Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
38
Tashqi belgilar, shakl va suratlar, so’zlarning farqlariga qarab xulosa qiladigan 
odamlarning o’z manfaatlari yo’lida Haqni bahona qilib xurofotga berilishiga qarshi 
bo’lgan Rumiy: “So’z libos, ma’no unda yashirin asror”, deydi. G’oya, fikrlar so’zga 
aylanganda farq, tafovutlar boshlanadi, deb biladi u. Haq buyuk bir g’oya, mavhumiyatdir, 
u biror shaklga, suratga sig’maydi. Turli din yo mazhabdagi odamlar Haq oshig’i bo’lgani 
sabab qalban birdirlar
1
. “Masnaviyi ma’naviy”da Muso payg’ambarning bir yaylovdan 
o’tayotganda cho’ponning Haqqa iltijosini eshitib qolishi keltiriladi. Cho’pon: “Qaerdasan, 
sening xizmatkoring bo’lay, chorig’ing bo’lsa yamab, chokaring bo’lay. To’ning, 
cholvorlaringni yuvay, sut berib qo’l oyoqlaringni silay. Uxlasang joylaringni tuzatib
1
Комилов Н. Румийни англаш иштиёқи/ Жалолиддин Румий. Маънавий маснавий. –Тошкент: Шарқ, 
.- 7-б.
beray, senga echkiyu toylarimni qurbon qilay”, deb turganida Muso payg’ambar uni 
kofirlikda ayblaydi. Cho’pon xafa bo’lib sahroga qarab ketadi. Shu payt Musoga vahiy 
keladi: “Sen bandamni mendan ayirding, sen bandalarni mendan ajratish uchun emas 
ularning qalbini Haqqa bog’lash uchun yuborilgansan. Barcha odamlarga o’zlarining tilida 
ibodat qilishiga imkon berilgan”.
Boqmagaymiz tilga yoxud qolga biz,
Ko’z solodurmiz ko’ngilga, holga biz.
Mayliga, bog’lanmasin ul til bila,
Lekin ul payvasta bo’lsin dil bila
1
.
Jaloliddin Rumiy Insonni ulug’laydi. Shoir dunyodagi barcha musulmonlar Ka’baga 
qarab ibodat qiladilar, agar Ka’ba o’rtadan olib qo’yilsa, ular bir-birlariga sajda qilayotgan 
bo’ladilar, deb qalbni yuqori qo’yadi. “Ko’zni yumgil, ko’zga aylansin ko’ngil”, deya insonni 
o’z ichki olamiga sayr qilishiga ishora qilib, ma’naviyati, qalbini poklashga undaydi. 
Insonni ot ustidagi suvoriy, nafsni esa otga o’xshatadi. Agar ot suvoriyni boshqarsa, ot o’z 
yemishini unga yediradi, deb obrazli tushuntiradi. Rumiy o’zining barcha asarlarida 
tasavvufiy g’oyalarini xalqona sodda uslubda tushuntiradi, xalq masallari, rivoyatlari 
1
Жалолиддин Румий. Маснавийи маънавий. – Тошкент: Meriyus, XHMK, 2010. – 180-б.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə