Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/68
tarix23.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#155563
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fani boyicha maruzalar matni

Harorat ekologik omili.
Harorat asosiy iqlim omillaridan biri bo’lib, bu 
hayotiy jarayonlar unga bog’liq. Harorat organizmlarga bevosita va bilvosita ta’sir 
ko’rsatadi. U, o’simliklar va hayvonlar ta’sirida o’zrapib turadi. Masalan, 
o’rmonlar ta’sirida muhit harorati pasayadi. Asalarilar o’z uyasida harorat 13°S 
gacha pasayganda, muskullari harakati kuchayishi natijasida uya haroratini 20 —
30°S gacha ko’taradi. Hayvonlar o’z inlarida ham ma’lum haroratni saqlaydilar. 
Harorat hayvon va o’simliklar hayotida bu ekologik omil modda 
almashinish tezligi, fotosintez, transpiratsiya va boshqa bioximik va fiziologik 
jarayonlar hamda ekologik hulqatvor reaktsiyalariga ta’sir qiladi. 
Sayyoramizda organizmlar katta harorat diapazonida yashaydi. Ko’p turlar 
uchun 20 —30°S ekologik optimum hisoblanadi. Ko’pchilik gidrobiontlar esa 35°S 
dan baland haroratda yashay olmaydi. Quruqlikda yashovchi issiqsevar 
organizmlar 50°S haroratga ham chidamlidirlar. 
Qisqichbaqalarning bir turi 45—48°S da yashaydi va suv harorati 30°S ga 
tushganda esa o’lib qoladi. Mollyuskalarning ayrim turlari 60°S gacha haroratga 
chiday oladi. Bakteriyalarning ayrim turlari 70—90°S haroratli manbalarda 
uchraydi, sporalari esa 120— 140°S gacha chidaydi. Bu hayotning eng baland 
harorat chegarasi hisoblanadi. 
Organizmlarning past temperaturaga chidamliligi quyidagicha. Ko’pchilik 
hayvonlar 5°S harorat tushgunicha chidaydi, eng tuban harorat 0°S hisoblanadi. 
Dengizdagi sovuqqa chidamli hayvonlar esa — 3,3°S ga, hasharotlar — 20 — 45 
°S ga chidaydi. 
Yoqutiston sharoitida o’simliklar — 68°S ga ham chidaydi Urug’ va 
sporalar esa — 190 —273°S chidaydi. Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki 
organizmlar turli harorat diapazoniga ega va ular turli yo’llar bilan tuban haroratga 
moslashadi. 
Er yuzida 5 ta issiqlik zonalari bor. Ular ekvator, tropik, subtropik, o’rta va 
qutbiy iqlimlardir. 
Ekologiyada atrof muhitning issiqlik holati harorat orqali ifodalanadi, 
buning uchun 100°S shkalasi ishlatiladi. Geografik rayonlarning issiqlik bilan 


ta’minlanishi, umumiy iqlim ko’rsatkichlari bilan belgilanadi. Ular joyning 
o’rtacha yillik harorati, absolyut maksimum va absolyut minimum, eng issiq va 
eng sovuq oylarning o’rtacha temperaturalaridir. 
Temperaturaning keng diapozoniga chidamli turlar — evriterm turlar, 
temperaturaning tor diapazoniga chidamli turlar stenoterm turlar deyiladi. 
Harorat o’simlik va hayvonotning zonal tarqalishni belgilovchi omil bo’lib 
xizmat qiladi. Xarakterli tabiat zonlari biom deyiladi. Biomlarning tarqalishi 
geografik va vertikal zonalar bo’yicha tarqalish printsipiga bo’ysinadi. Geografik 
zonalar: tundra, o’rmon, dasht, chala cho’l, cho’l. Vertikal zonalar: cho’l, adir, 
tog’, yaylov. 
Temperatura o’simlik va hayvonlarning o’sishi, rivojlanishi, morfologik 
belgilari va hayvonlarning hulqiy reaktsiyalariga to’g’ridan — to’g’ri ta’sir qiladi. 
Organizmlarning tana temperaturasi haroratga bog’liq. Undagi modda 
almashinuv jarayonlarining o’tishi ham temperaturaga bog’liq. Haroratning 10°S 
ga ortishi, reaktsiyani 2 — 3 marta tezlashtiradi. (Van —Goff qonuni). Hayvonlar 
temperatura omiliga moslashish darajasiga qarab 2 xilga ajratiladi.
1. Poykiloterm. 
2. Gomoyoterm. 
Poykilotermlar deb hayoti, birinchi navbatda, tana temperaturasi tashqi 
muhit temperaturasiga bog’liq ravishda o’zgaruvchi hayvonlarga aytiladi. Misol 
uchun: ba’zi bir xordalilar va umurtqalilarni olish mumkin. 
Tana temperaturasini tashqi muhit haroratiga bog’liq bo’lmagan holda 
doimiy holatda tutuvchi organizmlar gemoyoterm hayvonlar deb ataladi. 
Poykiloterm hayvonlar sharoit yashash uchun noqulay bo’lganda, ular 
uyquga ketadi. Aktiv holatda, ular tana temperaturasini saqlab turadi, passiv yoki 
aktiv bo’lmagan holatda esa ularning tana temperaturasi pasayadi. Misol — 
yumronqoziq, tipratikon, ko’rshapalak; qushlardan: kolibri va boshqalar. 
Harorat — organizmlar hayotining turli tomonlariga ta’sir qiluvchi omil. U 
organizmlar tomonidan qabul qilinayotgan ovqat miqdori, ovqatlanish vaqti, 


organizmlarning hosildorligi — yetilish darajasiga ta’sir etadi, tez rivojlanishiga 
yordam beradi yoki halaqit beradi, past haroratda esa buning aksi bo’lganida. 
Rivojlanish tezligini aniqlashda musbat temperaturalar yig’indisi 
muhim 
omil hisoblanadi, O’rtacha temperatura ma’lum bo’lgan holda organizmlarning 
yetilish vaqtining ko’payishini va hayotning uzoqligini aniqlashga imkon beradi. 
Noqulay harorat organizmlarda rivojlanishning to’xtab qolishiga —diapauzga olib 
kelishi mumkin. O’zgarib turuvchi harorat o’sishni tezlashtiradi, yarovizatsiya, tun 
va kun haroratlari buning isbotidir. 
Effektiv 
temperaturani 
aniqlash 
qishloq 
xo’jalik 
amaliyotida, 
zarakunandalar bilan kurash olib borilganida, yangi turlarning introduktsiyasida 
katta ahamiyatga ega. 
O’simliklarda issiqlikdan saqlanishi uchun, quyidagi moslashuvlar bor: 
issiqlikni qaytarish uchun anatom — morfologik moslashuv, bu shundan iboratki 
o’simliklarning tukchalar bilan qoplanishi ularga oqish rang berib, issiqlik taftini 
qaytarish rolini o’ynaydi. 
Barglarning yaltirashi, ularning vertikal va meridional shaklda joylashishi. 
/allasimon o’simliklarda barglarning o’ralishi, barglar sathining qisqarishi. Bu 
moslashishlarning hammasi, ham issiqlikka, ham suv bug’latishni qisqartirishga 
qaratilgan kompleks moslashishdir. 
Fiziologik moslashuv. Bargning isib ketishiga qarshi fiziologik moslashuv 
bu —kuchli transpiratsiya, organik kislotalar hosil qilish. Aleksandrov (1975) 
bo’yicha, issiqlikka chidamlilik bu oqsil molekulalarining chidamliligidir. 
Fiziologik moslashuvlardan yana biri bu tuban o’simliklardagi anabioz 
holatiga o’tishdir. 
O’simliklar jamoasida salqin joylarni egallash. 
Bahorda, salqin fasldan foydalanib issiqda, uyquga ketish — efemerlar, 
efemeroidlar. 
Temperaturaning organizmlar xulq —atvoriga ta’siri natijasida, ular 
noqulay temperaturalardan o’zlari uchun qulay mikroiqlimiy sharoitga qochishlari 
mumkin. Buning natijasida ular katta territoriyaga migratsiyalanishi mumkin. 


Poykiloterm hayvonlarda kimyoviy va fizikaviy termoregulyatsiya taraqqiy 
etmagan. Ular noqulay harorat paydo bo’lishi bilan undan uyalarda yashirinadi, 
tuproqda, ba’zilari esa to’planib turishadi. 
Organizmlar temperaturaga fiziologik holatni o’zgartirish orqali ham 
moslashadi. Tinim yoki uyquga ketish 2 xil bo’ladi: 
a) yozgi tinim temperatura baland va namlik kam bo’lganda yozgi tinim 
to’xtashi (shuvoq); 
b) qishki uyquga ketish yoki tinim olish temperatura past bo’lganda. 
Tinimga ketish har xil bo’lishi mumkin. Bunday tinim yaxshi sharoit yoki 
migratsiyaga ham olib kelishi mumkin, Issiq sharoitda yashovchi hayvonlarda esa, 
u sutkalik ritmning o’zgarishiga olib kelishi mumkin, masalan, cho’l hayvonlari 
kunduzi dam olib, kechasi aktiv hayot kechiradi. 
Poykiloterm hayvonlar tana temperaturasini quyoshga qaratib, o’zgartirib 
boshqaradi. Masalan, chigirtka ertalab quyosh nurlariga tanasining keng tomonini, 
tushda esa tor tomonini qaratadi. 
Harorat va hayvonlar morfologik tuzilishi orasidagi qonuniyatlar bor. Bu 
Bergman qonuniyati bo’lib, u shundan iboratki, sovuq iqlimli joylarda katta 
hajmdagi turlar tarqalgan. Hayvon qancha katta bo’lsa, uning issiqlik yo’qotishi 
shuncha kam bo’ladi. Sovuq iqlimli rayonlarda tarqalgan sut emizuvchi 
hayvonlarda quloq va dum yuzasining qisqarishi kuzatiladi, bo’yin va oyoqlari 
qisqargan bo’lib, tanasi yerga yaqin joylashadi, ya’ni oyoqlari kaltaroq bo’ladi, 
masalan, buni tulkilarda ko’rish mumkin. 
Fizikaviy 
termoregulyatsiya, 
hayvonlar 
uchun 
ekologik 
tomondan 
foydaliroq. Bu sutemizuvchi hayvonlarda tananing yung bilan qoplanishi, 
qushlarda pat bilan qoplanish, teri ostida yog’ qatlamining bo’lishi. 
Temperatura organizmlarning tinim holatidan chiqishi, diapauzaga o’tishi yoki 
migratsiyaga ketishiga sabab bo’ladi. U o’simliklar va hayvonlardagi hayot 
formalariga ta’sir qiladi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə