III.Xulosa
Shavkat Mirziyoyev Prezident lavozimidagi faoliyatining ilk kunlaridanoq
Markaziy Osiyoni yagona mintaqa sifatida rivojlantirishning ahamiyati va
dolzarbligini e‟tiborga olgan holda, faol mintaqaviy siyosat yuritish, Markaziy
Osiyoda qulay siyosiy muhit yaratish, mintaqadagi mamlakatlar bilan barcha
yo„nalishlarda, jumladan, O„zbekiston tashqi siyosatining ustuvor tarmoqlaridan
bo„lgan transport sohasi bo„yicha konstruktiv vao„zaro manfaatli munosabatlarni
yo„lga qo„yish kabi vazifalarni belgilab bergan edi.
Mamlakatimizda transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish vatranzit yuk
tashish hajmini oshirish masalalariga alohida e‟tibor qaratilmoqda.
Hozirgi kunda O„zbekistonda 2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va
yo„l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi
amalga oshirilmoqda. Dastur milliy transport tarmog„ini rivojlantirish sohasida
xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan yaxlit kompleks strategiyani
ishlab chiqish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini hududiy va
jahon bozoriga olib chiqishni hisobga olgan holda ushbu strategiyani xalqaro
transport tizimiga keng integratsiyalashni ta‟minlashni ko„zda tutadi.
Ta‟kidlash
joizki,
bugungi
kunda
mamlakatimizda
transport-
tranzitsalohiyatiniyanada rivojlantirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Transport tizimining o„tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, O„zbekiston hududidan
o„tish uchun mavjud to„siqlarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda, bu esa
Markaziy Osiyoda xalqaro transport yo„laklarini rivojlantirishda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Mintaqani rivojlantirishga qaratilgan muhim loyihalarni amalga oshirish
maqsadida o„tgan yil noyabr “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak,
barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo„lidagi hamkorlik” mavzuida xalqaro
konferensiya o„tkazildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu tadbirdagi nutqida
hozirgi kunda mintaqaviy hamkorlikni barcha muhim sohalar bo„yicha
rivojlantirish tendensiyalari haqida so„zladi va Markaziy Osiyo bo„yicha qator
tashabbuslarni ilgari surdi. Davlatimiz rahbarining asosiy tashabbuslaridan biri –
44
Markaziy Osiyo bo„yicha BMT rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi xalqaro
hamjamiyat tomonidan keng qo„llab-quvvatlandi, joriy yil iyun oyida BMT Bosh
Assambleyasi “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlikk va barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta‟minlash bo„yicha mintaqaviy va xalqaro
hamkorlik” rezolyutsiyasini qabul qildi. Rezolyutsiyada transport infratuzilmasi va
tranzit yo„laklarini rivojlantirish, yangi avtomobil va temir yo„llar, aviaqatnovlarni
ochish orqali barcha transport turlarining o„zaro hamkorligini kuchaytirishga
alohida e‟tibor qaratilgan.
Yirik xalqaro bozorlarni o„zaro birlashtiruvchi eng qisqa yo„nalishlar mintaqamiz
orqali o„tadi. Hududimizning transport-tranzit salohiyati uning tarixan Sharq va
G„arb, Shimol va Janub o„rtasida ko„prik vazifasini o„tagan Buyuk ipak yo„lining
markazidagi geostrategik joylashuvi bilan belgilanadi. Prezident Shavkat
Mirziyoyev joriy yil mart oyidaOstona shahrida bo„lib o„tgan Markaziy Osiyo
davlat
rahbarlarining
maslahat
uchrashuvidagi
nutqida
mintaqani
yirikdengizportlari va dunyo bozorlari bilan bog„lash imkonini beradigan
transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish ustuvorvazifa ekanini
ta‟kidladi.
Markaziy Osiyoda mavjud transport yo„laklarini takomillashtirish va yangilarini
shakllantirish dolzarbligini e‟tirof etgan holda, davlatimiz rahbari Samarqandda
bo„lib o„tgan tadbirda Toshkentshahrida transport yo„laklari bo„yicha xalqaro
konferensiyani tashkil etishtashabbusi bilan chiqdi.
Bo„lajak konferensiyada mintaqamiz transport-tranzit salohiyatini rivojlantirish,
uni xalqarotransport xabiga aylantirish, Markaziy Osiyo orqali o„tadigan xalqaro
transportyo„laklariningtranzitsalohiyatidansamarali foydalanish bo„yichatakliflar
ishlab chiqish kutilmoqda.
– Konfereniyada, birinchidan, barcha Markaziy Osiyo mamlakatlarini qiziqtirgan,
ikkinchidan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va yangi loyihalarni amalga oshirish
maqsadida xalqaro tashkilotlar, eng avvalo, xalqaro moliyaviy tuzilmalar bilan
hamkorlikka qaratilgan, uchinchidan, Markaziy Osiyo mamlakatlarining transport-
45
tranzit salohiyatini yanada takomillashtirish bo„yicha qo„shma sa‟y-harakatlarni
ishlab chiqishga yo„naltirilgan masalalar muhokama qilinadi.
Markaziy Osiyoda qo„shimcha yuk tashish oqimlarini jalb etish imkonini
beradigan yangi transport va tranzit yo„laklarini shakllantirish, transport va
logistika sohasida kadrlar tayyorlash bo„yicha xorijiy tajribani o„rganib, xalqaro
logistika markazlari tarmog„ini yaratish, mintaqa transport-logistika salohiyatini
rivojlantirish uchun xorijiy mamlakatlarning portlaridan samarali foydalanish
uslublarini shakllantirish, Markaziy Osiyoda Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo,
Yevropa, Yaqin va O„rta Sharq mamlakatlarini birlashtiruvchi muhim tranzit yo„l
bo„lib xizmat qiladigan yagona integratsiyalashgan xabni yaratish masalalari
mintaqamiz uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Tadbirni o„tkazishdan asosiy maqsad – mintaqa tranzit salohiyatini birgalikda
rivojlantirish, xalqaro transport yo„laklaridan foydalanish samaradorligini oshirish,
xalqaro tashuvlar jarayonidagi turli to„siqlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-
tadbirlarni ishlab chiqish, me‟yoriy-huquqiy baza va tarif siyosatini
takomillashtirish hisoblanadi.
Anjumanning to„rt sho„basida “Markaziy Osiyo mamlakatlari transport-tranzit
salohiyatining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari”, “Temir yo„l
transportini rivojlantirishningxalqaro va mintaqaviy tendensiyalari”, “Avtomobil
tashuvlarini takomillashtirish bo„yicha xalqaro hamkorlik: xorijiy tajriba va milliy
amaliyot”,
“Markaziy
Osiyoda
havo
transportini
rivojlantirishningdolzarbmasalalari” kabi mavzularda yig„ilishlar o„tkaziladi.
Konferensiyada45mamlakatdan 200 dan ortiq mehmon, 25 xalqaro tashkilot,
moliya institutlari va yetakchi transport kompaniyalari, jumladan, Jahon banki,
OTB, ITB, YETTB, OIIB, BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va
ijtimoiy komissiyasi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro fuqaro
aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi, YEXHT, GXHJ,
SHHT, IHT, MDH, Markaziy Osiyo mintaqaviyiqtisodiyhamkorlik dasturi,
TRASЕKA dasturi, Xalqaro avtomobil transporti uyushmasi, Temir yo„llar
hamkorligi tashkiloti va boshqa tashkilotlar vakillari qatnashishi kutilmoqda.
46
– Ayrim ma‟lumotlarga ko„ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari temir yo„llarining
uzunligi 22 ming kilometrga teng. Qozog„iston eng yirik va eng ko„p
foydalaniladigan temir yo„llar tizimiga ega, uning hissasiga mintaqadagi temir
yo„llarning 66 foizi va barcha yuk tashishlarning 84 foizi to„g„ri keladi.
Mintaqadagi temir yo„llarning qariyb 18 foizi O„zbekiston hududidan o„tadi va
barcha tashishlarningqariyb 11 foizi mamlakatimiz hissasiga to„g„ri keladi.
Turkmaniston taxminan 12 foiz mintaqaviy temir yo„llarga egalik qiladi vabarcha
tashishlarning 4 foizini ta‟minlaydi.
1993 yilda Belgiya poytaxtida Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog„iston,
Qirg„iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O„zbekiston ishtirokida Bryussel
deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Mazkur hujjat Yevropadan Qora dengiz, Kavkaz,
Kaspiy dengizi orqali o„tib, Markaziy Osiyo mamlakatlariga chiqish bo„yicha
transport yo„lagini rivojlantirish maqsadida YEI tomonidan moliyalashtiriladigan
TRASЕKA texnik ko„mak bo„yicha mintaqalararo dasturining amalga oshirilishini
boshlab berdi.
1996 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Eron va Turkiya hududlari orqali
dunyo bozoriga chiqish imkonini beradigan yangi Transosiyo yo„lagi – Tejon –
Seraxs – Mashhad temir yo„li ochildi.
So„nggi yillarda Markaziy Osiyoda o„zaro ishonch va do„stona muhit sharoitida
transport loyihalarini ro„yobga chiqarish bo„yicha amaliy choralar ko„rilmoqda.
O„zbekistonni xorijiy mamlakatlarning, xususan, Frankfurt, Milan, Bryussel, Vena,
Saragosa, Oslo, Bazel, Dubay, Tehron, Shanxay kabi yirik logistika markazlari
bilan bog„laydigan “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazi faoliyati jadal
rivojlanmoqda.
2016 yil 22 iyun kuni Angren – Pop temir yo„li ochildi. Ushbu yo„nalish Xitoy –
Markaziy Osiyo – Yevropa temir yo„lining muhim bo„g„ini sifatida Xitoydan
Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mamlakatlariga eng qisqa yo„l orqali chiqishni
ta‟minlaydi va O„zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladi.
2017 yil fevral oyida Toshkent va Dushanbe o„rtasida 1992 yilda to„xtatilgan
aviaqatnovlar qayta tiklandi.
47
Shu yilning mart oyida Toshkent – Olmaota yo„nalishi bo„ylab tezyurar poyezdlar
harakati, milliy aviatashuvchilarning qo„shimcha parvozlari yo„lga qo„yildi.
2017 yil sentyabr oyida O„zbekiston – Qirg„iziston chegarasidagi “Do„stlik”
nazorat-o„tkazish punkti faoliyati tiklangani O„zbekiston va Qirg„izistontarixida
muhim voqea bo„ldi. Bu ikki mamlakat o„rtasidagi azaliy hamkorlik aloqalarini
yanada mustahkamlashda muhim omil bo„lib xizmat qiladi.
2017 yilda Amudaryo orqali o„tadigan Turkmanobod – Forob yangi temir yo„l va
avtomobil ko„priklari ochildi. Bu yuk tashish hajmini 2,5 barobar oshirish
imkonini berdi. Amudaryo orqali o„tadigan ko„priklar yuk oqimlarini Osiyo va
Tinch okeani mintaqasi, Janubiy Osiyo davlatlaridan Kaspiy dengizi, undan keyin
Qora dengiz va O„rtayer dengizi mintaqasi, Yevropa, Kavkazorti, Yaqin va O„rta
Sharq mamlakatlariga to„g„ridan-to„g„ri olib chiqish imkonini beradi. Shuningdek,
ushbu ko„priklar O„zbekiston – Turkmaniston – Eron – O„mon transport-tranzit
yo„nalishiningmuhim bo„g„ini hisoblanadi.
O„zbekiston – Qirg„iziston – Xitoy temir yo„li qurilishi ham faollashdi. Mazkur
loyiha SHHT makoni uchun dolzarb ahamiyatga ega. Uning amalga oshirilishi
loyiha ishtirokchilari hamda Markaziy Osiyoning boshqa barcha davlatlari va
Xitoy o„rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish imkonini beradi.
Ushbu temir yo„li Xitoydan Qirg„iziston va O„zbekiston orqali Sharqiy Yevropa va
Yaqin Sharq mamlakatlariga yuk tashish imkoniyati yaratilishi tufayli Xitoy
yuklarini Yevropa mamlakatlariga yetkazadigan eng qisqa yo„llardan biriga
aylanadi va butun Markaziy
Osiyo transport-logistika infratuzilmasini
rivojlantirishga xizmat qiladi.
Joriy yilfevral oyida Markaziy Osiyodan ilk bor to„g„ridan-to„g„ri Xitoyga
chiqadigan Toshkent – Andijon – O„sh – Irkeshtom – Qashg„ar avtomobil yo„lagi
bo„yicha qatnov yo„lga qo„yildi.
Mart oyida O„zbekiston va Tojikiston chegarasida Samarqand va Panjikentni
birlashtiruvchi “Jartepa” nazorat-o„tkazish punkti ishga tushdi. Sakkizta avtomobil
va bitta “Amuzang” temir yo„l o„tkazish maskani faoliyati tiklandi. G„alaba –
Amuzang– Xushadi temir yo„l liniyasining ishga tushirilishi tranzit tashishlarini
48
rivojlantirishda muhim rol o„ynaydi, Turkmaniston va Afg„onistonga chiqish
uchun qo„shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Markaziy Osiyoning strategik kelajagi va istiqbollari mintaqaning ajralmas qismi
hisoblangan Afg„onistondagi hududiy jarayonlarda faol ishtirok etishga bevosita
bog„liq. Afg„oniston Prezidenti Ashraf G„anining 2017 yilda O„zbekistonga
tashrifi doirasida “Surxon – Puli Xumri” elektr uzatish liniyasini qurish loyihasini
amalga oshirish to„g„risida kelishuvga erishildi. Yangi liniya O„zbekistondan
Afg„onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni 70 foizga oshirish, ya‟ni yiliga 6
milliard kVt/soatga yetkazish imkonini beradi.
2011 yilda Afg„onistondagi ilk temir yo„l – Hayraton – Mozori Sharif liniyasini
bunyod etgan O„zbekiston ushbu mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga katta
hissa qo„shmoqda. Istiqbolda Afg„oniston iqtisodiyotini tiklashga xizmat qiladigan
“Mozori Sharif – Hirot” temir yo„lini qurish loyihasi amalga oshiriladi. Mazkur
yo„l O„zbekistonning tovar ayirboshlash va tranzit imkoniyatlarini oshirishga
xizmat qilishi shubhasiz, natijada esa mamlakatimiz Erondagi, shu jumladan,
Bandar Abbos va Chobahor bandargohlariga to„g„ridan-to„g„ri chiqish
imkoniyatiga ega bo„ladi.
2017 yilda O„zbekiston va Afg„oniston o„rtasida aviaqatnovlar yo„lga qo„yilgani
muhim voqea bo„ldi. Bu Toshkent aeroportidan Afg„oniston samolyotlarida
Germaniya, Buyuk Britaniya va Yevropaning boshqa mamlakatlariga amalga
oshirilayotgan parvozlar uchun aviaxab sifatida foydalanish imkonini beradi.
Afg„oniston bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda
transafg„on yo„lagi doirasida yangi temir yo„llarini barpo etish istiqbolda Markaziy
Osiyoning eng qisqa yo„llar orqali Hind okeani va Fors ko„rfazidagi
bandargohlarga chiqishini ta‟minlaydi, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoni
Yevropa va Xitoy bozorlari bilan bog„laydi.
– Keyingi paytlarda mintaqamiz mamlakatlari xalqaro transport borasidagi
imkoniyatlarini kengaytirishga doir sa‟y-harakatlarini faollashtirayapti. Bugungi
kunda Markaziy Osiyo orqali qator xalqaro transport yo„laklari tashkil etilmoqda.
49
2018-2023 yillarda Xitoy va G„arbiy Yevropani bog„laydigan “Yevroosiyo”
transport yo„lagini qurish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Ushbu
magistral Pekindan boshlab Ostona, Moskva va Minsk orqali Berlinga qadar
davom etadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko„ra, 2050 yilga borib ushbu yo„lak
orqali yiliga 37 million yo„lovchi tashiladi.
Yana bir loyiha – “G„arbiy Yevropa – G„arbiy Xitoy”. Uning Xitoy –Qozog„iston
qismi 2016 yilda ish boshlagan bo„lib, Yevropaga eltuvchi eng qisqa avtomobil
yo„li hisoblanadi, bu yerda yuk tashish muddati 10-12 kunni tashkil etadi. Loyiha
2030 yilga qadar to„liq ishga tushirilishi kutilmoqda. Yo„lak Sankt-Peterburg –
Moskva – Orenburg – Oqto„ba – Olmaota – Qorg„as orqali o„tadi.
2017 yilda Afg„oniston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya vakillari
“Lojuvard” transport yo„lagini yaratish to„g„risidagi kelishuvni imzoladi. Unga
muvofiq, temir va avtomobil yo„llari orqali Torkundi shahri (Afg„oniston)
Ashxobod bilan va Kaspiy dengizidagi Turkmanboshi bandargohi bilan
bog„lanadi. So„ng yo„lak Kaspiy orqali Bokuga, keyinchalik Tbilisi orqali
Anqaraga, yo„l-yo„lakay Poti va Batumi portlarida tarmoqlanib, Anqaradan
Istanbul va Qarsga eltadi, shu tariqa Yevropaning transport tizimiga ulanadi.
Qozog„iston – Turkmaniston – Eron yo„lagiga kelsak, 2018 yil may oyida
Xitoydan ushbu yo„nalishda konteynerli poyezd yurdi. Ushbu masofani bosib
o„tishga 2 haftaga yaqin vaqt ketdi, bu dengiz yo„liga qaraganda o„rtacha ikki
barobar tez degani. 2022 yilga borib temir yo„l orqali yuk tashish hajmi yiliga 15
million tonnani tashkil etishi kutilmoqda.
“Sharq – G„arb” loyihasi Xitoy va Yevropa o„rtasida transport aloqasini yo„lga
qo„yishga qaratilgan. Boku – Tbilisi – Qars temir yo„li ushbu transport yo„lagining
muhim bo„g„inidir. Mazkur loyiha Turkiya va Yevropadan Markaziy Osiyo
mamlakatlari, Xitoy va Eronga muntazam yuk tashishni yo„lga qo„yishda muhim
rol o„ynaydi.
O„zbekiston ham ushbu loyihada ishtirok etishdan manfaatdor. Prezidentimizning
“2018-2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning
tashqi savdo yo„nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to„g„risida”gi
50
qaroriga binoan Boku – Tbilisi – Axalkalaki – Qars temir yo„li orqali tashqi savdo
yuklarining dastlabki tranzit tashuvlarini amalga oshirish choralari ko„rilmoqda.
“Shimol – Janub” loyihasining ochilishi, ma‟lumotlarga qaraganda, 2020 yilga
mo„ljallangan. Ushbu transport yo„lagi Sankt-Peterburg bandargohini Eronning
Bandar Abbos va Chobahor bandargohlari bilan bog„laydi, shu tarzda dengiz yo„li
Hindistondagi Mumbay bandargohiga qadar uzaytiriladi.
Ushbu transport yo„lagi Eron orqali Fors ko„rfazi mamlakatlariga yuk tashish
jarayonini soddalashtirishi tufayli Markaziy Osiyo uchun dolzarb ahamiyatga ega.
Har yili yo„lak orqali 3-5 million tonna yukni tranzit qilish imkoniyati paydo
bo„ladi.
Mazkur transport yo„lagi O„zbekiston uchun ham muhim. Prezident Shavkat
Mirziyoyev 2018 yil iyun oyida Sindao shahrida bo„lib o„tgan SHHT sammitida
O„zbekiston Mozori Sharif – Hirot, Xitoy – Qirg„iziston – O„zbekiston temir yo„l
liniyalarini qurish, shuningdek, Markaziy Osiyo – Fors ko„rfazi, “Shimol – Janub”
va “Sharq – G„arb” transmintaqaviy yo„laklarni rivojlantirish tarafdori ekanini
ta‟kidladi.
– E‟tiboringizni O„zbekiston “Bir makon, bir yo„l” tashabbusini qo„llab-
quvvatlashi va unda yanada faol ishtirok etishdan manfaatdorligiga qaratishni
istardim. Yaxshi ma‟lumki, “Bir makon, bir yo„l” tashabbusi, avvalo, savdo-
iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga, Xitoyni jahon aholisining 60 foizi va
yalpi ichki mahsulotining 30 foizi to„g„ri keladigan 65 dan ortiq mamlakat bilan
bog„laydigan yangi transport yo„llarini shakllantirishga qaratilgan.
Prezidentimiz 2017 yil may oyida Pekinda bo„lib o„tgan “Bir makon, bir yo„l”
xalqaro forumidagi nutqida ushbu loyihaning Markaziy Osiyo uchun dolzarbligini
alohida ta‟kidladi. Bu, birinchidan, Markaziy Osiyoda transport, savdo,
investitsiya, energetika va yuqori texnologiyalar sohalarida yirik loyihalarni
amalga oshirish, ikkinchidan, Markaziy Osiyoni Xitoy va Rossiya orqali Janubiy,
Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari bozorlari bilan bog„laydigan
transport-logistika yo„nalishlarini ochish bo„yicha hamkorlik yuzasidan kompleks
harakatlar dasturi ishlab chiqishdan iboratdir.
51
O„zbekiston – Qirg„iziston – Xitoy temir yo„lini qurish va ishga tushirish “Bir
makon, bir yo„l” tashabbusi doirasidagi yirik transport loyihalaridan bo„ladi.
“Bir makon, bir yo„l”ni innovatsiyalar bilan boyitish, xususan, Buyuk ipak yo„lini
raqamlashtirish
maqsadida
raqamli
iqtisodiyot
sohasidagi
hamkorlikni
faollashtirish ham e‟tiborga molik.
2017 yilda o„tgan “Bir makon, bir yo„l” xalqaro iqtisodiy forumi doirasida XXR
Raisi Si Szinpin tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbus raqamli iqtisodiyot va
raqamli diplomatiyaga doir milliy tizimlarni rivojlantirish, superkompyuter
markazlari, global raqamli do„konlar, “aqlli shaharlar”ni tashkil etish, elektron
tijorat va tibbiyotni kengaytirish, shuningdek, davlatlarning turli ichki siyosiy va
tashqi siyosiy vazifalarini hal etishda sun‟iy ong texnologiyasidan foydalanishga
qaratilgan.
Bugungi kunda deyarli barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda
transport va logistikaga oid raqamli xizmatlar jadal rivojlanmoqda.
Ushbu tendensiyani hisobga olgan holda xalqaro konferensiyada Markaziy Osiyo
mamlakatlarining avtomobil, temir yo„l va havo transporti tizimlarida axborot
texnologiyalari, raqamli marketing xizmatlarini joriy etish bilan bog„liq
masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
– Transport yo„laklari bo„yicha xalqaro forum mamlakatimizda ilk bor tashkil
etilayotganini ta‟kidlash lozim. Umid qilamizki, O„zbekiston Markaziy Osiyo
mamlakatlarining mintaqaviy transport-kommunikatsiya tizimini shakllantirish,
transport va logistika sohalarida yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga
doir sa‟y-harakatlarni faollashtirish yuzasidan uzoq muddatli va ko„p tomonlama
hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratishga katta hissa qo„shadi.
Xorijiy davlatlarning bandargohlariga chiqish maqsadida Markaziy Osiyoning
transport-tranzit imkoniyatlarini kengaytirish bo„yicha yangi kelishilgan qarorlarni
ishlab chiqish mintaqa uchun muhim va dolzarbdir.
Bundan tashqari, konferensiya yakunida Markaziy Osiyo mamlakatlari transport
kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo„yicha umummintaqaviy dasturni imzolashi
kutilmoqda.
52
Shuningdek, Prezidentimiz 2017 yil iyun oyida SHHT sammitida ilgari surgan
tovarlar va transport vositalari harakatini soddalashtirish masalalarini tartibga
solishga, xalqaro tashishlar ustidan nazoratga doir yagona yondashuvni
shakllantirishga qaratilgan transportda tashishlarni integratsiyalashgan boshqarish
tizimini tashkil etish to„g„risidagi tashabbus yuzasidan fikr almashish ko„zda
tutilgan.
|