Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
40
she’rlarini o’qib berardi. Bu she’rlarda hozirgina targ’ibot qilingan so’fizmning asosiy 
qonun qoidalari to’g’risidagi fikrlarga yakun yasalardi
1
. Ehtimol, shoir bu yerda 
to’planganlarga she’rlarini o’qib bergan va ular bilan birga kuyga solib, kuylagan bo’lishi 
ham mumkin.
Mas’ud As’ad Jo’shonning fikriga ko’ra, Hoji Bektosh kutubxonasidagi bir yozuvning 
tepa qismida: “Yunus falon yilda tug’ilgan, yoshi falonda, falon yili vafot etgan” degan qayd 
bor. Shu ma’lumotga ko’ra Yunus 320 yillarda vafot etgan. Biroq bu yetarli asos emas. Bu 
qaydlar kim tomonidan yozilgani va gap aynan Yunus Emro haqida ketyaptimi, bular 
noma’lum. Jo’shon bundan asosliroq ma’lumot borligini ta’kidlaydi. Shoirning “Risolayi 
Nusxiyya” asari oxirida uning 707 yilda yozilgan degan sana bor. Mazkur sana melodiy 
1306-1307 yillarga to’g’ri keladi. Agar ushbu ma’lumotlarga asoslanilsa, Yunus Emro 
usmonlilardan oldin hayot bo’lgan deyish mumkin
2
. Boshqa ma’lumotlar ham uning 
saljuqiylar sultonligining qulashi va usmonlilar davlatining vujudga kelishi davrida 
yashaganligi, Qora dengiz sohillarida, Sakarya vodiysida joylashgan qishloqlarda tasavvuf 
g’oyalarini targ’ib qilib yurganligidan darak beradi
2
. Yunus Emroning nomini Tabduq 
Emro bilan bog’laydilar. Ikkalasi bir shaxs emas, balki Tabduq Emro shayx bo’lib Yunus 
Emro uning muridi bo’lgan.
Uning oila qurgani, farzandlari bo’lgani va ancha uzoq umr ko’rganligi haqidagi 
ma’lumotlarni she’rlari orqali aniqlash mumkin. She’rlaridan birida “Alloh bizga ham 
bolachaqa berdi”, deb yozadi. Uni hurmat qilib “Shayx afandi” deb atashgan. Shoir bu 
haqda “Meni shayx deyishadi. Aslida martabam juda pastda”, deb kamtarlik qilsa ham 
atrofdagilar shoirni ulug’lashgan, izzat hurmatini joyiga qo’yishgan. Shoirdan bizgacha 
ikkita asari: “Devon” va “Risolai Nusxiyyya” asari yetib kelgan. Yunus Emroning Ko’niyada 
tahsil olgani haqida ham she’rlarining mazmunidan taxmin qilish mumkin. Yunus Emro 
birovlar aytganidek, o’tinchi, omi, alifni tanimaydigan savodsiz kishi emas, balki 
1
Гарбузова В. Турк адабиёти классиклари. Т., 21 б. 
2
Масъуд Асъад Жўшон. Юнус Эмро ва тасаввуф. – Т.:Фан, 2001. – 29-36-б. 
2
Гарбузова Г.С. Турк адабиёти классиклари. – Тошкент, 1960. 20-21-б.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə