Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/68
tarix23.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#155563
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fani boyicha maruzalar matni



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH 
 
FANI BO’YICHA 
MA’RUZALAR MATNI 
 
 
 
Tuzuvchi: N.Alimdjanov
N a m a n g a n – 2 0 15 


Mavzu: Ekologiya va tabiatni muhofaza qilishning
ilmiy va nazariy asoslari 
 
 
 
 Reja: 
1.
Fanning o’zrganish ob’ekti va predmeti, metodologiyasi.
2.
Umumiy ekolgiya, tabiatdan foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning 
asoslari.
3.
Ekologiya va tabiatdan foydalanishning tarixi.
4.
Ekololgik muxit, ekologik omillar va ekologik muammolar.
5.
Ekologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi 
 


O’zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi 
qonunining(1992) 4-moddasida «.barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya 
o’quvining majburiyligi» ta’kidlanadi. 
Ekologik ta’limning bosh maqsadi aholining barcha qatlamlarida, jumladan
oliy ta’lim talabalarida atrof-muhitni asrash muammolariga ongli munosabatni 
shakllantirishdan iborat.
Universitetlarda o’qitilayotgan «Ekologiya» kursi talabalarda ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirishi va amaliy faoliyatga yo’naltirishga xizmat qilishi 
lozimdir.
Hozirgi kunda uzluksiz, ilgarilovchi ekologik ta’lim tizimini joriy qilish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bo’lg’uvsi oliy ma’lumotli mutahassislar faqatgina 
bugungi kunning ekologik muammolarini o’rganish bilan cheklanib qolmasliklari 
kerak. Ular mavjud ekologik muammolarning oqibatlarini oldindan ko’ra bilishlari 
va faoliyatlarini shunga mos holda tashkil qilishlari zarurdir. Buning uchun ilm 
izlash, o’rganish va unga amal qilish lozimdir. 
Ekologiya
yunoncha "oikos" (eykos) – yashash joyi, makon va «logos» – fan, 
so’zidan olingan bo’lib, tirik organizmlarning tevarak atrofdagi muhit bilan o’zaro 
munosabatini o’rganadigan biologik fan hisoblanadi. Ekologiya muhit omillarining 
o’simlik va hayvonlar organizmiga ta’sirini, organizm va populyatsiyaning muhit 
omillariga ko’rsatadigan reaktsiyalarini, populyatsiyalar soni va tizimini bir xil 
saqlovchi 
mexanizmlarni 
(jarayonlarni), 
tabiiy 
guruhlarning 
biologik 
mahsuldorligini, 
biogeotsenozlar 
yoki 
ekosistemalarning 
harakatlanish 
qonuniyatlarini va biosferani o’rganadi. Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar 
asosida mavjud va rivojlanadi, u inson ta’siriga qanday javob beradi bularning bar-
chasi ekologiyaning predmetidir. 
Inson borki, hayot uchun kurashadi, tabiatning barcha injiqliklariga 
moslashishga intiladi, har bir kishi tabiat in’omlaridan foydalanadi, quradi, bunyod 


etadi. Odatda inson biror maqsadni ko’zlab tabiatning muayyan bir sohasida ijobiy 
yoki ko’pincha salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. 
Kishilar o’zlari uchun istiqomat joylari barpo etar ekanlar, buni atrof-muhitning 
o’simlik va hayvonot dunyosiga qandaydir salbiy ta’siri bo’ladi, natijada tabiat 
kambag’allashib boradi. Inson qurilish materiallari sifatida tabiiy o’rmonlarni 
keragidan ortiqcha kesadi, demak o’simlik dunyosi qisqarib, u o’z navbatida atmo-
sfera havosini musaffo bo’lishiga rahna tug’diradi, tuproq eroziyaga uchraydi, yer 
osti suvlari kamaya boradi, ko’chkilar paydo bo’lib, sel natijasida jarliklar hosil 
bo’lishi mumkin. Bu lavha insonning tabiatga ko’rsatgan ta’siridan bir parcha xolos. 
Tabiatga nisbatan ko’r-ko’rona yondoshish, uning ehsonlaridan ayovsiz foydalanish 
pirovardida og’ir asorat qoldirishi mumkin. 
Bizni o’rab turgan butun tabiat, borliq, ming yillar mobaynida shunday bir 
muvozanatga kelganki, uning bir bo’lagiga yetkazilgan ozor boshqa bo’laklariga 
ham salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmaydi. Tabiatga ta’sir etishda ba’zi jiddiy xatolarga 
yo’l qo’yilishi mumkin ekanligini Orol fojiasi misolida yaqqol ko’rsatish mumkin. 
Hozirgi zamon ekologiyasi odam va biosfera o’rtasidagi o’zaro munosabat 
masalalarini jadal o’rganmoqda. 
Hozirgi zamon ekologiyasining yana muhim vazifalaridan biri bu biologik 
resurslardan oqilona foydalanish, odam faoliyati ta’sirida tabiat o’zgarishlarini 
oldindan ko’ra bilish, tabiatda kechayotgan jarayonlarni boshqarish yo’llarini 
o’rganish, zararkunandalarga qarshi kurashning zararsiz va samarador usullarini 
yaratish, sanoat korxonalarida chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqish va joriy etish. 
Ekologiya 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə