Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

XALQ OG‘ZAKI IJODI
QO‘SHIQLAR QANOTIDA
BOYCHECHAK
Boychechagim boylandi,
Qozon to‘la ayrondir.
Ayroningdan bermasang,
Qozon-tovog‘ing vayrondir.
Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
Boychechakni tutdilar,
Tut yog‘ochga osdilar.
Qilich bilan chopdilar,
Baxmal bilan yopdilar.
Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak. 
Boychechagim boylandi,
Ko‘chama-ko‘cha aylandi.
Boychechagim ko‘k somsa,
Cho‘ntaklarga joylandi.
Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
1. She’rni ifodali o‘qing va yod oling.
2. Boychechakning «bahor elchisi» deb atalishining 
sababini izohlang.


41
OFTOB CHIQDI OLAMGA
Oftob chiqdi olamga,
Yugurib bordim xolamga:
– Xola, xola, kulcha ber!
Xolam dedi: – O‘tin ter!
Keyin yugurdim qirga,
O‘rtog‘im bilan birga.
O‘tin terdik bir quchoq,
Bilmadik sira charchoq.
Xolam-chi, qordi xamir,
Kulcha yopdi bir tandir.
Bizga kulcha berdilar,
Peshanamizdan o‘pdilar.
Oftob chiqdi olamga-ye,
Yugurib bordim xolamga-ye!
She’rni ifodali o‘qing va izohlang.
XO‘P HAYDA
Xo‘p hayda-yo, xo‘p hayda,
Qalqon qulog‘im hayda,
Temir tuyog‘im hayda,
Xirmonni qilgin mayda.
Ostingda bosgan donni,
Tuyog‘ing qilsin mayda.


42
Sen po‘stidan judo qil,
Somoni senga foyda.
Chuv, hey jonivorim, hayda,
Xirmonni qilgin mayda.
Ishni tamom qilmasang,
Joningga tinim qayda...
Chuv, hey, jonivorim, hayda,
Xirmonni qilgin mayda.
Donni yig‘ib olmasak,
Bizlarga tinim qayda.
1. «Xo‘p hayda» qo‘shig‘i qaysi paytda aytilgan?
2. Xirmon egasi otini qanday so‘zlar bilan erkalatadi? 

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə