Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


to’g’risidagi fan»ga aylanib bormoqda



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/68
tarix23.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#155563
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fani boyicha maruzalar matni

to’g’risidagi fan»ga aylanib bormoqda.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza 
qilish masalalarini qamrab oladigan, keng ko’lamli 
Makroekologiya
shakllanmoqda(30,1). 
Makroekologiya
o’z 
ichiga 
nazariy 
ekologiya, 
bioekologiya, geoekologiya, inson ekologiyasi va amaliy ekologiyani oladi(2--
ko’rgazma). 
Ekologiya
deyilganda ko’chalarni toza tutish, suvlarni muhofaza qilish, 
havoni ifloslanishdan saqlash tushunilmaydi. 
Ekologiya- hayot jarayonlarini, 
insonning atrof-muhiti muammolarini o’ziga xos uslublarda tadqiq qiladigan 
mustaqil fandir. 
Zamonaviy ekologiyaning metodik asosini tizimli yondashish, 
tabiatdagi kuzatuvlar, eksperiment va modellashtirish tashkil qiladi. Ekologiya 
ham tabiiy, ham ijtimoiy(gumanitar) fan hisoblanadi. 
Aholi sonining yildan yilga oshib borishi sanoat va transportning rivojlanishi, 
fan texnikaning taraqqiy etishi, insonning biosferaga ko’rsatayotgan ta’sir doirasini 
kengaytirib bormoqda. Bu esa o’z navbatida u yoki bu ekologik muommolarning 
kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda. 
 
Muhokama savollari 


1.
Ekologiya fani nimani o’rgatadi va u qachon paydo bo’lgan? 
2.
Ekologiyaning rivojlanishida qanday bosqichlar mavjud bo’lgan? 
3.
Ekologiyaning qanday bo’limlarini bilasiz va ularning vazifalarini 
ayting. 
4.
Ekologiyaning qanday usullari mavjud? 
5.
Ekologiyaning qishloq xo’jaligida va inson hayotidagi ahamiyatini 
yoritib bering. 
 
 
Ekotizimlarga ta’sir etuvchi omillar va ekologik
muammolar 
Reja
 
1.
Muhit va ekologik omillar 
2.
Havo, relьef va boshqa ekologik omillar.
3.
Edafik omilning o’simlik va hayvonlar hayotidagi roli 
4.
Hayvonlarda suv balansi 
5.
Suv ekologik omili. 
6.
Harorat ekologik omili.
7.
Yorug’lik, harorat, suv va boshqa ekologik omillar 
Hayot muhiti deb organizmlarni o’rab turuvchi va ular bilan doimiy 
munosabatda bo’ladigan tabiatning bir qismiga aytiladi. 
Yashash sharoiti hayot uchun kerakli omillar yig’indisidan iborat bo’lib, 
ularsiz organizmlar yashay olmaydi. Muhit elementlarining turlar moslashish 
reaktsiyasini chaqiruvchi faktorlari ekologik omillar deyiladi. 
Organizmlar murakkab va o’zgaruvchan dunyoda yashab, ular o’z hayotini 
asta — sekin shunga moslashtirib boradi. 
Evolyutsion taraqqiyot davomida organizmlar to’rtta asosiy hayot muhitini 
o’zlashtirgan. Ulardan birinchisi — suv muhiti. Hayot suvda paydo bo’lgan va 


tarqala boshlagan. Keyinchalik tirik organizmlar yer-havo muhitini egallagan. 
Tuproq alohida hayot muhiti hisoblanadi. Hayotning o’ziga xos to’rtinchi muhiti 
bu tirik organizm tanasidir. 
Organizmlarning muhitga moslashuvi adaptatsiya deyiladi (lotincha 
"adaptatsio" — moslashuv). 
Moslashuv tiriklikning asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, mavjudotlarning 
yashab qolishi va ko’payishini ta’minlaydi. 
SHaroitga moslashuv hujayradan tortib har xil ekologik sistema 
faoliyatigacha bo’lgan darajada vujudga keladi. 
Ekologik omillarning quyidagi guruhlari ajratiladi:
1.
Abiotik omillar. 
a) iqlim omillari- yorug’lik, harorat, namlik;
b) edafik omillar- tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, uning fizik 
xususiyatlari; 
v) orografik omillar —relьef sharoitlari
2. Biotik omillar-organizmlarning o’zaro ta’sirlari 
Har bir mavjudotga boshqa tirik organizmlarning ta’siri bor, o’simlik, 
hayvonlar va mikroorganizmlar bilan o’zaro aloqada bo’ladi. Biotik omillar 
quyidagilarga bo’linadi: fitogen — jamoadagi o’simliklarning bir—biriga ta’siri. 
Bunga o’simliklarning bevosita mexanik, simbiozlik, parazitlik, epifitlik ta’siri 
kiradi. Bulardan tashqari, o’simliklarning bilvosita ta’siri (yashash muhitini 
o’zgartirish yo’li bilan) ham amalga oshib turadi, masalan: daraxtlarning o’tlarga 
soya tushirishi va boshqalar 
Zoogen — hayvonlarning oziqlanishi, payhon qilishi va boshqa
mexanik ta’sirlar, changlatish, meva va urug’larning tarqatilishi, muhitga 
ta’sir etishi kabi ta’sirlar.
Mikrobogen va mikogen — mikroorganizmlar va zamburug’larning 
ta’siri. 
3. Antropogen omillar — inson faoliyati ta’siridir. Bunday omillar salbiy 
yoki ijobiy bo’lishi mumkin. Tirik organizmlar yashash muhitining antropogen 


omillar ta’sirida o’zgarishi, o’z navbatida ekosistemalardagi bog’lanishlarning 
inqirozga uchrashiga olib keladi. Bunga o’rmonlarning ko’plab kesilishi, 
cho’llarning o’zlashtirish, yaylovlarda nazoratsiz mol boqilishi va boshqalar misol 
bo’ladi. Tuproq, suv va havoning, sanoat chiqindilari va zaharli moddalar bilan 
zaharlanishi, ba’zi hollarda antropogen omillar ta’sirida butun biotsenozlar 
yo’qolib ketishi ham mumkin. Organizmga har bir omil ta’sir etishining quyi va 
yuqori chegaralari bo’ladi. Omilning qulay ta’sir etuvchi kuchi optimum zona deb 
ataladi. Har qanday ekologik omil ta’sirining optimum, minimum va maksimum 
ko’rsatkichlari bo’ladi. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb 
qaraladi(3-ko’rgazma). 
Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan tur nomiga «evri» old 
qo’shimchasini, tor doirada moslashganlariga esa «steno» old qo’shimchasi 
qo’shib nomlanadi. Organizmlarning temperaturaga moslashuvi evriterm, 
stenoterm, namlikka nisbatan evrigidrid, stenogidrid, sho’rlanishga nisbatan 
evrigalin, stenogalin, bosimga nisbatan evribat, stenobat ekologik guruhlari 
ajratiladi. 
Ekologik omillar organizmning turli funktsiyalariga turlicha ta’sir etadi. 
Sovuqqonli hayvonlar uchun havo temperaturasining 40—45°S bo’lishi modda 
almashinuvi jarayonini tezlashtiradi, ammo ularning faolligi, ya’ni harakatchanligi 
susayadi. Bunday hayvonlar tinim holatiga o’tadi. 
Muhitning ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta’sir etadi. Bir 
omilning ta’siri boshqa omillarining intensivligiga bog’liq bo’ladi. Buni 
omillarning o’zaro ta’sir etish qonuniyati deyiladi. 
Organizmlarning normal hayoti uchun ma’lum bir darajadagi sharoit talab 
etiladi. Agar barcha shart — sharoitlar qulay bo’lib, ulardan biri yetarli miqdorda 
bo’lmasa, cheklovchi omil deb ataladi. CHeklovchi omil organizmni ushbu 
sharoitda yashashi va yashay olmasligini belgilaydi. 
Turlarning shimol tomon siljishiga musbat temperatura omilining 
yetishmasligi ta’sir etsa, qurg’oqchilik rayonlarida esa namlik yoki yuqori 
temperaturaning ta’siri cheklovchi omil hisoblanadi. CHeklovchi omillar, bu faqat 


abiotik omillar bo’lib qolmay, biotik omillar ham bo’lishi mumkin. Gulli o’simlik 
turlarinining tarqalishida ularni changlatuvchi hasharotlar cheklovchi omil bo’ladi. 
CHeklovchi omillarni aniqlash amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. 
Organizmlarning moslashuvi turlichi bo’lishi mumkin. Morfologik 
moslashishlarga suv muhitida gidrobiontlarning suv qarshiligini kesib yurishiga 
mos tana tuzilishi, shuningdek, plankton organizmlarning suvda moslashgan holda 
yashashi kabilarni o’simliklar dunyosida esa cho’l sharoitida minimum suv 
sarflashga moslashish sifatida barglarning reduktsiyalanishi yoki butunlay 
bo’lmasligi, ildizlarining chuqur kirib borishi va baquvvat bo’lishi kabilarni 
ko’rsatish mumkin.
Fiziologik moslanishlarga hayvonlarda ozuqa tarkibiga ko’ra, ovqat hazm 
qilish sistemasida fermentlarning ma’lum turlarining uchrashi yoki cho’lda 
yashovchi hayvonlarning suvga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun yog’larning 
biokimyoviy oksidlanishidan foydalanishi kabilar misol bo’ladi. O’simliklarda 
kechadigan fotosintez va boshqa biokimyoviy jarayonlar atmosferadagi gazlar 
tarkibiga bog’liqdir. Hulqiy yoki etologik moslanishlar hayvonlar uchun xos 
bo’lib, turli shakllarda namoyon bo’ladi. Masalan, tashqi muhit bilan hayvon tanasi 
o’rtasida normal issiqlik almashinuvi uchun in qurish (boshpana topish), qulay 
haroratli joyni izlab topishi, qushlar va sutemizuvchilarda sutkalik va mavsumiy 
ko’chib yurishlar ma’lum. Hayvonlar faqat harorat omiliga hulqiy tomondan 
moslashib qolmay, namlik, yorug’lik va boshqa ko’pchilik ekologik omillarga ham 
moslashadi. Hulqiy moslanishlar yirtqichlarning o’ljani izidan yurishi, kuzatish, 
hamda o’ljani javob reaktsiyalarida ko’rinadi. 
Har bir o’simlik o’zi yashayotgan muhitdagi boshqa organizmlar, ya’ni 
mikroorganizmlar, o’simliklar, hayvonlar bilan murakkab va xilma —xil aloqada 
bo’ladi, natijada ular bir — birlariga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Bu hil ta’sir 
biotik ta’sir deyiladi. Biotik ta’sir zoogen, fitogen omillarga bo’linadi. Zoogen 
omillar-bu hayvonlarning o’simliklarga ko’rsatadigan ta’sirlaridir. Masalan, 
hasharotlar o’simliklarga changlanishida, qush va umurtqali hayvonlar meva va 


urug’larning tarqalishida qatnashadi. Ba’zi bir hayvonlar esa o’simliklar bilan 
oziqlanib, ularni hatto yo’qotib ham yuboradi. 
Hayvonlar o’simliklarga tuproq omillari orqali ham ta’sir ko’rsatadi. 
Masalan, yer kovlovchi hayvonlar tuproq mexanik va biologik xususiyatlarining 
o’zgarishiga 
olib keladi. Tuproq hosil bo’lishida, unda yashovchi 
mikroorganizmlar katta ta’sir ko’rsatadi. 
O’simliklarning o’simliklarga bevosita ko’rsatadigan ta’siriga quyidagilar 
kiradi: parazitizm, simbioz, bir o’simliklarning boshqasiga mexanik ta’siri, birining 
ikkinchisini siqib chiqarishi, (lianalar va epifitlar va boshqalar). Antropogen omil 
bu insonlarning tabiatga ko’rsatadigan ta’siri. U salbiy yoki ijobiy bo’lishi 
mumkin. Ijobiy ta’sirga, biotsenozlar hosil qilish, daraxtlarni ko’paytirish va 
boshqalar kiradi. Salbiy ta’sirlarga havo, suv, tuproqni ifloslantirish, o’simliklar 
jamoasining degradatsiyaga uchratilishi, yerlarning eroziyaga uchrashi va 
boshqalar kiradi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə