Toshkent moliya instituti


Bank asosiy vositalarining hisobi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə3/3
tarix13.02.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#100754
1   2   3
nazorat ishi

Bank asosiy vositalarining hisobi.

Banklar o'z faoliyatini amalga oshirish uchun turli vositalar. kambaholi va tez buyumlar, ijaraga olingan jihozlar va boshqa buyumlar va boshqalardan foydalanadi. Ular bank balansining hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi. Asosiy vositab.r - bank faoliyatida bank xizmatlarini jarayonida, va bir yildan vaqt mobaynida foydalanish ko'zda tutilgan moddiy aktivlardir. Banklar uchun asosiy vositalar eng muhim moddiy asos bo‘lib, ularning faoliyati bevosita ularga bog‘liq bo‘ladi. Chunki bank faoliyatini amalga oshirishda bank binosi va boshqa asosiy vositalarini shakllantirgandan so‘nggina ish boshlaydilar.


Shu boisdan, banklarda asosiy vositalardan foydalanish va ularning budligini ta’minlash hamda asosiy vositalarining harakatini buxgalteriya hisobi orqali nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun Banklarda foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalarning turkumlanishi, qayta baholanishi va ularning buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu o‘z navbatida, asosiy vositalar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot va tushunchaga ega bo‘lishni talab qiladi.
Asosiy vositalar deb, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasida foydalanadigan, shuningdek, uzoq muddatli ijaraga beriladigan va uzoq muddat davomida (bir yildan ortiq) xizmat qiladigan vositalarga aytiladi.
AVni hisobga olishda buxgalteriya hisobining oldiga qo‘ygan asosiy vazifalari quyidagilardan:

  • asosiy vositalarni kirim qilish, ichki harakati va ularni hisobdan chiqarish vaqtida tegishli hujjatlarga asosan rasmiylashtirish hamda hisob registrlarida aks ettirish;

  • asosiy vositalarga eskirish hisoblashda amortizatsiya hisoblashning samarali bo‘lgan usullaridan foydalanish va buxgalteriya hisobi registrlarida o‘z vaqtida to‘g‘ri rasmiylashtirish;

  • asosiy vositalarning turli xil chiqib ketishi bo‘yicha moliyaviy natijalar to‘g‘ri aniqlash;

  • asosiy vositalar bo‘yicha mulk solig‘i to‘lovlari miqdorini to‘g‘ri hisoblash va ularni belgilangan muddatlarda soliq idorlariga o‘tkazib berish;

  • asosiy vositalarni taʼmirlash xarajatlari va ularni qoplash manbalarini belgilash hamda ulardan samarali foydalanishni nazorat qilish;

  • asosiy vositalarning naqliligi va ularning harakati to‘g‘risidagi statistik hamda buxgaleriya hisobida talab qilingan maʼlumotlarni olish imkoniyatini yaratish va x.k.

Banklarda AV quyidagi manbalar hisobidan kirim qilinadi:
- sotib olish yo‘li bilan;
- ob’ektlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish yo‘li bilan;
- qaytarib bermaslik sharti yoki subsidiya shaklida;
- shartnoma asosida moliyaviy ijaraga (lizing) olish yo‘li;
- bankning o‘zida hisobga olinmagan asosiy vositalarning kirim qilish yo‘li bilan shakllanadi.
AVning harakati schetlar rejasi quyidagi birinchi (ikkinchi) tartibli schetlarda hisobga olinadi:
16500- «Asosiy vositalar» scheti,
16511- Binolar va boshqa imoratlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
56600-«Eskirish xarajatlari» scheti,
45900- «Boshqa foizsiz daromadlar»,
30908 - “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” scheti,
45909 - “Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda” scheti
55902 - “Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar” schetlaridir.
YUqorida keltirilgan schetlar bo‘yicha asosiy vositalarning hisobi bosh va yordamchi kitoblarida, katochkalarda, shuningdek, jurnallarda yuritiladi. Barcha asosiy vositalar balansda dastlabki qiymat bo‘yicha, ya’ni, uni sotib olish yoki qurish xarajatlari milliy valyutada hisobga olinib, ularni keltirish va o‘rnatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar ham shu qiymatga qo‘shiladi.
Banklarda AVga amortizatsiya ajratmalari bank xarajatlariga o‘tkaziladi, Dt 56600-Eskirish xarajatlari, Kt 16511- Binolar va boshqa imoratlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) Banklarda av quyidagi holatlarda hisobdan chiqarilishi mumkin:
- to‘liq jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirganda: - sotilganda: - qaytarib bermaslik sharti bilan berilganda: - fors-major hollarda: - kamomad va yo‘qotishlar aniqlanganda:
1. Aktivlardan foydalanish to‘g‘risida bank rahbariyati qaroriga ko‘ra, uni hisobdan chiqarish jarayonida hech qanday iqtisodiy foyda bermaganda.
a) bank binolari bo‘lsa, Dt 16511-Binolar va boshqa imoratlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv), Kt 16509- Bankning imoratlari - Binolar va boshqa qurilgan imoratlar .
b) 30908 -schetidagi mazkur AV ob’ektiga tegishli bo‘lgan qoldiq summasiga, Dt 30908- Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi, Kt 31203- Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv).
2. Agar, bankning transport vositasi sotilganda, sotib oluvchi asosiy vositani to‘liq rasmiylashtirgandan so‘ng, uning qiymatiga, Dt 19909- Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar hisobvarag‘i, Kt 16529- Transport vositalari.
3. Agar, bank tomonidan sotilayotgan AVga xaridor tomonidan oldindan to‘lov amalga oshirilsa,
a) aktivning sotish summasiga, Dt 16103- Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar, Kt 29802- Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar.
b) bank tomonidan sotilayotgan transport vositasining sotish qiymati uning qoldiq qiymatidan yuqori bo‘lsa, u holda, Dt 29802- Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar - sof tushum summasi, Dt 45909- Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan foyda - farq summasi, Kt 16529- Transport vositalari - qoldiq qiymati.
v) agar, bank tomonidan sotilayotgan transport vositasining sotish qiymati uning qoldiq qiymatidan past bo‘lganda esa, u holda, Dt 29802- Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar - sof tushum summasi, Dt 55902- Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar –farq summasi, Kt 16529- Transport vositalari - qoldiq qiymati.



1 Ўзбекистон Республикаси банкларида очиладиган банк ҳисобварақлари тўғрисида йўриқнома. ЎзР АВ 27.04.2009 йилда 1948-сон (АВ рўйхат рақами 1948-13-сон, 10.10.2017 й.) билан рўйхатга олинган.

2 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 12.09.2017 йилдаги “Республика банк тизимини янада ривожлантириш ва барқарорлигини ошириш бўйича чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори

3 Ўзбекистон Республикаси банкларида очиладиган банк ҳисобварақлари тўғрисида йўриқнома. ЎзР АВда 27.04.2009 йилда 1948-сон (АВ рўйхат рақами 1948-13-сон, 10.10.2017 й.) билан рўйхатга олинган

4Ўзбекистон Республикаси банкларида депозит операцияларини амалга ошириш тартиби тўғрисидаги йўриқнома. ЎзР АВда 26.08.2015 йилда 2711-сон билан рўйхатга олинган.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə