Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/68
tarix23.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#155563
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fani boyicha maruzalar matni

Populyatsiyalar 
dinamikasi. 
Populyatsiyalar 
ekologiyasi 
zararkunandalarning ko’payishini oldindan aniqlaydi va unga qarshi kurash 
yo’llarini ishlab chiqadi. U turlarning kritik soni va yashovchanligini o’rganadi. 
Populyatsiyadagi organizmlar sonining dinamikasi uzoq, vaqt muddat davomida 
kuzatishlar olib borib, uning tashqi muhit omillariga bog’liqligi aniqlanadi.
Populyatsiyalar 
ekologiyasining 
predmeti 
populyatsiyaning 
tuzilishi, 
dinamikasini, yoshi va jinsini o’rganishdan iborat. CHunki ular hosildorlik va 
ko’payish xarakterini ko’rsatadi, bu esa yashash sharoitiga moslashish kriteriyasi 
bo’lib, o’lish bilan ko’payish o’rtasidagi nisbatan belgilaydi. 
Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri, o’zini son jihatidan idora 
etishdir. Ayni sharoitda individlar optimal sonning individlar saqlanib turilishi 
populyatsiyaning gomeostazi deyiladi. Ta’rifdan ko’rinib turibdiki populyatsiya 
guruhiy birlashma hisoblanadi. Individlar o’rtasida aloqalar bo’lishi bilan birga, 
ularning yashab turgan joylari bilan ham aloqalari mavjud. Guruhli hayot tarzi, 


populyatsiya uchun o’ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Bunday 
xususiyatlar quyidagilardan iborat: populyatsiyaning soni, zichligi, tug’ilishi, 
o’lishi, populyatsiyaning o’sishi, o’sish sur’ati, biotik potentsiali va boshqalar. 
Individlarning ma’lum xududda tarqalishi, jinsi va yosh bo’yicha nisbatlari, 
morfologik, fiziologik xulqi va genetik xususiyatlar populyatsiyaning tuzilmasini 
ifodalaydi. 
Populyatsiyadagi individlar bir—biridan yoshi, jinsi, o’zaro chatishadigan 
avlodlariga hayot tsiklining turli fazalar va guruhchalarga (poda, koloniya va 
boshqalar) mansubligi bilan farq qiladi. Har qanday tur populyatsiyalar tizimidan 
tarkib topadi. Uning tuzilmasi esa individlarning harakatlanishi yoki ma’lum 
xududga bog’liklik darajasi, tabiiy to’siqlarni yengib o’ta olish kabi biologik 
xususiyatlari 
bilan 
belgilanadi. 

doimiy emas. Populyatsiyalar ichida 
organizmning o’sishi, turilishi va boshqa ko’pgina sabablarga ko’ra, ya’ni tashqi 
muhitning o’zgarishi, dushmanlar sonining o’zgarishi kabi qator omillarga bog’liq 
holda o’zgarish vujudga keldi. 
Populyatsiyaning jins tuzilmasi, turli yosh va guruhlardagi erkak va 
urg’ochi individlarning soni orqali ifodalanadigan nisbatidir. Populyatsiyadagi 
jinslar nisbati, birinchidan, jinsiy xromosomalarning qo’shilishiga, ya’ni genetik 
qonuniyatlarga bog’liq. Ikkinchidan, unga ma’lum darajada tashqi muhit xam ta’sir 
etishi mumkin. Populyatsiyaning evolyutsiyasi uchun urg’ochi organizmlarning 
soni muhim ahamiyatga ega, Masalan, odamlar populyatsiyasining potentsial 
o’sishi, o’smir va qariyalar emas, 15 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan ayollar 
hisobiga to’g’ri keladi. 
Populyatsiyadagi individlarning nobud bo’lishi va jinslar nisbati amaliy 
ahamiyatga ega. 
Populyatsiyaning yosh tuzilmasi qayta tiklanish jadalligi, nobud bo’lishi 
darajasi va nasllar gallanishining tezligi kabi muhim jarayonlarni ifodalaydi. U 
aniq sharoitga qarab, har bir populyatsiya uchun turning genetik hususiyatiga 
bog’liq bo’ladi. Yosh tuzilmasi har xil usullarda ifodalanadi. 


Populyatsiyani boshqarish, foydalanish, monitoring va muhofaza vositasi 
bo’lib xizmat qiladi. CHunki populyatsiya sonining boshqarilishi tabiatda 
kuzatiladi, uning bir qismi olinganda u yana tiklanadi. SHuning uchun 
populyatsiyani boshqarish muhofaza vositasi bo’lib xizmat qiladi. U monitoring 
vositasi ham, chunki tur emas, ularning populyatsiyasini kuzatish kerak. Muhofaza 
qilganda esa populyatsiyalarni muhofaza qilish orqali o’simlik va hayvon turlarini 
saqlab qolish mumkin. 
Hozirgi vaqtda antropogen omillar ta’sirida tabiiy o’simliklar jamoasida 
ba’zi bir ko’p iste’mol qilinadigan dorivor va yem-xashak o’simliklarining 
populyatsiyalaridagi organizmlar meyorsiz foydalanish natijasida yo’qolib 
ketmokda. Masalan, mollar ko’p yeydigan yem —xashak o’tlari meyorsiz 
foydalanish natijasida Angren adirlari va boshqa joylarda kamayib bormoqda
ularning joyini esa termopsisga o’xshagan mollar iste’mol qilmaydigan o’simliklar 
populyatsiyasi egallamoqda. SHuning uchun foydali o’simliklar populyatsiyasini 
saqlab qolishda populyatsiyalarni monitoring yo’li bilan kuzatish kerak va foydali 
o’simliklar populyatsiyasining tiklanishi uchun tabiatdan me’yorda foydalanish 
kerak. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə