Turkiy xalqlar adabiyoti
44
Eronda tahsilni davom ettiradi va tib ilmi bilan shug’ullanib ko’z kasalliklari bo’yicha tabib
bo’ladi. Edirnaga keladi, saroy bosh hakimi bo’ladi. Biroq u shoirligi bilan mashhur bo’lib,
Nizomiyning “Xamsa” dostonidan “Xisrav va Shirin”ni sulton topshirig’iga ko’ra turk tiliga
tarjima qiladi. Dostondan ming bayt tarjima qilib Sulton
Murod II ga topshirganda, unga
Doquzlar qishlog’i in’om etiladi. Shoir ushbu qishloqqa ketayotganda qishloqning avvalgi
egasi uyushtirgan qaroqchilar hujumiga duch keladi va ulardan qochib qutiladi. Bu voqea
shoirga qattiq ta’sir qiladi va uning ta’sirida “Xarnoma” dostonini yozadi.
Saroy ayonlari
tanqid ostiga olingan bu asar ilk satirik yo’nalishdagi turk
tilida yaratilgan doston
hisoblanadi.
Shayxiyning “Xisrav va Shirin” dostoni erkin tarjima bo’lib, unda shoir o’zining
qarashlari va g’oyalarini ifodalagan. Shayxiydan keyin bu yo’nalishda
doston yaratishga
urinishlar bo’lgan. Biroq, doston yozish an’anasi bo’yicha biror
turk shoiri Shayxiy bilan
bo’ylasha olmaydi.
Ahmad Posho (...-1496).
Turk adabiyotida lirik shoir sifatida ma’lum va mashhur. U
Edirnada tug’ilib, yoshligida yaxshi bilim oladi. Otasi Sulton Murod II saroyida askar edi.
Ahmad Posho mudarrislik, qozilik va saroyda xalifalik lavozimlarida ishlaydi. Shoir sulton
vaziri lavozimiga ko’tariladi. Biroq, bir qancha vaqt o’tib shoir
hayotida mudhish kunlar
boshlanadi. Uning dushmanlari podshoga Ahmadning axloqsizligi haqida ig’vo
yetkazishadi. Sulton uni Yedi Kule (Etti minorali qal’a)dagi zindonga tashlaydi.
Shoir
zindonda yotarkan mashhur “Karam qasidasi”ni yozib uni sultonga yetkazishga muvaffaq
bo’ladi. Asardagi “Qullarning adashmog’i mumkin, ammo podshoning avfi qaerda?”
misralari sultonga ta’sir qiladi va shoirni ozod qilib Bursaga jo’natadi. 1481 yilda Mehmed
II vafotidan keyin taxtga uning o’g’li Boyazid II o’tiradi.
U Ahmad Poshoga Bursa
sanjoqbekligini beradi. Ushbu lavozimda ekanligida shoir bir madrasa qurdiradi, vafotidan
(1496) keyin uni shu madrasa yoniga dafn etishadi.
Shoirning shaxsiy hayoti haqida ayrim ma’lumotlar bor. U oila qurgani va qiz farzandi
bo’lgani, lekin ikkisi ham vafot etganliklari, shundan so’ng shoir umrining oxirigacha oila
qurmaganligi qayd etiladi. Ahmad Posho ijodi o’zigacha bo’lgan xalqona uslubdan mumtoz