Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Ertaklar.
Ozarbayjon xalq ertaklariga “Melik-Mamed”, “Xammol Ahmad”, “Cho’pon”,
“Tanbal Shaydullo”, “Dono mushuk”, “Arilar g’azabi” kabilarni misol qilish mumkin. 
MelikMamed nafaqat latifalarning balki ozarbayjon xalq ertaklarining ham bosh 
qahramoni sifatida namoyon bo’ladi. Shu nomdagi ertakda bu obraz podshohning uchinchi 
o’g’li bo’lib, botirlik va mardlik jasoratini ko’rsatadi. Xuddi o’zbek ertaklaridagi singari uch 
akaukalarning sarguzashtlaridagi voqealarga monand motivlarni kuzatish mumkin. 
MelikMamed podshoh saroyi bog’idagi g’aroyib olmani qo’riqlaydi. Akalari tutolmagan 
olma o’g’risi – dev bilan kurashib uni jarohatlaydi. So’ng akalari bilan dev qoldirgan iz 
orqali quduqqa borishadi. Melik-Mamed akalari tusholmagan quduqqa tushib u yerda uch 
go’zal qizlarni devlarning changalidan qutqarib yer yuziga chiqaradi. Akalari Melik-
Mamedni quduqda qoldirishadi. Go’zal qizlarning kenjasi shunday voqea bo’lishi 
mumkinligini unga aytib, agar shunday hol ro’y bersa, Zumrad qush yordam berishini 


Turkiy xalqlar adabiyoti 
53
uqtiradi. Melik-Mamed qush yordamida akalaridan qasd oladi. Otasining qasriga kelib 
bo’lgan voqealarni so’zlab beradi. Podshoh ikkala qizni saroy a’yonlarining o’g’illariga, 
uchinchi qizni o’g’liga olib berib qirq kechayu qirq kunduz to’y qiladi.
“Xammol Ahmad” ertagida sodda, tavakkalchi va qo’rqoq Ahmadning tavakkal ish 
qilishi va omadi kelishi kulgili lavhalarda tasvirlangan. “Cho’pon” ertagida esa boy 
tabaqaning kambag’allar ustidan firibgarlik ishlarini qilishlari bayon etiladi. Cho’pon
tovuqlarini bozorda sotmoqchi bo’lganda bozorning boshlig’i tovuqlarni tortib olib o’rniga 
cho’ponga shapaloq tortadi. U ham boyning ortidan kuzatib boradi va boy xotiniga gap 
tayinlayotganini eshitib olib, boyning yo’qligida uning xotinidan eng qimmat gilamlar va 
pishgan tovuqlarni olib uyiga jo’naydi. Ertasiga “qiz”, keyin esa “tabib” qiyofasida boyning 
ta’zirini beradi.
“Tanbal Shaydullo” ertagida tanballigi tufayli falokatga yo’liqqan Shaydulloning 
sarguzashtlari hikoya qilinadi. Shaydulloning dangasaligidan uning xotin, bola-chaqasi 
doimo muhtojlikda yashaydi. U qanday qilib boy bo’lish mumkinligini so’rash uchun 
donishmandni topishga yo’lga chiqqanda bo’ri, baliq va olma daraxti uchraydi. Ular ham 
o’zlari haqidagi masalani donishmanddan so’rab berishni Shaydullodan iltimos qilishadi. 
Donishmand unga baliqning tomog’ida qimmatbaho tosh borligi, u olinsa baliq azobdan 
qutulishi, olma daraxti ostida kumush to’ldirilgan ko’za borligi, u kavlab olinsa daraxt yana 
gulga kirishi, bo’ri esa birinchi uchragan ahmoqni yesa oshqozoni tuzalishini aytadi. 
“Sening istaging ham amalga oshib bo’ldi”, deydi donishmand. Shaydullo tanballigidan 
baliq va daraxtni kulfatdan qutqarmaydi, bo’ri tanbalning sarguzashtlarini eshitib, 
“Sendan-da ahmoq olamda bo’lmasa kerak”, deb uni yeb qo’yadi.
“Dono mushuk” ertagida bir podshohning o’rgatilgan mushugi haqida so’z boradi. Bir 
savdogar podshohga turli savdo mollarini olib kelib unga taklif qiladi. Podshoh unga narda 
o’ynashni aytadi va bir mushugi borligi, agar o’yin vaqtida u dumida yettita shamdonni 
ertadan kechgacha ko’tarib tursa, savdogar yutqazgan hisoblanishi hamda uning barcha 
mollari va pullari podshoga o’tishini, o’zini esa zindonga tashlash shartini qo’yadi. 
Savdogar nardada podshoga yutqazadi. Bundan xabar topgan savdogarning xotini 



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə