mexanizmlarini tahlil etish — jiddiy ilmiy tadqiqotlarning ob’ektiga aylanishi, hamda Ideologiyaning mustaqil fan sifatidagi maqomini belgilashi lozim.

Muayyan ijtimoiy—siyosiy muhitda milliy g‘oyani rivojlantirish uchun, doimiy ravishda, inson amaliy faoliyatining asosiy shakllarini umuminsoniyat manfaatlari asosida qayta tashkil etish zarur. Boshqacha aytganda, «inson—inson», «inson—jamiyat», «jamiyat—jamiyat» (ularning turli xususiyatlari va rivojlanish darajalari global miqyosda nazarda tutilmoqda) g‘oyaviymafkuraviy munosabatlarining ijtimoiy makon va tarixiy zamondagi uzluksiz rivojlanishi - inson omilini, ya’ni uning ma’naviy—madaniy faoliyatini takomillashtirib boradigan ideologiyani ilmiy—nazariy asosga qo‘yishni taqozo qilmoqda. O‘z navbatida, konkret madaniy muhitdagi, tarixiy sharoitdagi ijtimoiy—siyosiy faoliyatning tarkibiy qismi bo‘lgan g‘oyaviy—mafkuraviy munosabatlarning rivojlanish darajalarini umuminsoniyat barqaror rivojlanish manfaatlariga moslashtirishning qonuniyat tarzida namoyon bo‘lishi ham, bu zaruriyatni yanada kuchaytirmoqda.


Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə