Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
49
Uning «Yashil kecha», «Tegirmon», «Tamg’a», «Xazonrezgi» asarlarida turk xalqining 
boshdan kechirayotgan qiyin iqtisodiy hayoti, qishloqlardagi ijtimoiy hayotning og’irligi, 
tengsizlik, huquqning poymol etilishi, ayollar erki masalasi kabi muammolar real 
tasvirlangan. Adibning «Xudoning mehmoni», «Xanjar», «Labdan yurakka», «Oqshom 
quyoshi», «Ayol kushandasi», «Achinish», «Tog’olcha butalari», «Osmon», «Eski kasallik» 
singari asarlari yaratilgan.
Adibning «Choliqushi» romanida Farida ismli turk qizi timsolida ayollar huquqi, 
sharafi, erki masalasiga bepisandlik bilan qaralayotgan zamon tanqid ostiga olinadi. 
Romanda muhabbat mavzusi yetakchi bo’lib ko’rinsa-da, yozuvchi asosiy e’tiborni 
Turkiyaning Birinchi Jahon urushi, uning oqibatlariga qaratadi. Farida qismatidagi 
sarguzashtlar asnosida yozuvchi turk qishloqlarining chorasiz ahvoli, maorif sohasining 
quyi darajasi, kishilarning umidsiz, chorasiz kayfiyatini tasvirlaydi. Shunisi xarakterliki
Farida ana shunday zulmat muhitda, urush va kurashlar buhronida o’zining quvnoq fe’lini, 
ertangi kunga umidini yo’qotmaydigan xislatini saqlab qoladi. Faridaning quvnoqligi va 
jamiyatdagi jaholatlar, ularga ma’rifat bilan kurashuvi o’zaro kontrast usulida berilgan. 
Asar Faridaning kundaliklari shaklida bayon etiladi. Bu esa yozuvchiga birinchi shaxs 
tilidan so’zlashga, demak, o’z ichki kechinmalari va sarguzashtlarni to’laroq, erkin 
ifodalash imkonini bergan. Romanda Nizomiddin, Fotima, Xusayn, Komron, Munisa, 
Xayrullobey kabi ijobiy obrazlar qatnashadi. Ular, bir tomondan, Farida xarakterini 
yaratishda muhim bo’lsa, ikkinchi tomondan, ular orqali jamiyatning turli qatlami 
vakillarining tipik obrazlarini yaratgan.
Aziz Nesin (1915-1995).
Asl ismi Mahmud Nusrat bo’lib, Aziz Nesin adabiy 
taxallusidir. U hikoya janrida barakali ijod qilib, turk realistik hikoyachiligining rivojiga 
hissa qo’shdi. Uning «Musht ketdi», «Hushtak afandi», «Futbol qiroli», «G’aroyib bolalar» 
nomli asarlari jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan, adabiyotshunoslar, 
tanqidchilar tarafidan e’tirof etilgan. Asarlarida hajviy pafosning yuqoriligi bilan o’ziga 
xoslik kasb etadi.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə