71
TaDBIrKorNING MaJBUrIYaTI
Tadbirkorlik mas’uliyati ko‘proq tadbirkor
tomonidan majburiyatlar
-
nin
g to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi orqali namoyon bo‘ladi.
Tadbirkorning majburiyati
– davlat tomonidan tadbirkor uchun
rioya etilishi yoki bajarilishi shart etib belgilangan
xatti-harakatlar
qoidalari majmuyi.
Quyida tadbirkor majburiyatining ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
SharTNoMa MaJBUrIYaTLarINI BaJarISh
Tadbirkor o‘z faoliyatini turli subyektlar – davlat idoralari, korxonalar
va tashkilotlar, yakka tadbirkorlar yoki fuqarolar
bilan tuzilgan shartno
-
malar asosida olib boradi. Shunday ekan, u eng avvalo mazkur shartno
-
malardan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarishi lozim.
Tadbirkorlarda o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarish mas’ulligi mav
-
jud bo‘lmagan holatni tasavvur qilib ko‘raylik. Oziq-ovqatlarning o‘z vaq
-
tida yoki yetarli hajmda yetkazib berilmasligi –
mamlakatda narx-navo-
ning keskin o‘sishi hamda ocharchilikning kelib chiqishiga; korxonalarga
xom ashyo va materiallarning yetkazib berilmasligi –
ishlab chiqarishning
qisqarishi, to‘xtab qolishi, ishsizlikning paydo bo‘lishi va oqibatda iqtiso
-
diyotning inqirozga yuz tutishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: