Tushuntirish xati



Yüklə 4,24 Mb.
səhifə29/46
tarix31.03.2023
ölçüsü4,24 Mb.
#103867
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46
11-sinf Sinf soati (6)

Sana:_________________________
20--Mavzu:“Buyuk qadriyatlar yaxshilikka yetaklar. (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).
(Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan)

Kun shiori:Navoiy non.To`sma.Unga borar yo`ldan qoch,

G`ashlik qilma, to`rt yonni ham yoritarkan toj.

Navoiyga o`zin ursa, urma kofirni,

Axir nonga musulmonu kofir birday och.


Halima Xudoyberdiyeva


Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ajdodlarimiz merosini o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, Navoiy bobomizga va uning ijodiga bo`lgan hurmatini rivojlantirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “ 9 fevral - Nazrat Alisher Navoiy tavallud topgan kun”.
O`qituvchi:
Rus olimlaridan juda ko`pchiligi Hazrat Navoiy bobomiz haqida juda ko`plab tadqiqot ishlari olib borgan. Quyida akademik N.I.Konrad va V.M.Jirmunskiy tadqiqotlarini kuzatamiz.
Chunonchi: Navoiy- o`zbek adabiy tilining asoschisi; Navoiy- o`zbek mumtoz adabiyotining asoschisi; Navoiy – Sharq badiiy va falsafiy tafakkurini jamlab, uni yangi pog`onaga ko`tara olgan mutafakkir; Navoiy – Temuriylar davlatining yirik arbobi, adolat himoyachisi; Navoiy – ilmu urfon, madaniyat va she’riyat homiysi, ustoz-murabbiy va hokazo.
Navoiy turkiy til qudratini barilla namoyish eta oldi, bu xalqlarning ijodiyoti an’analari bilan forsiy she’riyat an’analarini qo`shib, turkiy adabiyotni keng bashariy tarix sahnasiga olib chiqadi. Navoiy-nodir iste’dod egasi, ammo uni hamisha ilhomlantirgan, unga qudrat va quvvat bergan narsa – bu ona tilida ulug` asarlar yaratib xalqi ruhini sarbaland etish edi. Bu qutlug niyat bir ilohiy nur bo`lib, Navoiy asarlari orqali avlodlar qalbini charog`on qilib turibdi.
Shu nuqtai nazardan V.M. Jirmunskiy Navoiy faoliyatini Lyeonardo da Vinchi faoliyati bilan qiyoslaydi va yozadi: “Navoiy o`zining G`arbdagi zamondoshlari kabi ko`z oldimizda har tomonlama kamol topgan va ilmu ijod, fikriy teranlik va amaliy faoliyatini o`zida jamlagan univarsial qobiliyatli yaxlit bir komil shaxs sifatida gavdalanadi”.
(Najmiddin Komilov. Tafakkur karvonlari-199-201 -betlar)
O`zbek xalqi ma`naviy dunyosining shakllanishiga g`oyat kuchli va samarali ta`sir ko`rsatgan ulug` zotlardan yana biri — bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo`’tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so`z yuritamiz.
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxe, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g`ururi, sha`nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o`lmas so`z san`atkoridir. Ta`bir joiz bo`lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so`zlovchi biron-bir inson yo`qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa.
Agar bu ulug` zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.
Shu ma`noda, keyingi paytda buyuk ajdodlarimizning so`nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o`rganishga bo`lgan qiziqish xorijiy ellarda ham ortib borayotgani barchamizni quvontiradi. Buning tasdig`ini dunyoning turli mamlakatlarida ularning hayoti va faoliyati haqida e`lon qilinayotgan ilmiy va badiiy asarlar, ulug` ajdodlarimiz xotirasiga barpo etilayotgan yodgorliklar misolida ham ko`rish mumkin. Shu qatorida, Moskva, Tokio va Boku shaharlarida Alisher Navoiy bobomizning xotirasiga o`rnatilgan muhtasham haykalni eslash joiz.

Yüklə 4,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə