Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/68
tarix23.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#155563
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fani boyicha maruzalar matni

Hayvonlarda suv balansi 
Hayvonlar suvni 3 xil yo’l bilan qabul qiladi: ichish yo’li, ho’l ovqatni qabul 
qilish hamda metabolizm jarayonida, ya’ni yog’, oqsil va uglevodlarning 
parchalanishi natijasida hosil bo’lgan suvdan foydalanish bilan birgalikda 
chiqariladi. 
Hayvonlar suvni teri va nafas organlari orqali bug’lantirish, buyrak orqali 
filьtrlash, hamda hazm qilinmagan ovqat qoldiklari bilan birgalikda tashqariga 
chiqarish yo’li bilan yo’qotadi. 
Hayvonlarda suv yo’qotish, suv qabul qilish orqali to’ldirib turilishi kerak. 
Ochlikdan ko’ra, suv yo’qotish o’limga tezroq olib keladi. Qurg’oqchilik sharoitida 
hayvonlar suv manbalaridan uzoqda yashay olmaydi. qushlar ham suvsiz yashay 
olmadi. Ko’p hayvonlar suv ichmay yashashlari mumkin, chunki ular suvni ho’l 


ovqat orqali qabul qiladi. Havo namligi ham hayvonlar uchun juda zarur, chunki 
namlik katta bo’lganda ularning tanasi orqali bug’lanadigan suv miqdori kamayadi. 
Hayvonlarning suv ekologik omiliga nisbatan munosabati butun Z ta 
guruhga bo’linadi.
1. Gigrofillar, suvni yaxshi ko’ruvchilar, bularga qon so’ruvchi chivinlar 
misol bo’lishi mumkin. 
2. Mezofillar — namlikda uchrovchi hayvonlar —hasharotlar. 
3. Kserofillar — quruq joylarda yashovchi hayvonlar cho’l — chigritkasi, 
cho’l qo’ng’izi va boshqalar. 
SHunday qilib suv ekologik omili eng asosiy omillardan bo’lib, barcha 
organizmlar tarkibiga kiradi ham o’simlik va hayvonlarning yer yuzida tarqalishini 
belgilovchi asosiy omil bo’lib ham hisoblanadi. 
Edafik omilning o’simlik va hayvonlar hayotidagi roli. 
Hayvonot va 
o’simliklar hayotida har xil iqlim omillari bilan bir qatorda tuproq sharoiti ham 
muhim rol o’ynaydi. Edafik omil "Edafos" — grekcha tuproq omilini bildiradi. 
Tuproq organizmlarining suv muhitidan quruqlikka chiqishida normal 
sharoit yaratib bergan muhit hisoblanadi. Edafik omil boshqa ekologik omillardan 
o’zining xarakterli tomonlari bilan ajralib turadi. Birinchidan, iqlim omillaridan 
farq qilib, u organizmlarga faqat ta’sir qilib qolmasdan, ko’pgina mikroblar
o’simliklar va hayvonlar uchun yashash muhiti yaratuvchi omil bo’lib xizmat 
qiladi. Ikkinchidan, u tog’
jinslari, iqlim, organik dunyo bilan kishilik jamiyati 
orasida bir —biriga ta’sir qiluvchi dinamik mahsulot hamdir. 
Uchinchidan, edafik omilning o’ziga xos xarakteri shundaki, u abiotik va 
biotik omillar chegarasida turadi. SHuning uchun uni tuproqshunoslar biokos 
modda deyishadi. 
Tuproq omili turli joylarda turlicha bo’lib, u doimo o’zgarib turadi. U V. 
Dokuchaev aniqlagan qonuniyatlar asosida keng geografik masshtabda mintaqalar 
o’zgarishiga xos o’zgaradi. 
Tuproqlar 3 fazali tuzilishi bilan o’zaro farqlanadi, chunki u qattiq, jinslar, 
suv va havo fazalaridan iborat. Ekologik nuqtai nazardan, unda quyidagi 


elementlarni ajartish kerak—uning mineral va organik qismi, suvli eritmasi, tuproq 
havosi, mikroorganizmlar, o’simliklar va hayvonlar. 
Uning organik qismi — o’simlik va hayvonlar qoldiqlaridan hosil bo’ladi. 
Organik moddalarning miqdori uning hosildorligini belgilaydi. Tuproqda juda ko’p 
miqdorda mikroorganizmlar mavjud. Masalan, 1 g hosildor tuproqda 2 milliardga 
yaqin bakteriya, bir necha million aktinomitsetlar va zamburug’lar, yuzlab boshqa 
mikroorganizmlar, hamda yashil suv o’tlari bor. 
Tuproqdagi xlorofilsiz organizmlarning roli ham katta, ular organik va 
anorganik moddalarni o’simliklar uchun o’zlashtiraldigan holatga keltiradi. 
Tuproq ba’zi umurtqali hayvonlar uchun yashash muhiti bo’lib xizmat 
qiladi. Unda suv va qurg’oqda yashovchi, sudralib yuruvchilar, hamda ko’pgina 
qushlar yashaydi. 
Tuproq ekologik omili o’simliklar uchun ham muhimdir. 
Birinchidan, u tayanch vositasi hisoblanadi, ikkinchidan o’simliklar 
tuproqdan suv va unda erigan mineral tuzlarni o’zlashtiradi. O’simlikka tuproqning 
mexanik va kimyoviy tarkibi, hamda mikroflorasi juda katta ta’sir ko’rsatadi. 
Tuproqning mexanik tarkibi har xil bo’lib, u qumlik tuproq, loy tuproq, 
qumloq, tuproq va hokazolarga bo’linadi. 
Tuproqdagi o’simlik uchun muhim bo’lgan kimyoviy elementlarga 
quyidagilar kiradi: azot, fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, temir hamda bir qator 
mikroelementlar- mis, bor, tsink, molibden va boshqalar. Bu elementlarning modda 
almashinuvida roli katta va biri ikkinchisining o’rnini bosa olmaydi. Ozuqa 
zapasiga boy bo’lgan tuproqlarda eutrof o’simliklar uchraydi. Ozuqaga kam 
bo’lgan tuproqlarda oligatrof o’simliklar uchraydi. O’rtacha ozuqali tuproqlarda 
mezotrof turlar uchraydi. 
Sayyoramizning 25% yerlari har xil miqdorda sho’rlangan. O’simlik uchun 
eng zararlisi bu oson eriydigan tuzlar — osh tuzi, magniy xlorid. CaSO
4
, MgSO
4

CaCO
3
bular nisbatan zararsizroq, chunki ular qiyin eruvchi tuzlar. 
Tuproq tarkibida ko’p miqdorda tuzlar uchrasa, o’simlikning osmotik 
bosimi ko’tarilib uning suv bilan ta’minlanishi buziladi va u zaxarlanadi. 


Kuchli sho’rlanish oqsil moddalari sintezlanishini sekinlashtiradi, o’sish 
jarayonini susaytiradi, tuproq mikroorganizmlarining o’lishiga ham olib keladi, 
Nam havoli iqlim sharoitidagi tuproqlarning doimo yomg’ir suvlari bilan yuvilishi 
natijasida ularda tuzlar to’planmaydi. Ularning suv va tuz rejimi boshqacha 
bo’ladi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə