Toshkent moliya instituti


Moliya bozoring iqtisodiy mohiyati, ahamiyatli jihatlari va ularning tasnifi



Yüklə 441,17 Kb.
səhifə2/11
tarix07.06.2022
ölçüsü441,17 Kb.
#88961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Режа-5(1)

1. Moliya bozoring iqtisodiy mohiyati, ahamiyatli jihatlari va ularning tasnifi
Zamonaviy iqtisodiyotda biznes samaradorligini (rentabelligini)
oshirish asosiy masala hisoblanadi. Bir tomondan, arzon resurslar (kapital) jalb qilish va boshqa tomondan – ularni samarali joylashtirish (investitsiyalash) rentabellikni oshirishning eng muhim omillaridan biridir. Moliya bozori ushbu funksiyani bajarishga imkon beradigan mexanizm bo‘lib, ishlab chiqarish hajmi va tarkibiy tuzilishiga ta’sir etadi, iqtisodiyotni ziyon ko‘rib ishlayotgan, raqobatbardosh bo‘lmagan korxonalardan xalos etadi, iste’molchini oqilona iste’mol savatchasini tanlashga majbur qiladi, texnologik innovatsiyalarni ilgari suradi, iqtisodiy taraqqiyotning tezlashuvini ta’minlaydi, investitsiya loyihalarini samarali tanlab oladi va h.k.
Moliya bozori mexanizmi orqali moliyaviy resurslar kiritishning engsamarali sohalari aniqlanadi. Moliya bozorida pul o‘ziga xos tovar sifatida ishtirok etadi va bu sifatda quyidagi bozorlarda, xususan, kredit bozori, moliya bozori, fond (qimmatli qog‘ozlar) bozori, valyuta bozori, pul bozori, sug‘urta va pensiya jamg‘armalari bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori, hosilaviy moliyaviy vositalar bozori va boshqalarda muomalada bo‘ladi.
Moliya bozorlari tarkibi hozirgacha mutaxassislar munozaralarining mavzusi hisoblanadi. Rossiya moliya bozorining yetakchi tadqiqotchilaridan biri Ya.M. Mirkin moliya bozoriga quyidagicha ta’rif beradi2
Moliya bozori (financial market) – moliya bozorida tovar hisoblangan
moliyaviy mahsulotlar shaklida birlashtirilgan moliyaviy xizmatlar taqdim etish va moliyaviy vositalardan foydalanish asosida moliyaviy vositachilar orqali vaqtinchalik bo‘sh pul resurslari taqdim etish ro‘y beradigan joydir”.
Moliya bozorining iqtisodiyotdagi roli juda katta, uningsiz, bir tomondan, yirik kapital jamg‘arishning, boshqa tomondan esa – yirik loyihalarga investitsiya kiritishning imkoni yo‘q. Ko‘p sonli sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi raqobat mexanizmlari orqali bozorda moliyaviy aktivlarga umumiy narx shakllanadi va axborot shaffofligiga erishiladi.
Ixtisoslashgan vositachi strukturalarda katta hajmdagi operatsiyalar tufayli pul va boshqa moliyaviy aktivlarning muomala xarajatlari pasayishi, risklar sug‘urtasi ro‘y beradi va savdo qilinadigan vositalar likvidligi ta’minlanadi. Moliya bozorining roli uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Moliya bozorining asosiy funksiyasi ular uchun pul mablag‘lari hozirda bo‘sh bo‘lib turgan qatnashchilardan moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezib turgan qatnashchilarga mablag‘lar oqimini ta’minlashdan iborat.
Masalan, 1997 yil iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Robert Merton moliya bozorining quyidagi funksiyalarini ko‘rsatib o‘tgan:
– iqtisodiy resurslarni (kapitalni) vaqtinchalik, tarmoqlararo va mamlakatlararo qayta taqsimlash funksiyasi;
– korxonada ulushlar ajratish va resurslarni birlashtirish (kapitalni markazlashtirish) funksiyasi;
– to‘lov-hisob-kitob funksiyasi;
– risklarni boshqarish funksiyasi;
– axborot funksiyasi (narxlar haqida axborot taqdim etish);
– axborot asimmetriyasi bilan bog‘liq muammolarni yumshatish yoki bartaraf qilish.


3

Yüklə 441,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə