Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva


Yusuf Sinon Shayxiy (1371-1422)



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Yusuf Sinon Shayxiy (1371-1422).
Shoirlarning shayxi (“shayx ash shuaro”) deb 
nom olgan Yusuf Sinon Garmiyoniy 1371 yilda dunyoga keldi. Dastlabki bilimni olgach


Turkiy xalqlar adabiyoti 
44
Eronda tahsilni davom ettiradi va tib ilmi bilan shug’ullanib ko’z kasalliklari bo’yicha tabib 
bo’ladi. Edirnaga keladi, saroy bosh hakimi bo’ladi. Biroq u shoirligi bilan mashhur bo’lib, 
Nizomiyning “Xamsa” dostonidan “Xisrav va Shirin”ni sulton topshirig’iga ko’ra turk tiliga 
tarjima qiladi. Dostondan ming bayt tarjima qilib Sulton Murod II ga topshirganda, unga 
Doquzlar qishlog’i in’om etiladi. Shoir ushbu qishloqqa ketayotganda qishloqning avvalgi 
egasi uyushtirgan qaroqchilar hujumiga duch keladi va ulardan qochib qutiladi. Bu voqea 
shoirga qattiq ta’sir qiladi va uning ta’sirida “Xarnoma” dostonini yozadi. Saroy ayonlari 
tanqid ostiga olingan bu asar ilk satirik yo’nalishdagi turk tilida yaratilgan doston 
hisoblanadi.
Shayxiyning “Xisrav va Shirin” dostoni erkin tarjima bo’lib, unda shoir o’zining 
qarashlari va g’oyalarini ifodalagan. Shayxiydan keyin bu yo’nalishda doston yaratishga 
urinishlar bo’lgan. Biroq, doston yozish an’anasi bo’yicha biror turk shoiri Shayxiy bilan 
bo’ylasha olmaydi.
Ahmad Posho (...-1496). 
Turk adabiyotida lirik shoir sifatida ma’lum va mashhur. U 
Edirnada tug’ilib, yoshligida yaxshi bilim oladi. Otasi Sulton Murod II saroyida askar edi. 
Ahmad Posho mudarrislik, qozilik va saroyda xalifalik lavozimlarida ishlaydi. Shoir sulton 
vaziri lavozimiga ko’tariladi. Biroq, bir qancha vaqt o’tib shoir hayotida mudhish kunlar 
boshlanadi. Uning dushmanlari podshoga Ahmadning axloqsizligi haqida ig’vo 
yetkazishadi. Sulton uni Yedi Kule (Etti minorali qal’a)dagi zindonga tashlaydi. Shoir 
zindonda yotarkan mashhur “Karam qasidasi”ni yozib uni sultonga yetkazishga muvaffaq 
bo’ladi. Asardagi “Qullarning adashmog’i mumkin, ammo podshoning avfi qaerda?” 
misralari sultonga ta’sir qiladi va shoirni ozod qilib Bursaga jo’natadi. 1481 yilda Mehmed 
II vafotidan keyin taxtga uning o’g’li Boyazid II o’tiradi. U Ahmad Poshoga Bursa 
sanjoqbekligini beradi. Ushbu lavozimda ekanligida shoir bir madrasa qurdiradi, vafotidan 
(1496) keyin uni shu madrasa yoniga dafn etishadi.
Shoirning shaxsiy hayoti haqida ayrim ma’lumotlar bor. U oila qurgani va qiz farzandi 
bo’lgani, lekin ikkisi ham vafot etganliklari, shundan so’ng shoir umrining oxirigacha oila 
qurmaganligi qayd etiladi. Ahmad Posho ijodi o’zigacha bo’lgan xalqona uslubdan mumtoz 



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə