Reja: Innovatsion strategiyaning mohiyati va vazifasi Bozor sharoitida firmalar strategiyasining o‘ziga xos xususiyatlari


Bozor sharoitida firmalar strategiyasining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 70,05 Kb.
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü70,05 Kb.
#152037
1   2   3   4   5
Innovatsion strategiya U.Ishchanov

Bozor sharoitida firmalar strategiyasining o‘ziga xos xususiyatlari


Korxonaning umumiy strategiyasi innovatsion strategiyani shakllanishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etadi. Innovatsion strategiyani belgilashda korxona innovatsion faoliyatini turli variantlari va unga ta’sir yetuvchi omillarni hisobga olinishi shart. Bunga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  • ilmiy-texnik salohiyat;

  • tajriba yeksperemental bazani rivojlanish darajasi;

  • nomoddiy aktivlar holati va ilmiy tekshirishlar, tajriba konstruktorlik ishlarini bajarish uchun tayyorgarlikning mavjudligi;

  • tovarning hayotiylik davri va bozordagi talabni hissasini hisobga olgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulot tuzilishi;

  • Texnologik va funksional chigalliklarni kelib chiqish xavfi.

Я.Kudikovning fikricha, korxona innovatsion strategiyasini ikkita asosiy guruhga bo‘lish mumkin:

  1. Ilmiy tekshirish va tajriba konstruktorlik ishlari olib borish strategiyasi.

  2. Yangiliklarni ko‘niktirish (adaptatsiya) strategiyasi. Ilmiy tekshirish va tajriba konstruktorlik ishlarni o‘tkazish strategiyasi bevosita ilmiy tadqiqot olib borish va yangiliklar yaratish bilan bog‘liq.

Yangilikni adaptatsiyasi ishlab chiqarishni yangilanish tizimi, bozorga yangi mahsulotni olib kirish, texnologik imkoniyatlardan foydalanishni anglatadi. Odatda, korxonaning innovatsion strategiyasini quyidagicha guruhlash mumkin (sxemaga qarang):
Litsenzion strategiyada – korxona o‘zining ilmiy tekshirish va tajriba konstruktorlik faoliyatini sotib olingan tadqiqot litsenziyasi asosida tashkil etadi. U tugallangan yoki tugallanmagan tadqiqot ishi bo‘lishi mumkin. Korxona uni kelgusida kam sarf bilan rivojlantira borib qisqa vaqt ichida ijobiy natijaga yerishadi.
Tadqiqot yyetakchiligi strategiyasida korxona ilmiy tekshirish va tajriba konstruktorlik ishlarida uzoq davr ilg‘orlar qatorida bo‘lishni maqsad qilib oladi.
Hayotiylik davrini kuzatish strategiyasi shuni anglatadiki, ilmiy tekshirish va tajriba konstruktorlik ishlari ishlab chiqarilayotgan tovar hayotiylik davri va qo‘llanilayotgan jarayonlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu jarayonlar ma’lum usullar yordamida kuzatib boriladi.
Parallel yaratuvchanlik startegiyasi – tayyor mahsulot yoki jarayonga texnologik litsenziya sotib olinishiga asoslanadi.
Ilm sig‘iimidan o‘zib ketish strategiyasi – bu yyerda korxona o‘rtacha tarmoq darajasida ilm harajatlarini orttirib yuboradi. Bu keskin raqobat sharoitida qo‘llanishi mumkin.
Mahsuldor qatorni qo‘llab-quvvatlash strategiyasi – bu yyerda korxona manaviy yeskirmagan an’anaviy tovarlarni iste’mol xususiyatini oshirishga intiladi.

rasm. Birlashmalarning innovatsion strategiyasi


Retro yangilik kiritish strategiyasida bir oz yeskirgan, ammo talabga yega bo‘lgan mahsulotlardan foydalanish tushuniladi.
Texnologik pozitsiyani saqlab qolish strategiyasi korxonaning raqobatda muhim o‘rin tutgan texnologiyadan foydalanishini bildiradi. Ammo bu uzoq davr yaxshi samara bermasligi ham mumkin.
Samarali strategiya va jarayonli yondashuv – korxona chetdan texnologiyani yoqlaydi, ammo sotib olmaydi. Bu strategiya korxona raqiblardan ilmiy-texnik salohiyatda ortda qolib kelayotgan sharoitda samarali hisoblanadi.
Bosqichma - bosqich o‘tib borish strategiyasi bu past texnologiyani chetlab yuqori bosqichdagi texnologiyaga o‘tishdir.
Texnologik transfert strategiyasida bosh korxona o‘z tasarrufidagi kichik korxonalarga foydalanilgan texnologiyasini beradi.
Foydalanilgan texnologiyalarni qabul qilib oluvchi korxonalar vertikal yollash strategiyasi deb ataladi.
Bozorni kuzatib borish strategiyasida korxona o‘sha davrda yuqori samarali va bozorda katta talabga yega bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarishga intiladi.
Radikal o‘zib ketish strategiyasida korxona yangi mahsulot bilan birinchi bo‘lib bozorga kirib borishga harakat qiladi.
- Yyetakchini kutib turish strategiyasi bu yirik firmalarda qo‘llanilib, firmaning hali bozorda talab to‘la aniqlanmagan mahsulotlarni bozorga olib kirishini anglatadi.
Yirik korxona va birlashmalar faoliyatida yuqoridagi strategiyalarning qo‘llanilishini o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ularni amaliyotda qo‘llash har bir muayyan sharoitdan kelib chiqadi.

Yüklə 70,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə