Turkiy xalqlar adabiyoti
46
o’zgarishlar Turkiya ijtimoiy, madaniy hayotiga ham ijobiy ta’sir qildi. Teatr, musiqa,
maorif, publitsistika kabi sohalar ravnaq topdi. Turkiya davlatining G’arb davlatlari bilan
diplomatik aloqalari yo’lga qo’yildi, mamlakatda frantsuz tili ommalasha boshladi.
Mamlakatda Tanzimot farmoni 1939 yil 3 noyabrdan kuchga kirdi. Unga ko’ra hayotda
ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi, erkak va ayollarning teng huquqliligi, ayollar erki va
ozodligi kabi masalalar amal qilishi kerak edi. Turk adabiyoti ham hayotiy dolzarb
masalalarni yorita boshladi, uning asosiy yo’nalishi ma’rifatparvarlik bo’ldi. Shu bois
ushbu davr adabiyoti “Tanzimot adabiyoti” deb yuritiladi. Bu davrda “Tasviri efkar”,
“Tarjumoni ahvol”, “Ibrat”, “Hurriyat”, “Muxbir” kabi gazetalar faoliyat yuritdi. “Servati
funun” (“Bilimlar uyi”) jurnali tashkil topdi. Tarjimashunoslik sohasi sezilarli darajada
rivojlandi. G’arb adiblari Jan Jak Russo, Volter, La Martin, Molerning asarlari turk tiliga
tarjima qilindi. Shinosiy, Ziyo Posha, Nomiq Kamol, Abdulhaq Hamid Tarxon, Ahmad
Midhat, Tovfiq Fikrat, Xolid Ziyo Ushoqlagil, Ahmad Hoshim, Ziyo Ko’kalp, Umar Sayfiddin
kabi adiblar ijodida ma’rifatga undash, o’zlikni anglash, millatparvarlik g’oyalari ilgari
surildi.
Realistik turk adabiyotining shakllanishi. 1923 yilda Turkiyaning respublika deb e’lon
qilinishi adabiyotda ham o’z aksini topdi. Milliy ozodlik harakatlari tasvirlandi, xotinqizlar
huquqi va erki masalasi, ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi muammolar ko’tarildi.
Xolida Edip Adivar, Yoqub Qodiriy Qorausmon o’g’li, Rashod Nuri Guntekin, Sabohaddin
Ali, Nozim Hikmat, O’rxon Veli, Melik Javdat Onday, O’qtoy Rifat, Fozil Husni Dog’larja,
Rifat Ilg’az, O’rxon Kamol, Yashar Kamol, Aziz Nesin kabi ijodkorlar adabiyot maydoniga
kirib keldilar.
Nozim Hikmat (1901-1963).
Erkin vaznda ijod qilgan birinchi turk shoiri. U XX asr
boshlaridagi ijtimoiy hayotdagi voqea-hodisalarga o’zining tanqidiy fikrlarini bildirgan.
Buni ifodalash uchun she’riyatdagi an’anaviy usul va shakllar imkon bermas edi. Shoir turk
she’riyatini yangi o’zanga burib yubordi.
Nozim Hikmat Turkiyaning Selanik vohasida dunyoga keladi. Ilk ta’limni Go’ztepa
Toshmaktabi, Galatasaroy litseyi va Nishontoshi Namuna maktablarida oladi. Bahriya
|