Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
47
maktabida besh yil o’qiydi. Moskva Sharq universitetining iqtisod va jamiyatshunoslik 
sohalarida tahsil oladi. Vataniga qaytishda Xara qamoqxonasida ushlab turildi. Istanbulga 
kelgach, gazeta va jurnallarda, kinostudiyalarda ishladi. O’rxon Salim taxallusi bilan 
maqolalar yozib nashr ettirdi. Unga nisbatan taz’iqlar bo’lavergach, ona yurtidan chiqib 
ketishga majbur bo’ladi, Varshava va Moskvada yashaydi. 1963 yili vafot etadi.
Shoir turk modern she’riyati asoschisi sifatida boshqa ijodkorlarga ta’sir ko’rsatgan. 
O’zbek shoirlari ham Nozim Hikmat she’rlaridan ijodiy ta’sirlanganlar. O’zbekiston xalq 
shoiri Rauf Parfi shoirning “Inson manzaralari” she’riy to’plamini o’zbek tiliga o’girgan.
Uning “835 satr”, “Borgan 3”, “Ovozini yo’qotgan shahar”, “Tunda kelgan telegraf”, 
“Taranta Babuga maktublar”, “Qutulish jangi dostoni”, “Mamlakatimdan inson 
manzaralari”, “Ruboiylar”, “To’rt qamoqxonadan”, “Yangi she’rlar”, “To’la asarlari” kabi 
to’plamlari nashr etilgan.
Nozim Hikmat she’rlarida inson erki va ozodligi, haqiqat va e’tiqod, millat va vatanga 
sadoqat, mutelikka qarshi hayqiriq, o’zlikni anglashga chorlov ruhi balqib turadi. Uning 
“Ovozidan yo’qotgan shahar” kitobidan o’rin olgan “Karam kabi” she’rida ramz va turli 
ifodalar bilan shoir millatni mudroqlikdan uyg’otishga undov bor. Shoir o’zini qurshab 
turgan jamiyat muhitini tasvirlashda “Havo qo’rg’oshinday og’ir!” deydi. Ma’lumki, 
qo’rg’oshin og’ir element hisoblanadi. Lirik qahramon ana shunday og’ir havodan nafas 
olib yashaydi, bu havo uni bo’g’adi, nafasi qisilganda esa “baqir!” deya qayta-qayta 
undaydi. Uni baqirgani uchun ogohlantirishadi:
U aytadi menga: ey sen,
O’z ovozingdan yonasan,
Kul bo’lasan
Karam kabi Yonib
yonib
yonib
yonib...



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə