2-ma`ruza mashg’ulot applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi



Yüklə 44,66 Kb.
səhifə1/9
tarix19.12.2023
ölçüsü44,66 Kb.
#153417
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish m-fayllar.org


Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi




2-ma`ruza mashg’ulot 
APPLIKATSIYA VA MOZAIKA BILAN ISHLASH DARSLARINI TASHKIL 
ETISH METODIKASI 
Reja:
1. Applikatsiya va mozaika ishida asosiy ish qurollari
2. Applikatsiya turlari o’rgatilishi
3. Applikatsiya va mozaika ishlari bilan ishlashning ahamiyati
Tayanch tushunchalar:
Applikatsiya ishlari haqida tushuncha. Mozaika ishlari haqida tushuncha. Darslarni to’g’ri
tashkil etish haqida tushuncha. Applikatsiya va mozaika ishlarining maqsadi va tarbiyaviy
ahamiyati. Bolalarni aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish.
Applikatsiya – tasvirlash texnikasining turli formalarni qirqish va ularni fon tarzida qabo’l
qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir. Bu applikatsiyadan faqat
bezash maqsadlarida ko’rgazmali qurollar, turli o’yinlar uchun qo’llanmalar, o’yinchoqlar,
bayroqlar, suvenirlar, devoriy gazetalar, stendlar va hokazolarni bezashda ishlatiladi.
Applikatsiya bilan shug’ullanish o’quvchilarni garmonik rivojlantirishda katta ahamiyatga yega.
Applikatsiya ijodni rivojlantirishda katta yordam beradi, tasavvurni boyitadi, kuzatuvchanlik va
diqqatni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, chamalash va rangni sezishni o’stiradi. Applikatsiya
ishini bajarishda asosiy ye’tibor uning umumiy ko’rinishiga qaratilishi kerak. Yaxshi o’ylangan
kompozitsiya, ya’ni tasvirlash lozim bo’lgan narsalarni joylashtirish applikat siyalar
muvaffaqiyatining garovidir. Tasvirlash lozim bo’lgan narsalar yordamida figura va narsalarning
holati aniqlanadi, tasvirlangan hodisalarning uyg’unligiga yerishiladi. Tasvirning barcha
detallari, hatto yeng kichiklari ham qog’ozdan qirqiladi, ularni chizmaslik kerak.
Tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, ya’ni fonga joylashtiriladi va o’ylangan tasvir
hosil qilinadi, agarda bu tasvir ma’qul bo’lmasa detallar boshqacha joylashtiriladi. Detallarni
yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning o’rnini qalam bilan belgilab qo’yiladi.
Misol tariqasida yeng oddiy geometrik shakl – kvadratni olib, uning almashinishini hosil
qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko’ramiz. Ishni boshlash uchun markazni topish,
simmetriya o’qini o’tkazish va yelementlarni shunga ko’ra joylashtirish lozim. Ish mavzu va
fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko’pincha ochiq tondagi qog’oz va fon tanlanadi. Applikatsiya
mo’ljallangan tasvir va yelementlar miqdori qog’ozni tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida
ishlanganda asosiy ye’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning
o’lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi. Tasvir hajmiga ko’ra yeng katta yelement asosiy
tematik yelement bo’lishi kerak. Namuna tariqasida 1-sinf o’quvchilari 8-Mart uchun tabriknoma
yasashlari mumkin. Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, taxlash va simmetrik qirqishni
yeslaydilar, chamalash ko’nikmalarini sinaydilar va rangli qog’ozdan ingichka oq va sariq to’g’ri
chiziqlarni qirqadilar. Quyosh uchun kvadrat qog’ozdan doira qirqsa bo’ladi. Bolalar yasagan
gullar turlicha bo’lishi mumkin. Novdalar ham qo’lda qirqiladi.
Suhbatni o’qituvchi “8-Mart kuni” haqida olib boradi va bunda sovg’a masalasini yeslatib
o’tadi. Yeng yaxshi sovg’a o’z qo’li bilan yasagan sovg’adir. Suhbat mehribon buvijonlarimiz,
onajonlarimiz, opa-singillarimiz haqida bo’lishi mumkin. SHundan keyin namuna ko’rib
chiqiladi, uning yelementlari, ish usullari, kerakli materiallar aniqlanadi va ishning borishi
belgilanadi.



Yüklə 44,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə