Tushuntirish xati


Topshiriq: “Davra suhbati”. Yana qanday milliy urf-odatlarimiz, marosimlar va an’analarimiz bor



Yüklə 207,87 Kb.
səhifə37/47
tarix28.11.2023
ölçüsü207,87 Kb.
#138368
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta-hozir.org (1)

Topshiriq: “Davra suhbati”. Yana qanday milliy urf-odatlarimiz, marosimlar va an’analarimiz bor.
Sana:_________________________
26-Mavzu:“Amir Temur va jahon madaniyati. (Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan).
Kun shiori: “Buyuk shaxslarni millat qayg`usi, xalq dardi yaratadi”


Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Buyuk Sohibqironga bo`lgan hurmatlarini rivojlantirish, Amur Temur haqida g`urur va iftixor tuyg`ularini singdirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:Tengi yo`q Sohibqironi bor, o`zbekning“
O`qituvchi:
Amir Temur siymosi.
Turkiston amirlari o`rtasida bo`lgan kurashlarda g`olib chiqqan Amir Temur 1370 yil 9 aprel kuni, bu-Qur’oni karim nozil etilgan ramazon oyi o`n ikkinchisida, chorshanbai murodbaxshda yuz berdi,- Turkiston taxtini egalladi. Shunda Amir Temur 34 yoshga kirgan edi. Amir Temur XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshida jahonda siyosiy iqlimni belgilashda katta nufuzga ega bo`lgan siymo darajasiga ko`tarildi, jahon tarixiga ta’sir o`tkazuvchi davlat arbobiga aylandi.

“Buyuk shaxslarni millat qayg`usi, xalq dardi yaratadi”, deb ta’kidlagan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: ”Dunyoning qaysi yerida, qaysi zamonda Amir Temurdek buyuk sarkarda, Amir Temurdek buyuk davlat arbobi, Amir Temurdek ilm-fan, ma’naviyat va ruhoniyat homiysi bo`lgan?”


Chindan ham, o`rta asrlar sharoitiday murakkab bir davrlarda yashab, o`zining jon huzurini emas, balki dastavval Vatan ravnaqi g`amini chekish, parokanda yurtni birlashtirish, ilmu fan homiysi-yu bunyodkor bo`la olish Amir Temurning favqulodda bir shaxs ekanligini ko`rsatadi. Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur Movarounnahr va Xurosonni birlashtirib, markazlashgan saltanatga asos soldi. Jahon sahnasida, Yevropani saqlab qolgan mard sarkarda nomi bilan, milliy davlatchiligimizga tamal toshini qo`ygan shaxs sifatida tarixda nomi qoldi va bugun avlodlari har daqiqada nomini ulug`laydi.Amir Temur ordeni, Amir Temur haykallari,Amir Temur va temuriylar muzeyi, Amir Temur ko`chasi, Amir Temur bekati, Amir Temur mahallasi, Amir Temur mavzesi, Amir Temur nomli maktab, Amir Temur guruhi. Shundan xulosa qilishimiz kerakki, millat, xalq, yurt, vatan uchun xizmat qilgan, kerak bo`lsa jonini fido qilganlar mana shunday ulug`lanadi.

Yüklə 207,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə