Toshkent moliya instituti «buxgalteriya hisobi, iqtisodiytahlil va audit»


-chizma. Balansdagi o‘zgarishlarning turlari



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/25
tarix11.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#86537
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Korxona buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi

1-chizma. Balansdagi o‘zgarishlarning turlari

11

 

 

Balansli  o‘zgarishlar  turlarining  mohiyatini  aniqlash  balans  xususiyatlarini, 

ya’ni har qanday operatsiya uning, albatta, ikki moddasiga ta’sir etishini va hech 

qachon  aktiv  bilan  passiv  o‘rtasidagi  tenglikni  buzmasligini  tushunib  olishuchun 

zarurdir. Operatsiyalarning iqtisodiy mazmunini o‘rganishga ushbu guruhlashning 

hech qanday aloqasi yo‘q. 



1.t.o‘. 

2.t.o‘. 

3.t.o‘. 

4.t.o‘. 


20 

 

2.



 

Xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarda  buxgalteriya  balansining 

tasniflanishi va uning amaliyotda qo‘llanilishi 

Buxgalteriya  hisobida  balans  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  yillik  hisobot 

tarkibida unda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, chunki xalqaro andazalar talablariga 

yaqinlashdi  va  bozor  munosabatlariga  qaratildi.  Balansning  aktiv  va  passiv 

moddalarining mazmuni ichki hamda tashqi foydalanuvchilarga undan foydalanish 

imkoniyatini beradi. Ichki va tashqi qiziquvchilar uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt 

faoliyatining  moliyaviy  natijalari,  uning  moliyaviy  barqarorligi,  kreditor 

qarzlarining hajmi, bank kreditlari bo‘yicha qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur. 



Balans—

kоrxоna  mablag‘lari  va  qоplash  manbalarining  ma’lum  davrdagi 

hоlatini  ko‘rsatadi.  Hisоb-kitоb  ishlarini  xalqarо  an’anaviy  talablar  bo‘yicha 

yuritishga оz  bo‘lsada yaqinlashtirilishi  hamda  1997  yilda  jоriy  qilingan  va 

kоrxоnalar  tuzadigan  yangi  buxgalteriya  balansi  bоzоr  iqtisоdi  sari  qo‘yilgan 

dastlabki qadam bo‘lgan edi. Mazkur balans yillar davоmida amaliyotda qo‘llanildi 

va  uni  takоmillashtirish  va  xalqarо  standartlarga  yanada  mоslashtirish  zaruriyati 

tug‘ildi.  Shu  sababli  ham  2002  yilda  yangi  schyotlarga  asоslangan  mоliyaviy 

hisоbоt shakllari, jumladan, buxgalteriya balansi ham qabul qilindi. Bugungi kunda 

mazkur balans amalda keng qo‘llanilmоqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdan 140- 

sonli buyrug‘i bilan moliyaviy hisobotlarning yangi shakllari tasdiqlangan. Shunga 

ko‘ra buxgalteriya balansi 1-hisobot shakli hisoblanadi. (1-ilovaga qarang.) 

Balans  aktivida  mazkur  xo‘jalik  yurituvchi subyekt ixtiyoridagi mablag‘lar 

turi  va  ularning  ma’lum  davrda  aylanishidagi  joylanishi  keltiriladi.  Masalan, 

aktivning  birinchi  moddasida  dastlabki  qiymatda  berilgan  «Nomoddiy  aktivlar» 

xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyoridagi sezilarsiz aktivlarning qiymatini tavsiflaydi. 

Navbatdagi  «Amortizatsiya»  moddasi  nomoddiy  aktivlarning  dastlabki  qiymati 

qanchaga  kamayganini  ko‘rsatadi.  «Qoldiq  qiymat»  moddasi  nomoddiy 



21 

 

aktivlarning  amortizatsiya  summasini  ayirib  tashlangandan  keyingi  qolgan 



qiymatini aks ettiradi. 

«Asosiy vositalar» dastlabki qiymat  moddasida xo‘jalik yurituvchi subyekt 

ixtiyoridagi mehnat vositalarining qiymatini ko‘rsatadi. Shuningdek, qayta tiklash 

qiymati  -  eskirish  va  asosiy  vositalarning  qoldiq  qiymati  va  hokazolarni  aks 

ettiradi.  «Ishlab  chiqarish   zaxiralari»  moddasi xo‘jalik  yurituvchi  subyekt 

ixtiyoridagi «Хom-ashyo va materiallar», «Yordamchi materiallar», «Yoqilg‘i» va 

ombordagi boshqa ishlab chiqarish zaxiralarining qiymatini umumiy summada aks 

ettiradi.   «Тugallanmagan 

ishlab  chiqarish»    moddasi xo‘jalik   yurituvchi 

subyektning  har   xil  sexlarida  tayyorlanishi  hali  oxirigacha  yetkazilmagan 

buyumlarga  qilingan  sarflar  summalarini  aks  ettiradi.  «Тayyor  mahsulot» -  bu 

mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektda tayyorlangan va sotish uchun mo‘ljallangan 

buyumlardir.  «Kassa»  va  «Hisob-kitob  schyoti»  moddalarida  muayyan  davrda 

xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyoridagi pul mablag‘larining summasi ko‘rsatiladi. 

«Mol  yetkazib  beruvchilar  va  pudratchilarga  berilgan  bo‘naklao».  «Boshqa 

debitoolik  qarzlari»  va  hokazo  moddalarida  esa  boshqa  xo‘jalik  yuritish 

subyektlarning ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektga undan sotib olingan mahsulot 

uchun  («Хaridorlar»)  va  boshqa  operatsiyalar  bo‘yicha  («Boshqa  debitorlar») 

qarzlari aks ettiriladi. 

Ko‘rinib turibdiki, aktiv moddalari juda aniq bo‘lib, ularning mazmuni ko‘p 

tushuntirishlarni  talab  qilmaydi.  Passiv  moddalari  esa  boshqachadir.  Bu 

moddalardan  ba’zilarining  mohiyatini  ularning  qanday  maqsadga  tayinlanishiga 

qarab aniqlab olish doim ham oson bo‘lavermaydi. Passivdagi har bir moddaning 

mazmunini aniq ko‘z oldiga keltirish uchun passiv umuman nimani aks ettirishini 

yaxshi bilib olish lozim. Yuqorida aytilganidek, passiv aktivda ko‘rsatilgan xo‘jalik 

yurituvchi subyekt mablag‘larining manbaini aks ettiradi. 

Passivning  birinchi  moddasi  ustav  kapitalidir.  Uning  summasi  xo‘jalik 

yurituvchi  subyektning  yaratilish  paytida  shakllantirilgan  mablag‘lar  miqdoridan 

iborat.  Bunda  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning o‘z mablag‘larining 

umumiy 


summasi  ko‘rsatiladi  va   bu  manbadan  berilgan  mablag‘larning o‘zi  balans 


22 

 

aktivining moddalarida aniq gavdalantirilgan bo‘ladi. 



«Тaqsimlanmagan  foyda  (qoplanmagan  zarar)»  moddasida xo‘jalik 

yurituvchi  subyektning  faoliyat  ko‘rsatishi  boshidan  boshlab  hisobot  davrigacha 

bo‘lgan vaqt ichida jamg‘arilgan foyda summasini aks ettiradi. 

«Uzoq  muddatli  kreditlar»  moddasida xo‘jalik    yurituvchi  subyektning 

bankka  bo‘lgan  uzoq  muddatli  qarzi  aks  ettiriladi.  Bu  moddada  ko‘rsatilgan 

summa  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  tomonidan  olingan  uzoq  muddatli  bank 

kreditini aks ettirib, belgilangan davrda qaytarilishi kerak. Mazkur modda xo‘jalik 

yurituvchi  subyekt  ixtiyorida  hozircha  bo‘lgan  pul  mablag‘larining  miqdorini 

ko‘rsatadi,  deb o‘ylash  noto‘g‘ri  bo‘ladi,  chunki  bank  tomonidan  kredit 

ko‘rinishida  beriladigan  pul  mablag‘lari  odatda  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning 

hisob-kitob  schyotiga  yozib  qo‘yiladi  yoki  mol  yetkazib  beruvchilardan  bo‘lgan 

qarzni uzish uchun o‘tkaziladi. Demak, bu mablag‘ balansning boshqa moddalarida 

aks ettiriladi. 

«Kreditorlar»  moddasining  «Mol  yetkazib  beruvchilar  va  pudratchilar» 

qatorida  keltirilgan  summa  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  mol  yetkazib 

beruvchilardan sotib-olingan har xil moddiy boyliklari uchun qarzini ko‘rsatadi. 

«Mehnatga  haq  to‘lash  bo‘yicha  qarzlar»  moddasida  xo‘jalik  yurituvchi 

subyektning ishchilar va xizmatchilariga hisoblangan ish haqiga doir  majburiyatlari 

aks  ettiriladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  bu  modda  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt 

tomonidan  ishchi  va  xizmatchilarning  bajargan  ishlari  uchun  to‘lanishi  kerak 

bo‘lgan ish xaqi summasi qancha ekanligini ko‘rsatadi. 

«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» moddasi xo‘jalik yurituvchi subyektning 

budjet oldidagi undan undiriladigan har xil soliqpar va ajratmalarni to‘lash bo‘yicha 

majburiyatlarining  summasini,  ya’ni  moliya  tashkilotlariga  bo‘lgan  qarzning 

miqdorini  aks  ettiradi.  Тo‘lanishi  lozim  bo‘lgan  summa  aniqlanganidan  keyin, 

xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  o‘z  balansining  passivida  shu  modda  bo‘yicha  uning 

summasini ko‘rsatadi. 



23 

 

Buxgalteriya balansi quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflanadi: 



Тuzish  vaqtiga  ko‘ra:  kirish  balansi,  joriy (davriy)  balans,  tugatish  balansi,  bo‘lish 

balansi, birlashtirish balansi. 

Kirish  balansi-korxonaning  tashkil  topish  paytida  tuziladi.  U  korxona  o‘z 

faoliyatini  boshlayotgan  boyliklar  summasini  belgilaydi.  Kirish  balansida  ustav 

kapitali ta’sis hujjatlari bo‘yicha va unga doir badallar pul mablag‘lari, boshqa mol-

mulk  ko‘rinishidan,  aqliy  mulk  nomoddiy  aktivlar  ko‘rinishida  aks  ettiriladi  va 

hokazo. 

Joriy  balanslar-korxona  qonunchilik  bilan  belgilangan  muddatda  mavjud 

bo‘lgan vaqt mobaynida vaqti-vaqti bilan tuzilib turiladi. 

Bo‘lish balanslari yirik korxonaning bir necha mayda korxonalarga bo‘linish 

vaqtiga  yoki  shu  korxonaning  bir  yoxud  bir  necha  tarkibiy  bo‘linmasini  boshqa 

korxonaga berish vaqtiga tuziladi. Ba’zi hollarda bu balans berish balansi ham deb 

yuritiladi. 

Birlashtirish  balansi  bir  necha  korxonalar  bitta  balansga  birlashganida 

tuziladi. 

Tugatish  balansi-korxona  faoliyatini  tugatish  sanasida  mol-mulk  va  uning 

manbalari  holatini  tavsiflash  uchun  tuziladi.  Tugatish  balansi  asosida  tugatish 

komissiyasi  korxonaning  tugatilish  paytidagi  kreditorlik  va  debitorlik  qarzlari 

summasini belgilaydi, so‘ngra kreditorlar bilan hisob-kitob qiladi, keyin korxonani 

tashkil  etish  chog‘ida  muassislar  tomonidan  ustav  kapitaliga  kiritilgan  badallarni 

qaytaradi.  So‘ngra  korxona  mol-mulkining  qolganini  uning  muassislari  o‘rtasida 

taqsimlaydi, ya’ni barcha uzil-kesil hisob-kitoblarni amalga oshiradi. 

Tugatish  balansida  xo‘jalik  sub’ektining  aktivlari  tugatish  komissiyasi 

bahosida, ya’ni ular sotilishi mumkin bo‘lgan bahoda aks ettiriladi. Olinishi umidsiz 

qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi. 

Тuzish  manbalariga ko‘ra:  inventar  balanslari.  Faqat  inventar  vositalari asosida 

tuziladi ular qisqartirilgan variantda hisoblanadi. Bunday balanslar mavjud mulk

 

asosida  yangi  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  vujudga  kelganda  yoki 



xo‘jaliklar o‘z shaklini o‘zgartirganda talab qilinadi


24 

 

daftar  balansi  -  inventarizatsiya  o‘tkazish  yo‘li  bilan  oldindan 



tekshirilmasdan faqat daftarlardagi yozuvlar asosida tuziladi

bosh balans - hisob va inventarizatsiya ma’lumotlariga asosan tuziladi. 

Axborot hajmiga ko‘ra: yakka (bir martalik) va yig‘ma balanslarga bo‘linadi. Yakka 

(bir  martalik)  balans  -  faqat  bir  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  bo‘yicha  joriy  hisob 

asosida tuziladi; yig‘ma balans bir martalik balanslar asosida tuziladi va birlashmalar 

(vazirliklar,  firmalar,  aksiyadorlik  jamiyatlari  va  shu  kabilar)ning  xo‘jalik 

mablag‘larini  aks  ettiradi.  U  barcha  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  mablag‘larining 

umumiy holatini aks ettiruvchi summalarni mexanik qo‘shish yo‘li bilan tuziladi. 

Faoliyat  xarakteri  bo‘yicha:  asosiy  balans  -  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  asosiy 

faoliyat turi va ustaviga to‘g‘ri keladigan balans; 

asosiy  bo‘lmagan  balans  -  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  boshqa  faoliyat 

turlari  bo‘yicha tuziladigan balans. 

Mulkchilik shakliga ko‘ra: davlat, kooperativ, o‘z, aralash va qo‘shma korxonalar, 

shuningdek, jamoat tashkilotlari balanslari farq qiladi, 

Aks ettirish ob’ektiga ko‘ra: balanslar mustaqil va alohida balansga ajratiladi. 

Mustaqil balansni yuridik shaxs bo‘lgan korxonalar tuzadi. 

Alohida  balansni  korxonaning  tarkibiy  bo‘linmalari  (filiallar,  sexlar, 

korxonaning avtotransport va turar-joy hamda kommunal xo‘jaliklari) tuzadi. 

i.

 

Тozalanish usuli bo‘yicha: brutto-balans va netto-balanslarga bo‘linadi. . 



“Bruttо” atamasi italyancha «brutto» so‘zidan оlingan bo‘lib, u dag‘al, tоza 

emas  degani,  «netto»  atamasining  ma’nоsi  tоza  demakdir.  Sоbiq  ittifоq  davrida 

ham balans-bruttо,  balans-nettо keng  fоydalanilgan.  Bruttо-balans  1938  yilgacha 

bo‘lgan,  1938-1952  yillarda  nettо-balansga o‘tilgan,  1952-1992  yillarda  yana 

bruttо-balansga qaytilgan, 1993 yildan bоshlab esa yana nettо-balansga o‘tildi. 

Brutto-balans –  tartibga  soluvchi  moddalarni o‘z  ichiga  oluvchi  balansdir. 

Vositalarning  haqiqiy  qiymatini  (tannarxi  yoki  qoldiq  qiymatini)  aniqlashda 

summalar  boshqa  moddalar  summalaridan  chegiriladigan  moddalar  tartibga 




25 

 

soluvchi  moddalar  deyiladi.  Masalan,  «Asosiy  vositalar»  summasidan  «Asosiy 



vositalarning  eskirishi»  tartibga  soluvchi  modda  summasi  chegiriladi.  Brutto- 

balansda  ana  shu  tartibga  soluvchi  moddalar  summasi  balans  yakuniy  qiymatiga 

kiritiladi. 

Netto-balans – qiymatidan tartibga soluvchi moddalar summasi chegirilgan 

balans. O‘zbekistondagi  barcha  korxonalar  netto-balans  tuzadi,  ya’ni  balans 

yakuniga  asosiy  vositalar,  nomoddiy  aktivlar  qoldiq  qiymatda,  qayta  sotiladigan 

tovarlar esa tannarxi bo‘yicha kiritiladi. 

Balansga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardir: 

-

 

balansning to‘g‘riligi; 



-

 

balansning realligi; 



-

 

balansning yaxlitligi; 



-

 

balansning izchilligi; 



-

 

balansning tushunarliligi, 



Balansning to‘g‘riligi - balansni tuzishda asoslanilgan hujjatlarning to‘laligi 

va  sifati  bilan  ta’minlanadi.  Agar  hisobot  davrida  xo‘jalik  faoliyatining  barcha 

muomalalari o‘z  vaqtida     hujjatli  rasmiylashtirilmagan    yoki  noto‘g‘ri 

rasmiylashtirilgan  bo‘lsa,  unda  balans  korxona  ishining  haqiqiy  yakunini  aks 

ettirmaydi.  Buxgalteriya  balansining  har  bir  moddasi  hujjatlar,  buxgalteriya 

schyotlaridagi  yozuvlar,  buxgalteriya    hisob-kitoblari  va   inventarlash  bilan 

tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Buxgalteriya balansi ma’lumotlarini qasddan buzish – 

niqoblash  deyiladi.  Balansni  niqoblash  qoida  buzilishlarini  yashirish  maqsadida 

atayin  va  balansni  tuzish  bo‘yicha   ayrim  qoidalardan  bexabarlik  oqibatida 

bilmasdan qilingan bo‘lishi kerak. 

Balansning  realligi  -  moddalar  bahosining  ob’ektiv  voqelikka  muvofiq 

kelishini anglatadi. Balansning «to‘g‘riligi» va «realligi» tushunchalarini bir-biriga 

aralashtirmaslik kerak. Balans to‘g‘ri, ammo noreal bo‘lishi mumkin, ya’ni balans 

ma’lumotlari  hujjatlar  asosida  tuzilgan  bo‘ladi  va  haqiqiy  mavjud  mablag‘larni 

ko‘rsatadi, ammo uning ayrim moddalari real holatni, masalan, asosiy vositalar – 



26 

 

ma’naviy eskirganligi, debitorlik qarzini talab qilib olib bo‘lmasligi va shu kabilarni 



ko‘rsatmaydi. 

Balansning yaxlitligi - balansni yagona hisobga olish va baholash tamoyillari 

bo‘yicha  tuzilishini,  ya’ni  korxonaning  barcha  tarkibiy  bo‘linmalarida  va 

tarmoqlarida  buxgalteriya  hisobi  schyotlarining  bir  xildagi  mazmuni,  ularning 

korrespondensiyasi va shu kabilar qo‘llanilishini anglatadi. 

Moliyaviy  hisobotning  barcha  shakllari  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi huzuridagi Buxgalteriya hisobi va hisoboti uslubiyati va ularni tashkil etish 

boshqarmasi  ishlab  chiqqan  «Korxonalar  choraklik  va  yillik  moliyaviy  hisobot 

shakllarini to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar» asosida tuziladi. 

Balansning izchilligi  - har bir keyingi balans oldingi balansdan kelib chiqishi 

lozimligida ifodalanadi. Masalan, oldingi yil yakuniy balansi (yil oxiriga bo‘lgan 

ma’lumotlar) boshlang‘ich balansi bo‘lishi kerak, chunki hisobot yili oldingi yilning 

davomi hisoblanadi. 

Balansning  tushunarliligi –  uning  balansni  tuzuvchilar  va  uni o‘qiydigan 

hamda tahlil qiladiganlar tushunishi uchun qulayligidir. Balansni aniq va tushunarli 

qilish uchun moddalar rekvizitlari va nomlari ikki tilda (o‘zbek va rus tilida) bayon 

qilingan, uning shakli ancha soddalashtirilgan. 

Shuningdek, buxgalteriya balansi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: 

-

 

korxona egalik qiladigan vositalarni aks ettiruvchi aktivlar; 



-

 

korxona tasarrufidagi o‘z sarmoyasi; 



-

 

keyinchalik belgilanishi bo‘yicha qaytarilishi lozim bo‘lgan aktivlarni sotib 



olish, hosil qilish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlar.

12

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

12

 24. Olimov Q.T. “Pedagogik texnologiyalar”.-T.:“FAN VA TEXNOLOGIYA”. 2011. 98-b. 




27 

 


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə