Reja: Innovatsion strategiyaning mohiyati va vazifasi Bozor sharoitida firmalar strategiyasining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 70,05 Kb.
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü70,05 Kb.
#152037
1   2   3   4   5
Innovatsion strategiya U.Ishchanov

rasm: Firma startegiyasini ishlab chiqish tartibi

  • Strategik tashxis (diagnoz) – bu boshlang‘ich boshqichda holatni anglashni bildiradi

  • Strategik tahlil – bu strategik zonani aniqlash, atrofmuhitni tahlil etishdan iboratdir.

  • Strategiyani shakllanishi – bu strategiyani tanlash, dasturlar ishlab chiqishni ifoda etadi.

  • Dasturni baholash – bu har bir dastur korxonaning umumiy siyosatiga munosabatini anglatadi.

Strategiyani amaliyotga tadbig‘i – bu funksional, loyihaviy mahsuldor menejmentdan iborat bo‘lib, u strategiyadan amaliyotda foydalanishni anglatadi.
Strategik nazorat – strategiyani amalga oshiruvi natijasini to‘la baholash.
Korxona rivojlanishi strategiyasi o‘zining tashkil topishiga ko‘ra bazis va funksional bo‘ladi.
Bazis bu strategik boshqarishni asosi hisoblanib, aniq bozor holatida korxonaning o‘zini tutish modelidir. Masalan: bozorni tanlash strategiyasi, tanlangan bozorda raqobat strategiyasi.
Funksional strategiya – bu tanlangan bazis strategiyani asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha aniqlashtirib ifoda etishidir.
B. Santo o‘zining “Innovatsiya kak sredstva yekonomicheskogo razvitiya” asarida strategiyani quyidagicha bo‘lib tariflaydi:
1.“Iqtisodchilar” va “sotuvchilar” qarashida innovatsiya institutesional (korxona darajasida) va markaziy (halq xo‘jaligi darajasida) bo‘ladi.
2. Korxona darajasida strategiya mazmuni va mohiyati bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:

3. Menejer xatti – harakati bo‘yicha: K.Fridman korxona iinovatsion strategiyasini quyidagicha turlaydi:

  • an’anaviy – bu yyerda korxona faqat mavjud mahsulotni sifatini yaxshilashga harakat qiladi;

  • opportunistik – bu yyerda korxona shunday mahsulotni yaratish bo‘yicha harakat qiladiki, uni yaratish o‘ta katta miqdordagi harajatni talab yetmaydi, ammo ma’lum bir davr o‘tgandan so‘ng korxonani ma’lum bir mahsulot turi bo‘yicha bozorda yakka ishlab chiqaruvchiga aylanishini ta’minlaydi;

Imitatsion strategiya – kuchli bozor va texnologik pozitsiyaga yega bo‘lgan firma imkoniyatidan uning litsenziyasini sotib olish orqali foydalanishini anglatadi.
Mudofaa strategiyasi korxona ilg‘or pozitsiyada tu’rgan firmalarning ye’tirozisiz tadqiqod va yaratuvchanlik ishlarini olib boradi.
Bo‘ysunuvchi strategiya – yirik korxonalar tomonidan yangi mahsulotni yoki ishlab chiqarish usulini kichik korxonalarga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgartirilishida namoyon bo‘ladi.

  • Yorib kiruvchi strategiya – yuqori tavakkalchilik, raqobat sharoitida firma uchun yuqori foyda olishi uchun qulayligi bilan ajralib turadi.

  • Qamrab oluvchi – yangi bozorda va yuqori foyda beruvchi o‘ta ilg‘or mahsulot litsenziyasini sotib olish strategiyasini anglatadi.

Strategik boshqarish qarorlari to‘g‘ri qabul qilinishlari firmaning boshqarish tamoyillariga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Bu tamoyillarning keng tarqalgan ko‘rinishlari: nazorat; yekstropolyatsiya; o‘ta yangi strategiyani yaratish; operativ qaror qabul qilish va boshqalar hisoblanadi.
Innovatsion jarayonini boshqarishda ma’lum bir kelishmovchilik holatlarini ham yuzaga kelishi mumkin. Ushbu kelishmovchilik holatlari muvaffaqiyatli hal etishda boshqaruvchining quyidagi usullarga tayanishi maqsadga muvofiqdir:

  • raqobatlashuv (qat’iylik, kuchga tayanish);

  • o‘zini bartaraf etish (past qat’iylik);

  • kelishuvchan (kompromis); - moslashish.

Bu usullarning qay biridan korxona va firmalar faoliyatida foydalanish muayyan bir holatga bevosita bog‘liq bo‘lib, uning to‘g‘ri tatbiq yetilishi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni ta’minlaydi.

Yüklə 70,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə