Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/68
tarix23.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#155563
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   68
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fani boyicha maruzalar matni

Suv ekologik omili.
Suv asosiy ekologik omillardan biri bo’lib, yer yuzidagi 
o’simliklar va hayvonlarning yashashi uchun muhim omil hisoblanadi. Muhit 


bilan modda olmashinuvi va fotosintez jarayonida suv metabolit va erituvchi 
sifatida qatnashadi. Mineral tuzlar o’simlikka tuproqdan suvda erigan holda o’tadi. 
Gidrobiontlar uchun suv yashash muhiti bo’lib hisoblanadi. 
Suvsiz modda almashinuvi davom etmaydi. Suv bu hayot demakdir. Tirik 
organizmlar asosi suvdir. o’simliklarda u 40 —98% tashkil qiladi. Hayvonlar 
tanasida ham suvning miqdori turlicha: cho’l chigritkasida 35%, it baliqda 93%, 
kattasida 77,8%, sichqon bolasida 83
%, 
kattasida 79%. Suv yetishmasligiga 
chidamlilik tur ekologiyasiga bog’liq. Masalan dasht sharoitida yashovchi 
kurbaqa,tanasidagi suvni 50% ni yo’qotganda, namlikni yaxshi ko’ruvchi o’tloq 
qurbaqasi esa suvning 15% ni yo’qotganda o’ladi. 
Hayvonlarda namlikka chidamlilik o’simliklarga nisbatan kuchliroq. 
Masalan, odam o’z tanasidagi suvning 10% ni yo’qotsa, nobud bo’ladi. Tuya esa 
27%, qo’y 23 %, it 17 %, suv yo’qotganda o’ladi. 
O’simliklarning suvga ehtiyoji juda yuqori. O’rta iqlimda o’sadigan 
o’simliklarning 1 g quruq modda hosil qilishi uchun 250 —400g suv kerak. 
Organizmlarning Yer yuzida zonalar bo’yicha tarqalishida, suv asosiy 
cheklovchi omil bo’lib xizmat qiladi. 
Quruklikda o’sadigan o’simliklar uchun asosiy suv man’bai sifatida 
atmosfera yog’ini xizmat qiladi. O’simliklarning suv bilan ta’minlanishi 
joylarning umumiy xarakteristikasiga bog’liq. 
Ekvatorial oblastlarda yil davomida 1000 mm yog’in tushadi. CHo’l 
zonalarida yog’in miqdori 100 mm va undan kam ham bo’lishi mumkin. 
O’simliklarga suv o’tishining asosiy yo’li, bu ildiz sistemasi bo’lib, 
o’simlik ildiz orqali tuproqdan suvni shimadi. Tuproqdagi suvlar, mexanik 
ushlanishi bo’yicha, 3 xil bo’ladi, ular: 
1. Gravitatsion suv 
2. Kapillyar suv 
3. Bog’langan suvlardir 
Gravitatsion suv — tuproqning katta donachalari orasidagi bo’shliqni 
to’ldirib turuvchi va tez harakat qilib, pastki yer osti suvlargacha yetuvchi 


suvlardir. Kapillyar suvlar — tuproq donachalari orasidagi mayda bushliqlarni 
to’ldiruvchi va katta kapillyar kuch bilan bog’lanib turuvchi suvlardir. Bog’langan 
suvlar esa tuproq donachalari ustida, adsorbtsiya kuchi yordamida bog’lanib 
turuvchi suvlardir. Bu suvlardan tez o’zlashtiriladigani gravitatsion suvlardir. 
Bog’langan suvlar qiyin o’zlashtiriladi, ularni o’lik zapas ham deyiladi. 
O’simliklar hayotining namlikka bog’liqligini bilish uchun ularning suv 
rejimini aniqlashimiz kerak. U esa, bir qator fiziologik ko’rsatgichlar bilan 
xarakterlanadi: 
— barglar va poyadagi suv miqdori, 
— hujayra shirasining osmotik bosimi
— barglardagi suv yetishmasligi, 
— transpiratsiya tezligi, 
— o’simliklarning suvni o’zida saqlash qobiliyati va boshqalar. 
Er yuzidagi o’simliklar har xil namlik sharoiti va muhitga moslashishi 
bo’yicha, 3 ekologik tipga bo’linadi. 
1. Gigrofitlar 
2. Mezofitlar 
3. Kserofitlar 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə