73
da taqdim etishi shart. To‘g‘ri hisob yuritmaslik oqibatida tadbirkorning
moliyaviy natijalarini noto‘g‘ri ko‘rsatish, foydani yashirish orqali soliqni
pasaytirish holatlari kelib chiqishi mumkin.
TaDBIrKorNING JavoBGarLIGI
Tadbirkorning javobgarligi belgilangan huquq va majburiyatlarga rioya
etmaslik, ularni bajarmaslik oqibatida paydo bo‘ladi. Tadbirkorning javob
-
garligi deganda tadbirkor tomonidan bajarilmagan
shartnoma majburiyat
-
lari, xo‘jalik subyektlari, iste’molchilar, yollanma ishchilar va davlatning
poymol etilgan huquqlarini tiklashga yo‘naltirilgan muayyan xatti-harakat
-
larni
amalga oshirish majburiyati tushuniladi.
Tadbirkorning javobgarligi
– bu tadbirkor xatti-harakatining bel
-
gilangan qonun me’yorlari, ijtimoiy va axloqiy qoidalarga muvofiqligi
yuzasidan javob berish majburiyati.
Tadbirkorning javobgarligi mulkiy (moddiy), ma’muriy, jinoiy va ax
-
loqiy ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Huquqbuzarlik subyektiga ko‘ra
javobgarlik yakka tartibdagi, guruhiy
yoki jamoaviy ko‘rinishlarga ajralishi mumkin. Yakka tartibdagi javobgar
-
likka tadbirkorlik faoliyati sohasidagi o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi
uchun
alohida jismoniy shaxs, guruhiy javobgarlikka – jismoniy shaxslar
guruhi, jamoaviy javobgarlikka – yuridik shaxslar ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: