Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/68
tarix23.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#155563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fani boyicha maruzalar matni

P.A.Baranov
va 
I.A.Raykovalar
Pomir tog’larida cho’l biotsenozlarining kelib 
chiqishi, dinamikasi va evolyutsiyasida organizmlarning hayotida noqulay 
haroratning ahamiyati, madaniy biotsenozlarni yuqori tog’ sharoitida yaratish 
masalalari ishlab chiqildi. 
R.I.Abalin
, Ye
.P.Korovin

M.V.Kulьtiasov
va 
I.I.Granitov
larning ekolog – fitotsenologik qarashlari ularning chop etgan bir qator 
ishlarida o’z aksini topgan. Markaziy Osiyodagi hayvonlar ekologiyasi 
yo’nalishlari bo’yicha kompleks ilmiy ishlar 
T.Z.Zohidov
nomi bilan chambarchas 
bog’liq. 
T.Zohidov
Qizilqum cho’llarining o’ziga xos hayot makoni ekanini, qumli, 
sho’rxok loyli va toshloq cho’llarini mustaqil biotoplar sifatida tavsiflab, ularni o’z 
navbatida mayda hududiy birliklar, ya’ni fatsiyalarga ajratib berdi.


D.N.Kashkarov
va 
T.Z.Zohidov
va boshqalarning asarlarida har bir tashqi 
muhit omili (geologik, tarixiy, orografik, iqlim, substrat, o’simliklar va hokazolar) 
ta’sirida ma’lum hududlar bo’yicha hayvonlar guruhi hamda biotsenozlarning 
taqsimlanganligi ochib berilgan. 
O’zbekistonda o’simliklar ayrim turlarining ekologiyasini (autekologiya) 
o’rganish ishlari Ye
.T.Korovin

M.V.Kulьtiasov
va 
M.S.Popov
larning ishlari bilan 
bog’langan. O’zbekistonda ekologik yo’nalishdagi ishlarning asoschilari 
D.N.Kashkarov
va Ye
.P.Korovin
hisoblanadi. 1930 yillarda bu olimlar tomonidan 
«Muhit va jamoa», «O’rta Osiyo va Qozog’iston cho’llarining turlari va ulardan 
xo’jalikda foydalanish istiqbollari», «CHo’llardagi hayot» kabi ilmiy asarlar chop 
etilib, bu asarlarda ekologiya fani va uning vazifalari, uslublari o’z aksini topgan. 
Ekologik kuzatishlarni kuchaytirish maqsadida O’zbekiston Fanlar Akademiyasi 
qoshidagi Botanika institutida 
V.A.Burigin
rahbarligida o’simliklar ekologiyasi 
laboratoriyasi tashkil etildi. Ushbu laboratoriya xodimlari cho’l va chala cho’l 
sharoitida o’simliklarning moslashish xususiyatlarini o’rgandilar. Natijada tog’ 
oldi mintaqalarida fitomeliorativ ishlarning rivojlanishiga asos solindi. Keyinchalik 
bu ishlar 
O.X.Hasanov

R.S.Vernik

T.Rahimova
va boshqalar tomonidan davom 
ettirildi. CHo’l mintaqasi o’simliklarining biologik va fiziologik xususiyatlari 
Z.SH.SHamsiddinov

I.Hamdamov

N.Salьmanov

L.S.Taevskaya
va shu kabi 
olimlar tomonidan o’rganilgan bo’lib, ularning asarlarida shuvoq, izen, 
komforosma, saksovul, tereskin va shu kabi cho’l o’simliklarining xususiyatlari 
turli xil tuproq sharoiti bilan chambarchas bog’ligi ochib berilgan.
O’zbekistonda hayvonlar ekologiyasini rivojlantirishda xissa qo’shgan 
olimlarga 
T.Z.Zohidov

A.M.Muhammadiev

V.V.Yaxontov

M.A.Sultanov

R.O.Olimjonov
larni kiritish mumkin. Ular o’zlari va shogirtlari bilan birgalikda bu 
sohaga bag’ishlangan yirik monografiyalar yaratganlar. Jumladan, bu sohada 
ma’lum 
bo’lgan 
V.V.Yaxontov
ning 
«Hasharotlar 
ekologiyasi» 
(1963), 
T.Z.Zohidov
ning «Qizilqum cho’lining biotsenozlari» (1971) kabi asarlarini 
keltirish mumkin. 
D.Kashkarov

A.Zokirov

A.Petrov
lar Qarshi cho’lini chuqur 
o’rganish natijasida «Qarshi cho’lining umurtqali hayvonlari ekologiyasi» degan 


asarni chop ettirdilar. Bu asarda sut emizuvchi hayvonlarning tarkibi, tarqalishi
ekologiyasi va ulardan foydalanish yo’llari asoslab berildi.
Bir guruh zoolog olimlar: 
X.S.Solixboev

O.P.Bogdanov

T.N.Palenko

S.T.Gubaydulina

G.I.Ishunin

D.Yu.Kashkarov

N.Zokirov
larning 
ilmiy 
kuzatishlari asosida «Nurota tog’i umurtqali hayvonlari ekologiyai» (1970) nomli 
asar yaratildi. 
1979 yillarda extiologiya va gidrobiologiya laboratoriyasi xodimlari 
A.M.Muhammadiev
rahbarligida 
(A.Omonov, 
F.Zohidova, 
S.Hamroeva, 
D.Mansurova va boshqalar) O’zbekiston suv omborlari, ko’llarining biologik 
rejimi, 
ixtiofaunasining 
shakllanishi, 
suvning 
ifloslanishi, 
suv 
hayvonlari 
ekologiyasi va suv resurslaridan foydalanish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib 
bordilar.
Biz jumhuriyatimizdagi iqtisodiy ahvolni yaxshilash, ekologik krizis 
(tanqislik)ning oldini olish, xalqimizning qadimdan ma’lum bo’lgan ekologik 
madaniyatini tiklashimiz lozim. 
―Tabiat-inson-jamiyat» tizimining evolyutsion rivojlanishi tarixida beshta 
ijtimoiy-ekologik bosqichni ajratish mumkin.
1.
Uzoq vaqt davomida insonlar tayyor mahsulotlarni termachilab va ov 
bilan kun kechirganlar. Insonlar tabiiy sharoit va oziq-ovqatning mavjudligiga to’la 
qaram bo’lgan. 40 ming yil oldin yer yuzida aholi soni 10 mln. kishidan ortgan. 
Keyingi 30 ming yil davomida mehnat va ov qurollarini takomillashtirish
hayvonlarni xonakilashtirish, ayrim o’simliklarni yetishtirish bilan insoniyat ovqat 
ta’minoti masalasini asosan hal qilgan. Bu davrda insonlarning atrof-muhitga 
ta’siri mahalliy darajada bo’lgan. Bu 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə