Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/68
tarix23.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#155563
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fani boyicha maruzalar matni

Mintaqaviy ekologik muammolar 
Er yuzasining muayyan mintaqasi o’ziga xos tabiiy-iqlim, ijtimoiy-ekologik
etnografik xususiyatlari uni tabiat bilan inson o’rtasidagi o’zaro aloqa 
munosabatlari xarakterini belgilab beradi. Mintaqaviy ekologik muommolarga 
baho berishning mezoni havo va suvning ifloslanishi, belgilangan miqdordan oshib 
ketishi, tuproq eroziyasi, yaylovlarning ishdan chiqishi, o’rmonlarda daraxtlarni 
kesish va boshqalar hisoblanadi. 
Markaziy Osiyoda mintaqaviy ekologik muommolardan eng muhimi Orol va 
Orol bo’yi ekologik muammosidir. Bu sohadagi batafsil ma’lumotni Orol dengizi 
muammosi qismidan olasiz.
Bundan tashqari Respublikada keskin bo’lib turgan ekologik va tabiatni 
muhofaza qilishga oid muammolarga: 


1)
Yirik – hududiy-sanoat majmualari joylashgan rayonlarda (Angren – 
Olmaliq – CHirchiq, Farg’ona – Marg’ilon, Navoiy va hokazo) tabiatni muhofaza 
qilish muammolari; 
2)
Agrosanoat majmuidagi ekologik mammolar; 
3)
Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari, pestitsidlar va mineral o’g’itlar 
bilan ifloslanishi; 
4)
O’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash 
muammolari, qo’riqxonalar va milliy bog’lar tarmog’ini kengaytirish va hokazolar 
kiradi. 
Mahalliy ekologik muammolar 
Xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari, ayniqsa, sanoatda va transportdan 
«chiqindi» deb nom olgan qo’shimcha mahsulot ajralib chiqadi. Bu mahsulotlar 
Respublikamizning ba’zi bir hududlarida ko’p chiqarilmoqda va natijada tabiatni 
bulg’ab, barcha tirik organizmlar, xususan inson salomatligi uchun zarar 
keltirmoqda. Ana shunday atmosfera havosini buzadigan chiqindilarga tutun va har 
xil zaharli gazlar kirib, ular ko’pincha Olmaliq, Angren, Farg’ona, Qarshi, 
Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, CHirchiq, Bekabod va shu kabi sanoati 
rivojlangan, transport qatnovi katta bo’lgan shaharlar havosini ifloslantirmoqda.
Birgina Samarqand shahrida atmosfera havosini ifloslantirishda kimyo 
zavodi, «CHinni ishlab chiqaruvchi», «Xolodilьnik», vino-spirt, konserva ishlab 
chiqaruvchi, paxta tozalash zavodlari, mebelь fabrikasi va boshqalar ishtirok 
etmoqda. 
Havodagi ifloslanishlarning 70 – 80 % avtomashinalarga to’g’ri keladi.
Yu.V.Novekov

Beknazarov
larning (1983) yozishicha avtomobillar havoga 200 
dan ortiq turli aerozol zarrachalarni chiqaradi. Har bir avtomobilga bir yilda 200 kg 
(asosan benzin) va 300 ming kg havo sarflanadi. Ana shu yoqilg’idan bitta 
avtomobil havoga bir yilda 700 kg uglerod oksidi, 230 kg yonmagan uglevodlar, 
30 kg azot oksidi va 2 – 5 kg kattiq moddalar chiqaradi.
Samarqand shahrida 100 mingdan ortiq avtomobillar mavjud. Avtomobillar 
ko’p yuradigan katta ko’chalar atrofida uglerod oksining miqdori ruxsat etilgan 


me’yordan (REM) 2 – 3 marta, azot oksidi 2 – 2,5 marta ortiqligi kuzatilgan. 
SHaharda A.A.Rudakiy, Yu.A.Gagarin, Y.Oxunboboev, «Universitet hiyoboni», 
A.Ikromov, A.Temur, SH.Rashidov, V.Abdullaev ko’chalarida gazlar bilan 
ifloslanish juda kuchli. 
Samarqand va Navoiy shaharlari aholisi uchun mahalliy ahamiyatga ega 
bo’lgan muammolardan yana biri Zarafshon daryosining og’ir metallar bilan 
ifloslanishidir. 
A.Raxmatullaev
va 
R.I.Mamajonov
larning (1998) ma’lumotlariga 
qaraganda bu shaharlarga yaqin Zarafshon daryosining suvi tarkibida mis va rux 
me’yorlaridan 1,5 – 20 marta, olti valentli xromning o’rtacha miqdori Navoiy 
shahri yaqinida 4 barobar ortiqligi, eng ko’p miqdori 17,4 marta ko’pligi 
aniqlangan. 
Bundan tashqari har birimizning hovlimiz, uy-joyimiz, mahalla va 
tanamizning sanitariya holati ham ba’zi ekologik muammolarga olib kelishi 
mumkin.
Markaziy Osiyo agrolandshaftlarining ekologik vaziyatining buzilishiga ta’sir 
etuvchi omillardan yana biri madaniy tuproqlarning qaytadan sho’rlanish 
jarayonidir. Tuproqlarning qaytadan sho’rlanishining asosiy sababi sug’oriladigan 
suvlardan keladigan qo’shimcha tuzlar, tuproqlarning quyi katlamidagi ona jinslar 
tarkibida bo’lgan tuzlarning faollashuvi, grunt suvlarining minerallashishi va 
boshqa jarayonlardir. Bular o’z navbatida tuproqlarda suv – tuz balansi 
qonuniyatining buzilishiga olib keladi. 
Hozirgi paytda Markaziy Osiyo mintaqasidagi madaniy tuproqlarning qayta 
botqoqlanish jarayoni markaziy Farg’ona, Mirzacho’lda, Qarshi va SHerobod 
cho’llarida, Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolarining quyi qismlarida, 
Tajan va Murg’ob delьtalarida, Vaxsh botqog’ida barpo etilgan agrolandshaftlarda 
intensiv ravishda namoyon bo’lmoqda. Binobarin, agrolandshaftlarning hozirgi 
ekologik holatini optimallashtirish va sog’lomlashtirish uchun ularda insonning 
xo’jalik faoliyati tufayli faollashgan geokimyoviy jarayonlarni, modda va energiya 
almashinuvini, tuz – suv balansi qonuniyati buzilishini mahalliy va mintaqaviy 
masshtablarda boshqarishni o’rganmoq va tashkil etmoq zarurdir. 


Markaziy Osiyo antropogen landshaftlarining eng muhim komponentlaridan 
biri bo’lgan ichki suvlari ham yildan – yilga kuchli ifloslanib bormoqda. Bu hol 
ayniqsa, agrolandshaftlarning tarkibiy qismi bo’lgan paxta va sholi ekin 
maydonlarida va hokazo geotizimlarning tevarak atroflarida yaqqol ko’zga 
tashlanmoqda. Yerlarning sho’rini yuvishda foydalaniladigan suvlar zovur va 
kollektorlarda to’plangan 30 km
3
miqdordagi kuchli minerallashgan qaytar suvlar 
har yili daryolarga, kanallarga, vohalarning tevarak atrofidagi pastqam joylarga va 
cho’kmalarga tashlanmoqda. Natijada vohalar va agrolandshaftlar atrofida sho’r 
ko’llar va botqoqliklar intensiv ravishda rivojlanmoqda. Ekologik vaziyaning 
bunday holatdagi buzilishi, ayniqsa, Xorazm vohasi uchun xosdir. SHu sababli 
obikor dehqonchilik rivojlangan hududlarda kuchli minerallashgan kollektor – 
zovur suvlarini chuchuklashtirish muammosi gidromelioratorlar oldida turgan 
o’lkan vazifalardan biridir. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə