|
![](/i/favi32.png) Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaevaDildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiyTurkiy xalqlar adabiyoti
45
she’riyatga o’tish yo’lida ko’prik bo’ldi. U fors she’riyatiga emas, turkiy tillardagi
adabiyotga, xususan, Alisher Navoiy asarlariga murojaat qilgan birinchi turk shoiri
hisoblanadi. 1481 yilda Alisher Navoiy o’z g’azallaridan 33 tasini Sulton Boyazid II ga
yuboradi. Sulton iste’dodli shoir deb tan olingan Ahmad Poshoga Navoiy g’azallariga nazira
yozishni buyuradi. Shoir 33 ta g’azalning hammasiga nazira bog’laydi.
Zulfingki uzoringda etar jilvalar, ey do’st,
Tovusi junondirki ochar bolu par, e do’st.
Xattingki tilsim etdi labing doirasiga
Shirinlik uchun mushk ila afsun yozar, e do’st.
Qo’y, borma qo’nog’iga raqibingki, bilursen,
It bo’lgan yerga hech malak yetmas guzar, e do’st.
Zulfi siyohing chiqmadi zebo kulohingdan,
Zeroki harir ichra bo’lur mushki tar, e do’st.
Voiz so’ziga voqif o’lib, yosh to’kmadi chashmim,
Sard bo’lsa havo bo’lmagay mardumda gar, e do’st.
Ne vajhida yuz surmagay Ahmad ayog’ingga,
Ne bosh ila tark etmagay yo’lingda sar, e do’st.
Ahmad Posho g’azallaridagi yetakchi mavzu muhabbatdir. Shoir devonida turk tilidan
tashqari fors, arab tillaridagi g’azallar uchraydiki, uning bu tillarni yaxshigina bilishidan
dalolat beradi. U qasida janrida ham ijod qilib, shuhrat qozondi. “Saroy qasidasi”da
tavsiflangan bino Yevropada ham mashhur bo’lgan. Shoirning “Quyosh qasidasi” Sulton
Boyazid II ga, “Karam qasidasi” Sulton Mehmetga bag’ishlangan.
Shoir ijodidan uning o’zidan keyingi turk shoirlari ilhomlanib, ta’sirlanib asarlar
yaratganlar. Ahmad Poshoning ijodidan namunalar dunyoning bir qancha tillariga
o’girilgan.
“Tanzimot adabiyoti”
deb
Turkiyada 1839 yildan 1870 yillargacha davom etgan davr
nazarda tutiladi. XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Frantsiyada ro’y bergan ilg’or
|
|
|