2-ma`ruza mashg’ulot applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi



Yüklə 44,66 Kb.
səhifə6/9
tarix19.12.2023
ölçüsü44,66 Kb.
#153417
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish m-fayllar.org

Sujetli applikatsiya. Sujetli applikatsiya asariga ko’ra oddiy va murakkab bo’lishi mumkin.
Murakkab sujetli applikatsiya – yertaklar, hikoyalar va shu kabilarga illustratsiya sifatida
yasaladi. Agarda sujet oddiy bo’lsa, tasvirlarni oldindan belgilamasdan qirqish mumkin.
Murakkab sujetli applikatsiya ham sujet tanlashdan boshlanadi. Agarda sujetni o’quvchining
o’zi o’ylab topgan bo’lsa, bu rasmni chizish malakasiga yega bo’lsa, unda avval sujetning rasmi,
so’ngra rasmlar detallari chiziladi va qirqib olinadi. Ayrim detallar turli rangdagi qog’ozlardan
qirqiladi. Agarda o’quvchi rasmni yaxshi chiza olmasa, u tanlagan rasmdan qora qog’oz
yordamida nusxa ko’chirishi mumkin. Bu rasm ayrim detallarga ajratiladi, rangli qalam bilan har
bir detalning atrofi chizib chiqiladi. Ularni qirqib olib, sujet yoki narsa detallari qog’ozga
yig’iladi. Sujet yoki predmetning tabiiy ko’rinishiga putur yetmasligi uchun ularning qaysi
tartibda yelimlanishi belgilanadi va ishga kirishiladi.
Mavzuli applikatsiya. Mavzuli applikatsiya ma’lum mavzuni aks yettirishi lozim. U badiiy
asar uchun illustratsiya, applikatsiya plakat bo’lishi mumkin. Badiiy tematik mavzuli
applikatsiya ishi predmetlar formasini, asosiy aniqliklarni, qismlarning o’zaro aloqasini, manzara
va narsalarning hajmini, rangini, soya va yorug’lik tushayotgan tomonini munosib rang berib
ko’rsatish kabilarni ifodalashi kerak.
Faqat XVI asrga kelib rivojlangan qog’ozdan applikatsiya qilishni applikatsiyalarning
«yosh» turi deyish mumkin. Qog’ozdan naqsh qirqish bilan o’tmishning mashhur san’atkorlari
ham shug’ullanishgan. Masalan, rassom Piter Paul Rubens, daniyalik haykaltarosh Bertel
Garvildson ishlari shular jumlasidandir. Mashhur yertakchi Hans Xristian Anbersen o’z
yertaklari motivlari asosida qog’ozdan applikatsiyalar qirqqan. Rassom F.P.Tolstoyni XIX
asrning birinchi yarmidagi siluet yaratuvchilarning yeng mohir ustasi deyish mumkin. Uning
50ta siluet ishi Yermitajda saqlanmoqda.
XIX asrda siluet san’ati G.Narbut, Y.Krutikov va ko’pgina boshqa rassomlarning ijodida
ham o’z aksini topdi. Applikatsiya san’ati bilan faqat professional san’atkorlargina shug’ullanib
qolmay, balki xalq orasidan chiqqan mohir ustalar ham bu ish bilan shug’ullangan yedilar.
Ukraina va Belorussiyada qog’ozdan naqshli parda-firanklar qirqishgan. Qog’ozdan kartinalar
yaratib, oynalarga yopishtirilgan. Rassom Y.Lebedeva ham o’z talantini qog’ozdan
applikatsiyalar qirqishga bag’ishlagan. Polshada bezak sifatida qirqilgan naqshlar yangi
oqlangan devor va shiplarga yopishtirishgan.
Applikatsiya ishlari doimo xotirada saqlanishi hamda majburiy qoida sifatida bajarilishi
lozim bo’lgan ma’lum izchillikda ado yetiladi. Istalgan applikatsiya sujetni tanlashdan boshlanib,
undan keyin applikatsiya yeskizi, qog’oz tanlash, kerakli detallarni qirqish, ularni fonga qo’yish,
yelimlash va nihoyat quritish jarayonlari keladi.
Applikatsiya ishida o’quvchilar mashg’ulotga oldindan tayyorgarlik ko’rishadi: stolning
ustiga qog’oz yozib, o’ng tomoniga qaychi, yelim uchun cho’tka, chizg’ich, qalam, avtoruchka,
old tomonlariga yelim, qiyqimlar uchun quti, chap tomonlariga ish vaqtida xalaqit bermaydigan
qilib rangli qog’oz to’plarnini qo’yadilar. Har bir mashg’ulot oxirida o’quvchilar keyingi
mashg’ulotda kerak bo’ladigan narsalarni yozib oladilar.
O’quvchilar ishlayotgan materiallariga tejamkorlik bilan munosabatda bo’lishlari, o’z
ishlarini rejalashtira bilishlari, materialni tejamkorlik bilan sarflashlari, vaqtdan unumli
foydalanishlari va ish joyini toza saqlashlari kerak.
Elim bilan ishlaganda no’l va quruq latta bo’lishi lozim. Ho’l latta qo’lga yuqqan yelimni
artish uchun, qurug’i yelimlanayotgan tasvirlarni ustidan bosish va ortiqcha yelimlarni artish
uchun kerak.
Tolalarning ko’ndalang yo’nalishi bo’yicha qirqilgan qog’oz yopishtirilganda izlar qoldiradi,
uzunasiga qirqilganda bir tekis yaxshi yotadi. Ishlaganda qog’ozning bu xususiyatini ye’tibordan
qochirmaslik kerak. Yelim surilganda qog’oz uni shimishini, qog’oz tolalarning ko’ndalangiga,



uzunligidan ko’proq kengayishini ham unutmaslik kerak. Agarda qog’ozni yelim surilgan


zahotiyoq yopishtirilsa, davom yetayotgan shimish va kengayish natijasida qog’ozda g’ijimlar,
izlar paydo bo’ladi. SHuning uchun yelim surilgach, qog’oz biroz vaqt yopishtirilmay turishi
kerak. Qog’ozning yaltiraydigan marmar, shagren, bosma gul tushirilgan qog’oz, barxat qog’ozi,
kumush va bronza rasm solish va chizmachilik navlari applikatsiya uchun yaroqlidir.
Applikatsiya ishida tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, ya’ni fonga joylashtiriladi va
o’ylangan kompozitsiya hosil qilinadi, agarda bu kompozitsiya ma’qul bo’lmasa detallar
boshqacha joylashtiriladi. Detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning o’rnini
qalam bilan belgilab qo’yish kerak.
Elimlashda yelim fonga yemas, detallga suriladi. Yelimni detallning chetlariga yaxshilab
surish uchun cho’tka yelimlanayotgan detal chetidan chiqib, tagidagi qog’ozga ham tegib o’tishi
kerak. Yelimlangan detalning ustiga toza qog’oz yozib, kaft bilan silab tekislanadi.
Applikatsiyalar odatda qog’ozning buralib ketmasligi, tor kelmasligi uchun ustidan yengil
bostirib quritiladi.
Eng oddiy applikatsiya bu geometrik figuralardan qilinadigan ornamental applikatsiyadir.
Avval ornament yeskizi to’ziladi, so’ngra kerakli detallar (geometrik shakllar) o’lchami va
miqdori hisoblanadi. Detallarni tayyorlab ma’lum tartibda joylashtiriladi va yopishtirishni qaysi
detalldan boshlash kerakligi aniqlanadi.
1. Tabriknoma uchun rangli qog’oz tayyorlanib, u ikkiga buklanadi;
2. Ko’k rangdagi qog’ozga to’g’ri burchak chiziladi, uning o’lchami uzunasiga, tabriknoma
ustining uzunligidan 1 sm kam, yeniga yesa yenining yarmidan 2sm atrofida kattaroq;
3. Ko’k qog’ozdan qirqilgan to’g’ri burchak taklifnomaning ustiga yopishtiriladi, bunda
ko’k qog’oz taklifnomani bo’yashda halaqit bermasligi uchun bo’qish chizig’ining chap
tomonidan ozgina joy qoldirib yopishtiriladi;
4. Yendi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning uchun kvadrat shakldagi
qog’ozni kerakli o’lchamda qirqiladi;
5. Namuna asosida quyosh nuri qirqiladi;
6. Och ko’k va jigar rang qog’ozdan ikkita shox qirqib, namunadagidek yopishtiriladi;
7. Gullar qirqib yopishtiriladi.
Ish ijodiy tarzda bo’lganligi uchun o’quvchilar gullarni shoxlarga o’zlari mustaqil
joylashtiradilar. Barglarni o’qituvchi tarqatgan andoza bo’yicha qirqadilar. Tabriknomaning
ichki tomoni naqsh bilan bezatilib, tabrik so’zi yoziladi.
Mozaika monumental dekorativ san’at turlaridan biridir. Turli davrlarda va turli
mamlakatlarda mozaika qo’llaniladigan materialiga ko’ra ham, naqsh va rasmlariga ko’ra ham
o’ziga xos xususiyatlarga yega bo’lgan. O’rta Osiyo madrasalari, masjidlar, hukmdorlarning
saroylari mozaika bilan bezatilgan. Mozaika hozirgi kunda monumental san’atga aylangan.
Mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlari va xalq amaliy san’ati asarlari bezatiladi.
Mozaika ishlarida oyna, sopol plitalaridan foydalaniladi. Mohir ustalar rangli ko’zgu
parchalarida ajoyib mozaika asarlari yaratishadi, ular quyoshda bir-biriga qo’shilib va porlab,
shodlik kayfiyatini yaratadi.
Mozaika bu rasm sathiga ayrim parchalar (qog’oz, oyna, sopol, gul tojibarglari, tuxum po’sti
va shu kabilar)ni qo’yib chiqishdir.
1. Tuxum po’stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib quritilgan tuxum po’sti
mo’yqalam yordamida akvarel bo’yoqlari bilan kerakli ranglarga bo’yaladi.
2. Bo’yoq qurigandan keyin tuxum po’stini tanlangan rasmga ko’ra mayda va yirik
bo’laklarga bo’linadi.
3. Tuxum po’stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki, ularning konturlari
mumkin qadar tekis va mayda, yegri-bugrilari bo’lmasligi kerak.
4. Kontur qora qog’oz orqali o’tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi.
5. Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum po’sti terib chiqiladi,
keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom yettiriladi.



6. Ortiqcha yelim toza mato bo’lagi bilan artib tozalanadi, po’st yaxshiroq yopishishi uchun


ustidan sekin bosib qo’yiladi. Bunday ish odatda yeng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq
konturlar ancha murakkablashadi. Turli meva va sabzavot, poliz yekinlarining urug’lari, danak,
baliq tangalari, chig’anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini bajarish mumkin.
Birinchi sinfda o’quvchilar yeng avvalo faqat dars mashg’ulotlaridagina yemas, balki
boshqa darslarda ham to’qnash keladigan materiallar bilan tanishadilar. Bu barcha o’quv
anjomlari daftarlar, kitoblar, o’quv qo’llanmalari, bosiladigan qog’oz turlari: yozadigan, muqova
qilinadigan, bosma, rasm solinadigan, kitob va oynoma qog’ozlarida. Ta’lim jarayonida
o’quvchilar turli qog’ozlarning asosiy jismoniy xususiyatlari: rangi, qalinligi, zichligi siyohni
ishlash xususiyati, sathining xarakteri silliq g’adir budurligi bilan tanishadilar.
O’quvchilar mashg’ulotlarida qog’oz varaqalarni buklaydilar va to’g’rilaydilar, ularni
qismlarga bo’lib yirtadilar, qirqadilar va bo’yaydilar. SHu bilan birga qog’ozni buklash yo’li
bilan turli xil narsalarni shaklini yasaydilar. «Qog’oz va karton bilan ishlash» o’quvchilarni
garmonik rivojlantirishda katta ahamiyatga yega. Ayniqsa, rangli qog’oz bilan ishlash ijodini
rivojlantirishga yordam beradi, fantaziyani boyitadi, kuzatuvchilik, diqqat va tasavvurni
aktivlashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo’l mehnati, chamalash va rangni sezishni o’stiradi.
«Qog’oz va karton bilan ishlash» mashg’ulotlariga o’quvchilar oldingan quyidagicha
tayyorgarlik ko’rishadi: stolni ustiga qog’oz yozib, o’ng tomoniga qaychi, yelim uchun cho’tka,
chizg’ich, qalam, avtoruchka, oldi tomonlariga yelim, qiyoqimlar uchun quti, chap tomonlariga,
ish vaqtida xalaqit bermaydigan qilib rangli qog’oz to’plarnini qo’yadilar. Har bir mashg’ulot
oxirida o’quvchilar keyingi mashg’ulotda kerak bo’ladigan narsalarni yozib oladilar.
O’quvchilar ishlayotgan materiallariga tejamkorlik bilan munosabatda bo’lishlari, o’z
ishlarini rejalashtira bilishlari, materialni tejamkorlik bilan sarflashlari vaqtdan unumli
foydalanishlari, o’qituvchi ko’rsatmalariga amal qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza va
ozoda saqlashlari, mashg’ulotdan so’ng sinfni tozalab qo’yishlari kerak.
Barcha fanlarda qo’llanilgani kabi mehnat darslarida ham ta’limning ko’rsatmali
vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, mehnat darslarida turli xil namuna, rasm, chizma,
sxematik namuna, turli predmetlarning modellari, shuningdek texnika vositalaridan
foydalaniladi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek «Qog’oz va karton bilan ishlash» mashg’ulotlarida
o’quvchilar qog’ozni buklash yo’li bilan turli xil narsalarning shaklini yasashni ham o’rganib
boradilar. Ana shunday mashg’ulotlar davomida o’qituvchi quyidagi ko’rsatmali qurollardan
foydalanishi mumkin. SHu bilan birga o’quvchilar bu ko’rgazmalarni yasalish bosqichlariga
rioya qilgan holda, dars davomida yasashlari ham mumkin.

Yüklə 44,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə