2-ma`ruza mashg’ulot applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi



Yüklə 44,66 Kb.
səhifə7/9
tarix19.12.2023
ölçüsü44,66 Kb.
#153417
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish m-fayllar.org

Applikatsiya –badiiy asarlar yaratishning yeng sodda va oson usulidir. Bu applikatsiyadan
faqat bezash maqsadlaridagina ko’rgazmali qurollar, turli uyinlar uchun qo’llanmalar,
o’yinchoqlar, bayroqchalar, suvenirlar, devoriy ro’znomalar, stendlar, ko’rgazmalar va
kostyumlarni tayyorlashdagina yemas, balki kartina, pano naqshlarni va shu kabilarni yaratishda
ham keng qo’llash imkonini beradi. Applikatsiya tasvirlash texnikasining turli formalarini
qirqish va ularni fon tarzida qabo’l qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi
turidir. Applikatsiya 2500 yil muqaddam ko’chmanchi xalqlarda paydo bo’lgan. Applikatsiya
bilan kiyim bosh, turar joylar bezatilgan. Applikatsiya ishida asosiy material qog’ozdir,
dazmollangan va kraxmallangan gazlama bo’lakchalaridan ham foydalanish mumkin.
Bumateriallar bilan bir qatorda samon, quritilgan o’simliklar urug’i-danak, barglar, shu
kabilardan ham foydalanadilar.
Qog’ozning yaltiraydigan marmar, shagren’, bosma gul tushirilgan-barxat, kumush va
bronza rasm solish va chizmachilik navlari applikatsiya uchun yaroqlidir.
Applikatsiya ishlari doimo xotirada saqlanishi haqida majburiy qoida sifatida bajarilishi
lozim bo’lgan ma’lum izchillikda ado yetiladi. Istalgan applikatsiyadan biror narsaning qolipini
tanlashdan boshlanib, undan keyin applikatsiya yeskiza, qog’oz tanlash, kerakli detallarni
qirqish, ularni fonga qo’yish keladi. Yeng oddiy applikatsiyalar bu geometrik figuralardan
qilinadigan ornamental applikatsiyadir.



Avval orpamental yeskiza to’ziladi, so’ngra kerakli detallar o’lchami va miqdori


hisoblanadi. Detallarni tayyorlab ma’lum tartibda joylashtiriladi va yopishtirishni qaysi
detallardan boshlash kerakligi aniqlanadi. So’ngra tayyorlangan materiallar bir-biriga
yopishtiriladi.
GEOMETRIK SHAKLLI APPLIKATSIYALAR 
Bajarilish texnikasiga ko’ra applikatsiyaning yeng oddiy turlaridan biri geometrik shaklli
applikatsiyalardir. I-III sinf o’quvchilari geometrik shaklli applikatsiyalarni bajarishda quyidagi
bilimlarni yegallaydilar.
1.Geometrik shakllar: kvadrat, to’g’ri burchak, uchburchak, aylana qog’oz bo’lagidan va
o’lchov asboblari yordamida hosil bo’lishi haqidagi mavjud bilimlarini mustahkamlaydilar.
2.Badiiy didini o’stiradi, rasm darslarida polosa, doira, kvadratda ornamentlar to’zish
bo’yicha olingan bilimlarni chuqurlashtiradilar.
3.Ayrim predmetlarni detalma-detal tahlil qilib, geometrik shakllarni to’g’ri idrok etishni
o’rganadilar.
4.Bolalarning «ko’p», «kam», «uzunasiga», «ko’ndalangiga», «qism» va «qatlam», «ikki
qismga qirqish», «to’rt qismga», «teng qismlarda» kabi tushunchalari mustahkamlanadi.
5.Bolalar ranglar uyg’unlgini to’g’ri tanlashni o’rganadilar.
Ularda yestetik did tarbiyalanadi. Geometrik shaklli applikatsiyalarni ham dekorativ-
ornament, predmet, syujetli applikatsiyalarga ajratish mumkin.

Yüklə 44,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə