Turkiy xalqlar adabiyoti
42
Qabul qil sen o’zingga, Boq,
qaysisi loyiqdir.
Shoir darveshlik, miskinlik, faqirlikni bir yo’l deb biladi. She’rlarida o’zini darvesh, miskin
deb ataydi.
Darveshlik deganlari
hirqa bilan toj emas,
Ko’nglin darvesh etgan zot xirqaga muhtoj emas.
Taniqli olim Ibrohim Haqqulov shoir Yunus Emro haqida shunday deydi: «Yunus Emro
– Sir va Hayolot, Ishq va Ilohiyot shoiri. Ijodiyotining ziyosi va shukuhi ilohiy Ruh. Uning
so’z hamda tasvirlari zoti mutloq madhiga yo’naltirilgan».
1
Ayrim rivoyatlarga qaraganda
Yunus Emro uch mingga yaqin she’r yozgan. Shundan mingga yaqini bizgacha yetib kelgan.
Mingtasini osmonda farishtalar o’qiydi, mingtasini suvda baliqlar o’qiydi,
mingtasini esa
yerda odamlar o’qiydi, degan rivoyat ham bor.
Yunus Emro she’riyati odamlarni qalbni soflashga, o’zligini
anglashga chorlovchi,
haqiqat sirlaridan ogoh etuvchi, ma’naviyat sarhadlarini kengaytiruvchi, ezgulik
buloqlarini ochguvchi ma’rifat manbaidir.
XV – XVI asrlarda romantik yo’nalishdagi turk adabiyoti maydonga keldi. Qahramonlik
mavzusidagi “Battolnoma”, “Sari Saltik haqida doston” yaratildi.
Nizomiy Ganjaviyning
“Xamsa” dostonlari an’anasi asosida Mas’ud ibn Ahmadning “Suhayl va Navbahor” dostoni,
Tojiddin Ahmad ibn Ibrohim (Ahmadiy)ning “Iskandarnoma” dostoni, Shayxiyning “Xusrav
va Shirin” asarlari yozildi. Ahmad Posho, Najotiy, Mahmud Boki, Mehri Xotun kabi shoirlar
turk tilida ijod qildilar.
Dostları ilə paylaş: