Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
50
Bo’lg’usi adib 1915 yilda Istambul yaqinidagi qishloqda tavallud topadi. Oilaning 
moddiy jihatdan farovon emasligi sababli Aziz Nesin yuqori bilim beradigan dargohlarda 
o’qiy olmadi. U harbiy sohani tanlab ofitser bo’ldi, biroq u adabiyotga oshno bo’ldi, dastlab 
she’rlar, so’ng fe’leton, hajviyalar, hikoyalar yozib gazetalarda nashr ettirdi. Aziz Nesin 
«Tong», «Vatan», «Oqshom» kabi gazetalarda faoliyat olib bordi. Turk yozuvchisi 
Sabaxittin Ali bilan «Marko Posho» haftalik gazetani chop ettirdi. Ushbu gazetadagi hajviy, 
tanqidiy maqolalar hukumat doiralarining manfaatlariga zid kelar edi. Shu sababli gazeta 
yopib qo’yiladi.
Aziz Nesinning «Demokratiya shunqori» nomli hikoyasi hajviy ruhda yozilgan. Unda 
mavjud davlat tuzumi, uning adolatsizligi, huquqbuzarligi fosh etiladi. Hikoyada yosh 
muxbir eshak qo’zi tug’di, ayollar qurbaqa tug’di, osmondan baliq yog’di kabi xabarlar 
yozadi. Biroq, u xalq dardini, rost gapni yozgani uchun politsiya uni hibsga oladi. 
Yozuvchining «Dahshatli tush» hikoyasida bosh qahramon tushida xorijdagi bir yig’inga 
tushib qoladi. Undan o’z mamlakati to’g’risida so’raganlarida haqiqatni aytgisi keladi, biroq 
u buning oqibatidan qo’rqadi. O’z yurtini obod, xalqini farovon, elning to’qchilikda 
yashayotganini, jamiyati erkin ekanini aytadi. Ularning bosh qahramon uchun yordam 
bermoqchi bo’lganliklarini bilgach, so’zlaridan afsuslanadi. Aziz Nesinning «Xotin kishi 
bo’lganimda», «Keyin xursand bo’lasiz», «Ming marta shukur» singari hajviy hikoyalarida 
ham jamiyatdagi ayrim nuqsonlar, holatlar qalamga olingan.
Xulosa qilib aytganda, turk adabiyoti turkiy xalqlar adabiyoti silsilasining uzviy bir 
qismi bo’lib, uning namunalarida ko’tarilgan umuminsoniy masalalar va aks etgan g’oyalar 
o’z qadrini yo’qotmay kelmoqda.
Savollar
1.
Turk xalq og’zaki ijodi namunalariga qaysi asarlar kiradi?
2.
Turk latifalari haqida nima bilasiz?
3.
Turk dostonlarining mavzusi qanday?
4.
Rumiy va Yu.Emro ijodining asosiy xususiyatlari qanday?
5.
Ahmadiy, Shayxiy hayoti va faoliyati haqida so’zlang.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə