Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
34
hozirgi Afg’onistonning Balx shahrida, Sultonul ulamo unvonini olgan ulug’ shayx 
Muhammad Bahovaddin Valad xonadonida 1207 yilda dunyoga keladi. Uning ajdodlari asli 
xorazmlik turkiy qabilalardan bo’lgan. Onasi Mo’mina xotun Balx amiri Ruq’iddinning qizi 
bo’lgan. Bahovaddin Valad o’z e’tiqodi va maslagida sobitligi uchun Balx hokimi bilan 
chiqisha olmay, u yerdan chiqib, Nishopur, Bag’dod, Makka, Madina, Damashq, Xalab, 
Erzinjon, Oqshahar kabi joylarda umrguzaronlik qiladi. U Sivas va Kayseri shaharlarida 
ham bir muddat yashaydi. O’sha davrning sultonlari, mudarris va shayxlari uni va’zlar 
o’qish uchun Larenda, Ko’nyo kabi shaharlarga taklif qilishadi. 1225 yilda Jaloliddin Rumiy 
mo’g’ullar zulmidan qochgan samarqandlik olimning qizi Gavharga uylanadi. Uning ikki 
o’g’li Sulton Valad va Aloviddin Chalabiy, qizi Kimyo tug’iladi.
Bahovaddin Valad va o’g’li Jaloliddin Ko’nyo shahriga kelib turg’un bo’lib qoladi. 
Bahovaddin Valad qaerga borsa ham o’z va’zlari bilan shuhrat qozonadi. Uning ta’rifini 
eshitgan turk sultoni Aloiddin Kaykubod Kunyo shahriga taklif qilgan edi. O’sha davrda bu 
yerda ko’plab ilm-ma’rifat ahllari yig’ilgan edi. Bahovaddin Valadga turk sultoni alohida 
madrasa qurdirgan edi. U shu yerda dars beradi, va’zlar o’qiydi. Bu va’zlarni tinglash 
uchun boshqa shaharlardan ham ixlosmandlar Ko’nyoga tashrif buyurishar edi.
Bahovaddin Valad 1231 yilda vafot etadi, otasining ishlarini o’g’li Jaloliddin davom 
ettiradi. U Sayyid Burhoniddin Termiziy, Muhiddin Ibn al –Arabiy kabi olimlardan 
tasavvuf, fiqh ilmidan saboq oladi. Madrasalarda mudarrislik qiladi, va’zlar o’qiydi. Uning 
shogirdlari va ixlosmandlari atrofiga yig’iladi.
1244 yil Kunyoga Muhammad Shamsiddin Tabriziy degan darvish keladi. U mashhur 
so’fiylardan bo’lib, Jaloliddin u bilan ko’chada tasodifan tanishib qoladi. Ular o’rtasida 
dastlab munozara, tortishuvlar bo’ladi, bir necha kun o’tgach, bir umrlik do’st, 
maslakdoshga aylanadilar. Shamsiddin Tabriziy Jaloliddin Rumiy hayotini butkul 
o’zgartirib yuboradi. Ular soatlab, kunlab suhbat qurar edilar. Rumiy madrasada dars 
berishni to’xtatib, do’stlari va shogirdlari bilan munosabatni uzgani uchun ular norozi 
bo’ladilar va Shamsiddin Tabriziyga tahdid qiladilar. U 1244 yilda Kunyodan ketib qoladi. 
Jaloliddin Rumiy yaqin do’sti, maslakdoshini yo’qotib qattiq iztirob chekadi. Ota 



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə