Reja: Innovatsion strategiyaning mohiyati va vazifasi Bozor sharoitida firmalar strategiyasining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 70,05 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü70,05 Kb.
#152037
  1   2   3   4   5
Innovatsion strategiya U.Ishchanov

Innovatsion strategiya


Reja:

  1. Innovatsion strategiyaning mohiyati va vazifasi

  2. Bozor sharoitida firmalar strategiyasining o‘ziga xos xususiyatlari

  3. Firmalarni rivojlantirishning strategik ahamiyati

  4. Venchur firmani innovatsion strategiya

Innovatsion strategiyaning mohiyati va vazifasi


Innovatsiyalarni strategik boshqarish innovatsion menejmentning ajralmas qismi hisoblanib, u boshqarish, rejalashtirish va innovatsion loyihalarni realizatsiya qilish masalalarini hal etadi. U iqtisodiy ahvolni o‘zgarishini oldindan ko‘ra bilish, yirik masshtabdagi qarorlarni qidirib topish, amaliyotga tatbiq etish, yuqori samaraga yerishishning kelgusidagi omillarini aniqlash hisobiga iqtisodiyotning qat’iy o‘sishiga hizmat qiladi.
Innovatsiyani strategik boshqarish – yangiliklarni istiqbolli rejasini ishlab chiqishga nisbatan keng qamrovli tushunchadir.
U o‘z tarkibiga: ishlab chiqarish va tadbirkorlik omillari bo‘yicha holatni tahlil etish va bashorat qilish, shu jumladan, ichki va tashqi salohiyatni tadqiq etish, boshqaruv tizimi, uni tashkiliy huquqiy shakllari, tadbirkorlik madaniyati kabi masalalarni qamrab oladi.
Firma tomonidan qabul qilingan innovatsion harakterga yega strategik tadbirlar iqtisodiy, ishlab chiqarish, sotish, salohiyatidagi yangilikga asoslangan. Shu boisdan ham barcha korxonaning rivojlanish strategiyasi fan-texnika yutuqlaridan, ilhor texnologiyalardan foydalanishni nazarda tutadi.
Hozirgi kunda ishlab chiqarishga yangiliklar kiritish firma rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilaganligi sababli innovatsion strategiyaning roli keskin ortib bormoqda.
Yangilik kiritish strategiyasi – bu yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish, yangi texnika va texnologiyani joriy etish maqsadida texnik va kapital mablag‘lar siyosatining birlashuvini anglatadi va u ma’lum bir tadqiqot obyyektni tanlash, uning yordamida yangi texnologik imkoniyatlarni qidirib topishga ko‘maklashadi.
Bir so‘z bilan aytganda, innovatsiyani boshqarish, innovatsion jarayonlar orqali ijobiy natijalarga yerishishdir.
Odatda, umumiy menejment strategik taraqqiyotning bosh yo‘nalishini aniqlaydi. U normativ, strategik va operativ menejmentni o‘z ichiga oladi.
Normativ menejment – tadbirkorlik siyosati falsafasini yaratish, ma’lum bir bozorda korxonani tutgan o‘rni(pozitsiyasi)ni aniqlash va umumiy ko‘zlangan maqsadlarni shakllantirish hisoblanadi.
Strategik menejment – strategik to‘plamlarni tanlash, uni o‘z vaqtida amaliyotga tatbiq etish, strategiyani qayta nomlash, strategik kontrol va butun strategik qarorlarni boshqarishni o‘z ichiga oladi.
Operativ menejment – operativ tadbirlar ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash bilan harakterlanadi.
Innovatsiyalarni strategik boshqarish barcha korxonalar uchun bir xil emas, chunki har bir korxona o‘zining o‘ziga xos tomoni bilan bir - biridan ajralib turadi. Shu boisdan innovatsion strategiyani tanlashda ko‘p omillarni hisobga olish lozim. Bu omillar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: firmaning bozordagi pozitsiyasi, uni o‘zgarishi dinamikasi, korxonaning ishlab chiqarish va texnologik salohiyati, firmada ishlab chiqarilayotgan tovar turlari va hokazo.
Innovatsion strategiya ishlab chiqishning asosiy tamoyillariga asoslangan bo‘lib, u quyidagi rasmda keltirilgan (rasmga qarang).

rasm. Innovatsion strategiyani ishlab chiqishning asosiy tamoyillari
Strategik boshqarish – bu innovatsion firmalarni shunday boshqarishki, u ilmiy salohiyatga tayanadi, innovatsion faoliyatni iste’molchi so‘roviga qaratadi, avzallikka yerishish va raqobat talablariga javob beradigan hozirgi davr tadqiqotlarni olib boradi va oxiri-oqibatda bozorda uzoq davr o‘z o‘rnini saqlab qoladi.
Taniqli amerikalik, strategik menejment bo‘yicha yirik mutaxassis I.Ansoff qaror qabul qilishning asosi strategiya yekanligini aniqlab, u ma’lum qoidalar majmuiga asoslanishini ko‘rsatib bergan. Bu qoidalar bilan tashkilotlar faoliyati boshqarib boriladi.
U bu qoidalarini to‘rt guruhga ajratib ko‘rsatadi.

  1. – strategiyani firma faoliyatini natijalarini baholashda qo‘llanishi;

  2. – strategiyani tashqi muhitga nisbatan tartibga soluvchi va yo‘naltiruvchi munosabat sifatida qaralishi;

  3. – strategiyani korxona ichidagi munosabatlarni belgilashi;

  4. – strategiya asosida firma kunlik faoliyatini boshqarilishi.

Innovatsion jarayonlarni boshqarishning asosiy vazifasi xo‘jalik yuritishda innovatsion strategiyani ishlab chiqishdir.
Amaliyotda strategik boshqarish quyidagi vazifalarni hal etadi:

  • muammo bilan tanishish;

  • boshqaruv instrumenti (vositasi)ni ishlab chiqish;

  • qaror qabul qilish uchun ma’lumotlarni baholash mezonlarini aniqlash;

  • qaror qabul qilishda kelishmovchiliklarni oldini olish, muvofiqlashtirish;

  • kelgusida nazoratni amalga oshirishni ta’minlash;

Maqsadlar turlari bo‘yicha farq qiladi: quyidagi rasmga qarang.
Innovatsiyalarni strategik boshqarishda maqsadlar turlari bo‘yicha quyidagicha farqlanadi (rasmga qarang).
Firmaning strategik maqsadlari kutilayotgan natijaning miqdor va sifat tomonlarini atroflicha ifodalaydi.
Mazkur natijalarga: bozor (oborot, o‘sish, bozor ulushi), sifat natijalarga mahsulot sifati andozasi, firma mustaqilligi, mijozlarga ko‘rsatilayotgan servis xizmati, firmani boshqarish darajasi, ijtimoiy siyosat ta’siri va hokazolarni kiritish mumkin.

  • Pulda ifodalanishi bo‟yicha:

  • pullik

  • pulsiz


  • Maqsadni o„zgaruvchanligi bo‟yicha:

  • bitta o‟zgarish

  • ko„p o‟zgarish

  • Qamrov doirasi bo‟yicha:

  • umumiy

  • qisman


  • Ahamiyati bo„yicha:

  • bosh

  • ikkinchi darajali

Maqsadni mavzusi bo‟yicha:
umumiy natija
ishlab chiqarish
natijasi

Maqsadni bog„liqligi bo‟yicha:
-komplimentar -raqobatlashuvchi

  • Maqsad joyi va ierarxiya:

  • oliy

  • oraliq

  • past

rasm. Strategik maqsadlar qo‘llanishi


Umumiy ko‘rinishda firma strategiyasi ishlab chiqish texnologiyasi quyidagi sxemada keltirilgan:


Yüklə 70,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə