2-ma`ruza mashg’ulot applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi



Yüklə 44,66 Kb.
səhifə2/9
tarix19.12.2023
ölçüsü44,66 Kb.
#153417
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish m-fayllar.org

Applikatsiya – badiiy asar yaratishning yeng sodda va oson usulidar. Bunda
applikatsiyadan faqat bezash maqsadlaridagina ko’rgazmali qurollar, turli o’yin uchun
qo’llanmalar, o’yinchoqlar, bayroqchalar, bezaklar va shu kabilarni yaratishda keng qo’llash
imkonini beradi.
Dekorativ applikatsiya – u naqsh, gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlardan
tarkib topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar uyg’unligini aks yettiruvchi sujetdan iborat bo’lishi
mumkin.


Applikatsiya 2500 yil muqaddam ko’chmanchi xalqlar orasida paydo bo’lgan. Ular


applikatsiyadan kiyim-bosh, turarjoylarini bezatishda foydalaganlar.
Applikatsiya turli xalqlarda turli materiallardan tayyorlangan. Masalan, yoqutlar
applikatsiya ishida po’stloqdan foydalanishgan, bo’yalgan po’stloqdan qilingan applikatsiyalar
bilan ular o’tovlarini bezashgan. Xanti-mansi, yevenk va boshqa shimoliy xalqlar applikatsiyada
teri, mato, mo’yna ishlatishgan. Komi, qozoq, qalmiq, osetin, buryat va boshqa xalqlar
applikatsiyadan milliy kiyim, uy-ro’zg’or predmetlarini bezashda foydalanishgan.
Applikatsiya ishida asosiy material qog’ozdir, dazmollangan yoki kraxmallangan mato
bo’lakchalaridan ham foydalanish mumkin. Bu materiallar bilan bir qatorda somon, quritilgan
o’simliklar, urug’-danaklar, barglar va shu kabilardan ham foydalansa bo’ladi.
Qog’ozning yaltiraydigan marmar, bosma gul tushirilgan-barxat, kumush va bronza, rasm
solish va chizmachilik qog’ozi navlari applikatsiya uchun yaroqlidir.
Applikatsiya bilan shug’ullanish o’quvchilarning garmonik rivojlanishida katta ahamiyatga
yega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishga yordam beradi, kuzatuvchanlik, diqqat va tasavvurni
faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo’l mehnati, tasvirni his qilish, chamalash va rangni sezishni
o’stiradi. Rangli qog’oz yoki boshqa materialdan tasvir ustidagi ish badiiy didni avj oldiradi.
Applikatsiya ishlari doimo xotirada saqlanishi haqida majburiy qoida sifatida bajarilishi
lozim bo’lgan izchillikda ado yetiladi. Istalgan applikatsiya sujetni tanlashdan boshlanib, undan
keyin applikatsiya yeskizi, qog’oz tanlash, kerakli detallarni qirqish, ularni fonga qo’yish,
yelimlash va nihoyat, quritish jarayonlari keladi. Oddiy applikatsiyalar yeskizsiz bajariladi.
Applikatsiya ishlarini bajarishda asosiy ye’tibor uning umumiy kompozitsiyasiga qaratilishi
kerak. Yaxshi o’ylangan kompozitsiya, ya’ni tasvirlash lozim bo’lgan narsalarni joylashtirish –
applikatsiya muvafaqqiyatining garovidir.
Eng oddiy applikatsiyalar bu geometrik figuralardan qilingan ornamental applikatsiyalardir.
Applikatsiyada avval yeskiz to’ziladi, so’ngra kerakli detallar o’lchami va miqdori
hisoblanadi. Detallarni tayyorlab ma’lum tartibda joylashtiriladi va yopishtirishni qaysi detaldan
boshlash kerakligi aniqlanadi. So’ngra tayyorlangan materiallar bir-biriga yopishtiriladi.

Yüklə 44,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə