Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
35
iztiroblaridan tashvishlangan o’g’li Sulton Valad Shams Tabriziyni Damashqdan topib 
Ko’nyoga olib keladi. Jaloliddin Rumiy xursand bo’ladi va qizi Kimyoni unga turmushga 
beradi, o’z hovlisining yoniga ko’chirib keladi. Uning kichik o’g’li Aloviddin Chalabiyda 
Shams Tabriziyga nisbatan adovat paydo bo’ladi hamda o’zining tarafdorlari bilan birga bu 
darveshni yo’q qilishadi. Rumiy do’stining mahv etilganidan bexabar holda uni uzoq vaqt 
qidiradi. So’ng uning daragi chiqavermagach, do’stining yo’qlikka singiganligini his qiladi. 
Rumiyning “Shams Tabriziyni ko’rdim” degan odamga o’z to’nini yechib berganligi haqida 
rivoyat qilinadi.
Rumiy do’sti uchun darveshlar sulukiga asos soladi, uning shogirdlari “mavlono” deb 
ataganlari sababli bu yo’l “mavlaviylik” nomini olgan edi. Mavlaviylik tariqati haqida 
“Tasavvuf tarixi” kitobida quyidagi ma’lumotlar uchraydi: “Mavlaviylik tariqati dunyo 
miqyosida yagona markazdan turib boshqariladi. Markaziy dargoh 1925 yilgacha 
Ko’nyoda bo’lib, takya va tariqatlar tugatilgach, Xalabga ko’chgan. Bu tariqatning sho’basi 
yo’q, ammo rind va ilohiy ishq jihatlari kuchli bo’lgan shams shahobchasi va zuhdga 
ahamiyat beruvchi valad shahobchasi ularning ikki tarmoqchalari borligi manbalarda 
aytilgan. Biroq bular shahobchalardan ko’ra ko’proq maslakdir. Mavlaviylik tariqati ishqu 
jazba, samo va safoga asoslangan”
1
. Rumiy bu sulukning rasm-rusumlari qatoriga zikrni 
kiritadi. Zikr vaqtida so’fiylar aylana shaklda davra qurishib muayyan tartibda harakat 
qilishardi, go’yo quyosh (shams) atrofidan boshqa sayyoralar joylashib harakatlangani 
kabi tasavvur uyg’otardi. Rumiy majlislarida kuy, musiqa ijro etilgan, rubob, nay kabi 
cholg’u asboblari chalingan.
Jaloliddin o’zini anatoliyalik hisoblab Rumiy degan taxallusni oladi. Biroq lirik va 
tasavvufiy she’rlarini Shamsiddin Tabriziy nomi bilan ham yozdi. Shoir o’zini do’sti bilan 
biru bor deb bilgan, bu she’rlardan “Devoni Shamsul Haqoyiq” (“Haqiqat quyoshining 
kitobi”) nomli devon tuzadi. Uning ilmiy va adabiy merosi juda katta. Rumiy «Fihi-mofihi» 
(“Ichingdagi ichingdadir”), «Makotib» (“Maktublar”), «Ma’jolisi sa’ba» (“Ettinchi majlis”) 
kabi asarlar yaratgan. “Devoni Kabir” (“Ulug’devon”) tarkibi uch mingdan ortiq g’azal, 
1
Усмон Турар. Тасаввуф тарихи.- Тошкент: Истиқлол, 1999.- 115-б.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə