Toshkent viloyat chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 293,5 Kb.
səhifə9/11
tarix23.05.2022
ölçüsü293,5 Kb.
#87790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
zuhra nazarya

2.3. Baxning klavir ijodi.
“Yaxshi temperatsiya qilingan k l a v i r I.S. Baxning prelyudiya va fugalardan tashkil topgan “Yaxshi temperatsiyali klavir” deb nom qozongan turkum musiqasi - ijrochilik san’atining eng yuksak natijasi deb bejiz aytishmaydi. Uni yaratilishi jarayonida Bax o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ygan - klavirda chaluvchilami barcha 24 major va minor tonalliklar bilan tanishtirish (o‘sha davrda ko‘p belgili tonalliklar musiqa amaliyotida deyarli ishlatilmagan). Bax musiqa cholg‘ularini yangi temperatsiyaga moslanishi qulayligini, qadimda o‘rin olgan tabiiy tuzilmadan afzalligini ko‘rsatishga harakat qiladi. Baxdan avval temperatsiya g‘oyasini boshqa san’atkorlar ham qoilaganlar, masalan, Paxelbel, Matteson, biroq Baxning bu masalani ijodiy va badiiy yechimi o‘zining ko'zlagan maqsadi va ilhomi darajasi bo‘yicha o‘zgacha boidi. Birinchi jildning yaratilishi 1722-yillarga, ikkinchisi 1744- yillarga to‘g‘ri keladi, ular turli yillarda yozib olingan asarlardan iborat. Har bir prelyudiya va fuga juftlik sifatida yuqoriga harakatlangan xromatik gamma bo‘yicha joylashgan. Har bir tonallik o‘zining kayfiyati va mazmunini ko‘rsatishga qaratiladi. Masalan, D-dur prelyudiya va fugasi energik kuch va dabdabadorlik, c-moll keskin dramatizm va patetika, h-moll qayg‘uli iztirobli kechinmalar bilan bogiiq bo‘lsa, es-moll va b-moll qayg‘u-alam, E-dur va Fis-dur tabiatning nozik timsollari bilan gavdalanadi, B-dur tonalligi “chaqaloq va farishtalar” singari toza va nafosatlidir. Baxning organ ijodi kabi, “YaTK” turg‘un polifonik turkum namunasi bo‘lib, qismlari bir-biriga solishtiriladi: prelyudiyaning erkin badihaligi fuganing qat’iy rivojlov tamoyillariga. Baxning mazkur juftliklarining prelyudiyalari kompozitsion va timsoliy doirasi bo‘yicha rang-barang. Ular orasida organ tokkatasi kabi (smoU, Es-dur), skripka improvizatsiyalari (D-dur), xalq-janr raqslari (As-dur), ariyalar (es-moll, cis-moll, f-moll, g-moll), pastorallar (Edur), trio singari ikki ovoz “basso continuo” uchun namunalar uchraydi (h-moll). Ko‘plab prelyudiyalar invensiyalami eslatadi - ikki ovozli (Cis-dur, F-dur, a-moll, fis-moll) va uch ovozli (E-dur, gis-moll, A-dur, H-dur).
Shakl bo‘yicha prelyudiyalar ikki guruhga ajratiladi: - I - erkin rivojlangan “sokin yoyilgan” fakturali asarlar (masalan, prelyudiya C-dur, c-moll, D-dur), ularga badihalik xos boiib, aynan yakuniy qismlarda yorqin ifodasini topadi (erkin passajlar, tembr o‘zgarishi, rechitativlar - sokin badihalikda m aium burilish yasaydi). -II - qadimgi ikki qismlik shakliga bo'ysungan shakllari (masalan, prelyudiya es-moll, g-moll). Fugalar ham Baxning katta ijodiy fantaziyasidan darak beradi. Har biri o'zining qiyofasiga ega boiib, bu qiyofa o‘ziga xos mavzu, xarakteri, rivojlanish tamoyili, ovozlar soni va ulami o‘zaro aloqadorligi bilan belgilanadi. Ayrim fugalar “stretto’ii. mavzularga boyiigi bilan tavsiflanadi (C-dur, cis-moll, d-moll, es-moll, g-moll, b-moll), ayrimlarda esa “stretto”lar umuman o‘rin olmagan (c-moll, 83 www.ziyouz.com kutubxonasi D-dur, B-dur, h-moll). Ba’zi fugalarda intermediyalami ahamiyati nihoyatda katta (c-moll, D-dur), boshqalarda esa ular yo‘q (C-dur). Polifoniyaning murakkablik darajasi Bax turkumida fugalami ovozlar soniga bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, b-moll fugasi besh ovozli bo‘lsa-da, unchalik murakkab emas, biroq uch ovozli es-moll fugasida o‘ta murakkab mahoratni talab etuvchi polifonik usullar joy oigan. “YaTK” prelyudiya va fugalarni mazmunini ochishda protestant xorallar va ramziy timsollami ahamiyati muhirn. Shu bois, Baxning zamondoshlari uning musiqasining aniq til ma’nosini tushunib olishgan. Ko‘plab musiqachilar (A. Shveytser, B. Yavorskiy, M. Yudina) uning ichida pinhona aks etilgan bibliya voqealari, ramziy ma’nolarni borligini namoyon qiladilar.

Yüklə 293,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə